Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayer Ukraina sharqidagi qarama-qarshiliklar davom etishidan tashvishda ekanligini bildirishdi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri 18 may kuni bergan bayonotda aytilishicha, ikki vazir telefon orqali o’zaro bog’lanib darhol vaziyatni yumshatish, yangi talofatlarning oldini olish uchun kuch ishlatishni to’xtatish va Ukrainada konustitutsion isloh o’tkashizga bog’liq muzokara boshlashga sharoit yaratish zarur ekanligini bildirishdi.
Lavrov ham, Shtaynmayer ham, har ikkisi Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tarafidan Ukrainadagi inqirozni hal qilish uchun qabul qilingan “yo’l xaritasi” haqida “aylana stol” atrofida to’planishning muhim ekanligiga e’tibor qaratishdi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri “Kiev hukumati namoyishchilarga qarshi kuch ishlatishni bas qilishi zarur” deya yana bir bor ta’kidladi.
Donesk mintaqasida joylashgan Krimatorskiy shahridagi milliy mudofaa kuchlariga qarashli manba qurolli to’qnash davom etayotganini qayd etdi. Biroq manba ikki tarafdan berilgan talofatlar haqida ochiqlamadi.