Qrimda musulmonlar so’roqqa tutila boshladi

469
0

OLYMPUS DIGITAL CAMERA Qrim politsiyasi qrimdagi musulmonlarni o’zboshimchalik bilan tergovga chaqira boshlagani xabar qilinmoqda. Xabarda aytilishicha, Qrimning Islomterak (Kirovskoe) va Eski Qirim shaharlarida ko’plagan musulmonlar Qrim politsiyasi tarafidan tergovga chaqirilgan.

 “Insof” muslima ayollar jamiyati rahbari Lutfiya Zudievaning Qrim axborot agentligiga bergan intervyusiga ko’ra, Islomterak mintaqasida 150ta musulmon so’roq qilinish uchun xavfsizlik idorasiga chaqirilgan. Ularning orasida ayollar ham bor.

 “Islomterak va Eski Qirim musulmonlariga chaqiriq qog’ozlari yuborilib, ular xavfsizlik idorasiga chaqirila boshladi. Erkaklar ham, Ayollar ham chaqirilmoqda. Kecha so’roqqa tutilgan 10 kishining aytishicha, ularga “Islomni qachon qabul qilgansan? Kimlar bilan ko’rishasan, qaysi Islomiy partiyaga a’zosan?” kabi shaxsiy va dinga aloqador savollar berishgan. Bilishimcha, har xil insonlar tergovga chaqirilmoqda. Ular orasida Hizbut Tahrirga tarafdor bo’lmagan musulmonlar ham bor”, dedi Zulfiya.

 Shuningdek, Zulfiya Zudievaning ma’lum qilishicha, Musulmonlarga chaqiruv qog’oz yubormay, telefon orqali ham tergovga chaqirilmoqda. Eski Qrimda ba’zi musulmonlar suratga tushirilib, ularning barmoq izlari ham olingan.

 “Qrimda barmoq izlari olindi. Ba’zi kishilar suratga tushirib olindi. Vaziyatni kuzatib buning qonunga zid ekanligini bilib turibman. Bu jarayon juda tez va kutilmagan bir holatda boshlandi. Hozirgacha hammaga xabar qildik. Rossiya qonunlari haqida ma’lumot olish, ularga qanday javob qaytarishimiz kerakligi va buning qonuniy yoki noqonuniyligini o’rganish uchun shaxsiy kanallarim orqali Rossiyadagi huquqchilarga murojaat qildim. Insonlar qonunchilikni bilmaganliklari uchun xavfsizlik xodimlari bu vaziyatdan foydalanishmoqda”, deya qayd etdi “Insof” muslima ayollar jamiyatining rahbari Zulfiya Zudieva.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.