Qirg’izistonda asira Zulfiya Omonovaga yordam beradigan va uning faryodiga quloq soladigan kishi yo’qmi?!

528
0

getimage1Qirg’izistonda asira Zulfiya Omonovaga yordam
beradigan va uning faryodiga quloq soladigan kishi yo’qmi?!

 Asira Zulfiya Omonova 1994 yil 26 yanvarda Qirg’izistonning O’sh shahrida tug’ilgan. U oilada uchinchi farzanddir. U «Saida Xadicha» madrasasida to’rt yil ta’lim olib, unda rus tilini juda yaxshi ko’rsatkich bilan to’liq o’rgandi. Arab va ingliz tilini, fiqh, aqida, siyrat, tafsir ilmlari va hadisni ham o’rgandi, Qur’oni Karimni yod oldi. Vrach bo’lishga qiziqqani uchun 2013 yilda tibbiyot tayyorlov maktabiga kirdi.

 Uning Alloh izni ila shahid otasi qamoqdan farzandlariga bir maktub yuborgan edi. Unda jumladan bunday deb yozgan edi: «Men universitetda o’qishingni orzu qilgan edim, lekin men istayman, biz istaymiz, sen istaysan, Alloh esa O’zi istaganini qiladi».

 Uning farzandlari uning yaxshi gumonini oqlashdi. Chunki ular odob va husnu xulq bilan ziynatlanishdi. Xususan Zulfiya otasining orzularini ro’yobga chiqarib diniy va dunyoviy ilmlarni tahsil olishda qattiq tirishib harakat qildi. Bunga qo’shimcha o’laroq u oilasi sarf-xarajatlarida yordam berish uchun onasi va aka-ukasiga dehqonchilik ishlarida ham yordam berar edi.

 Zulfiyaning onasi haqida aytadigan bo’lsak, bu ayol achchiq alamlardan aziyat chekdi, farzandlarini tarbiyalashda ulkan mashaqqatlarni tortdi. Bu sabrli oila mashaqqatlarini yanada ziyoda qilgan narsa ularning o’n to’rt yil davomida otalarini borib ko’rish uchun O’zbekiston qamoqlari o’rtasidagi sarson-sargardonlikda uzluksiz qiynalib aziyat chekishlari bo’ldi. Zulfiya ana shu qiyinchiliklarni eslab bunday degan edi: «Biz har safar otamizni ko’rgani borgan paytimizda otamizni ko’rolmasdik, gohida biz uchun kutilmaganda uni boshqa qamoqqa ko’chirishgan bo’lardi, gohida esa uni uchrashuvga chiqishdan man qilishardi. Natijada biz har qanday joyda tunashga majbur bo’lardik. Otamiz bilan ko’rishib qolarmikinmiz va u muhtoj bo’lib turgan zarur narsalarni unga etkaza olarmikinmiz degan ilinjda to’g’ri kelgan joyda tunashga majbur bo’lardik».

 «Qahraton sovuq qish kunlarining birida Toshkentga, «Sangorod» qamog’idagi otamizni ko’rish uchun bordik. O’sha kuni ko’rishish uchun ruxsatnoma ololmadik. Shuning uchun quyosh botguncha kutdik. Tunaydigan joyimiz yo’q edi. Shuning uchun qamoqqa yaqin bo’lgan bir uyga borib uy egasidan bizga tonggacha joy berib turishini so’radik. U bizga bir kichkina kursicha olib chiqib berdi. Uyning ayvonida tong otguncha kutib o’tirdik».

 Mana endi Alloh izni ila shahid Hamidullohning ayoli Muhabbat opa, turmush o’rtog’idan judo bo’lgani alamlaridan haligacha aziyat chekayotgan bu ayol, hozir yigirma yoshli qizidan ham judo qilingani musibatidan alam chekmoqda. Chunki uning shijoatli qizi otasining shahid bo’lishi holatlarini bilish uchun tekshiruv olib borishni talab qilgani sababli hamda otasining pokiza jasadini topshirishni talab qilgani sababli qamoqqa olindi.

 Shu o’rinda biz rejimdagi kuch egalariga va Qirg’iziston respublikasi prezidenti Almazbek Atambaevga Islom Qirg’izistonga kirib kelganidan boshlab Qirg’iziston Rossiya tomonidan bosib olinguniga qadar Islom soyasida yashab, Islom bilan hukm yuritgan musulmon ajdodlarini eslatib o’tamiz.

 Rossiya xoqonlik amirligini bosib olgan paytda kunyasi (laqabi) «Oloy malikasi» bo’lgan Kurmanjan Datka – u Qirg’iziston janubida yashagan edi – kofirlarga qarshi urush qilib, ularga qarshi qurol ko’tarib chiqqan edi. U qirg’iz ayol bo’lib, ellik yoshga etgan edi va oltita farzandi bor edi. Bu jasura ayol o’n ming kishilik qo’shinga qo’mondon bo’lib rus armiyasiga qarshi urush qilgan. Hatto uning o’zida ham qurollar bor bo’lib, kofirlarni qo’rquvga solgan. Shuning uchun bu narsa kofirlarni bu jasura ayolni o’ldirgan kimsaga katta mukofot berilishini e’lon qilib jar solishga majbur qilgan edi…

 Ey qirg’iz armiyasi va rejimidagi rahbarlar, sizlar kufrga hech qachon rozi bo’lmagan va islomiy erni mudofaa qilgan muslima onalar farzandlarisiz. Yoki buni unutdingizmi?! Sizlar ruslarning yoki yahudiy Karimovning birodarlari emas, balki Islomiy Ummat farzandlarisiz!

 Sizlarning ota-bobolaringiz kufrga qarshi kurashishgan, Islom va musulmonlarga yordam berishgan. Shuning uchun sizlar Islom dushmanlari xizmatida bo’lmang, kofirlarni rozi qilish uchun qamoqlarni qurib musulmonlarni azoblamang… Chunki Alloh rozi qilishingizga eng haqli Zotdir!!

Sizlar biz ham musulmonmiz deysiz. Unday bo’lsa nega kofirlarga xizmat qilmoqdasiz?! Nega Robbim Alloh deb aytayotgan bir muslima, muxlisa, pokiza, taqvoli qizni qamoqda ushlab turibsiz?!

 Biz qirg’iz ma’murlarini ularning qamoqlarida yotgan Zulfiya Omonovani, barcha opa-singillarimizni, da’vatni etkazayotgan muxlis kishilarni darhol ozod qilishga chaqiramiz, ularni Zulfiya va da’vatni etkazayotganlarga qarshi qilayotgan jinoyatlari oqibatidan ogohlantiramiz, ularni zulmni tark qilishga, o’zlarini dunyo rasvoligidan qutqazishga chaqiramiz. Oxirat azobi esa undan-da qattiqroq va sharmandaliroqdir.

 «Albatta Alloh va Uning payg’ambari chizgan chiziqdan chiqqan kimsalar — ana o’shalar eng xor kimsalar qatoridadirlar! Alloh (Lavhul Mahfuzga): «Shak-shubhasiz Men O’z payg’ambarlarim bilan birga g’olib bo’lurman», deb yozib qo’ygandir. Albatta Alloh kuchli, qudratlidir»     [Mujodala 20-21]

 Hizb ut-Tahrirning
 markaziy matbuot bo’limi ayollar qismi

 Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

 Faks: 00961 130 75 94

Elektron pochta: media @hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.