Qirg’iz-tojik chegarasida navbatdagi mojaro bo’lib o’tdi

530
0

C7332AB3-AB76-4ADA-950F-91A90B73EE5C_w308_r1_cy14Qirg’iziston respublikasi Davlat chegara xizmatining xabar qilishiga ko’ra, 7 may kuni tahminan soat 19: 20da Botken viloyati Botken tumanida jaylashgan Yakka o’rik qishlog’ida Qirg’iziston va Tojikiston fuqarolari o’rtasida mojaro bo’lib o’tdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, mojaro kelib chiqishiga Batken-Isfana avtoyo’lidan o’tayotgan Qirg’iziston fuqarosining mashinasi Tojikiston fuqarolari tomonidan toshbo’ron qilinishi sabab bo’lgan.

7 soat davom etgan tartibsizliklarda har ikki tomondan 1500 odam ishtirok etgan va o’zaro bir-birlarini toshbo’ron qilganlar. Mojaro natijasida Qirg’iziston fuqarolaridan kamida 14 kishi jarohat olgani aytilmoqda. Ulardan 9 nafari Botken viloyat kasalxonasiga yotqizilgan. Bundan tashqari qirg’iz rasmiylari 12 militsiya xodimi toshbo’ronda qolib jarohatlangani, Botken tuman militsiyasi boshlig’ining o’rinbosari Duyshen Niyazqulov boshidan jarohatlanib kasalxonaga yotqizilganini bildirmoqda.

Tojikiston tomonining bildirishicha, Vorux anklavida yashovchi 8 tojikistonlik og’ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan, ulardan biri qirg’iz fuqarosining ov miltig’idan otgan o’qidan yarador bo’lgan. Bundan tashqari bir nafar tojik militsioneri ham o’qotar quroldan og’ir yaralangani xabar qilinmoqda.

Voqea joyiga etib kelgan Qirg’iziston va Tojikiston chegarachilari olamonni to’xtatish uchun osmonga qarata o’q uzishga majbur bo’lishgan, biroq bu harakat ham natija bermagani aytilmoqda.

Tahminan soat 22:30lar chamasida Qirg’iziston respublikasi Samarqand qishloq boshqaruviga qarashli Ko’kterak qishlog’ida Tojikiston fuqarolari tomonidan Qirg’iziston fuqarolariga tegishli bo’lgan avtomobillarga yoqilg’i quyuvchi shahobcha, ikkita do’kon va ikkita yuk mashinasi yoqib yuborilgan.

Huquqni muxofaza qiluvchi organlar va chegarachilar tomonidan choralar natijasida 8 may soat tungi soat uchlar chamasida janjalni to’xtatishga muvaffaq bo’lingani xabar qilinmoqda.

Botken tumanida bo’lib o’tgan xodisa yuzasidan Jogorku Kenesh yig’ilishda so’zga chiqqan “Respublika” fraktsiyasi etakchisi Nazarali Oripov Botkendagi vaziyat urish yoqasida turipti dedi.

“Botkendagi vaziyat og’ir, biz urish yoqasida turipmiz. Tezkor choralar ko’rish kerak. Tojiklar tomonidan ham, qirg’izlar tomonidan ham jarohatlanganlar bor deyishmoqda. Chegaradagi tojik va qirg’izlarni tinchlikka chaqirish kerak. Ammo, u erda birorta ham hukumat vakillari yo’q. Hatto yarador bo’lganlar ham borligi haqida aytishmoqda. Bu vaziyatni tartibga solish kerak. Biz depututlar ham bu masalani o’z nazoratimiz ostiga olishimiz zarur”, – dedi Nazarali Oripov.

Mazkur xodisa yuzasidan Tojikistonni Qirg’izistondagi elchisi Olim Rahimov Qirg’iziston tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgani xabar qilinmoqda.

Uchrashuv davomida Qirg’iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildaev tojik diplomatiga rasmiy norozilik notasini topshirdi va Qirg’iziston hududida tojik fuqarolari sodir etgan noqonuniy harakatlardan tashvishda ekanligini hamda qirg’iz fuqarolariga etkazilgan ziyonni qoplash barobarida, aybdor shaxslarni aniqlash va javobgarlikka tortishni talab qildi.

Turkiston:

1991 yilda “mustaqillik”ka erishgan Markaziy Osiyodagi davlat rahbarlari tomonidan vatanparvarlik va millatchilik fikrlari ko’p asrlardan buyon qardosh, qarindosh-urug’ va quda-anda bo’lib yashab kelgan xalqlar ongiga singdirila boshladi. Bu ishlarni nitajasi esa bugungi kunga kelib o’z mevasini bermoqda.

Vatanparvarlik va millatchilik kabi jirkanch va tuban fikrlar islomiy Xalifalik davlatini yo’q qilishda mustamlakachi davlatlar tomonidan targ’ib qilindi va qo’llab-quvvatlandi. Buning natijasida arab arabligi bilan faxrlanadigan bo’lsa, turk turkligi bilan g’ururlanadigan bo’lib qoldi. Bunday o’zaro kurash va raqobatlar esa oxir oqibat Xalifalik davlatini yo’q qilinishiga olib keldi.

Bu jirkanch vosita tajribadan muvaffaqiyatli o’tgani uchun bugungi kunda ham yirik davlatlar qardosh xalqlar o’rtasiga raxna solishlikda aynan shu fikrlardan foydalanib kelmoqdalar va chegaralarni mustaxkamlash bahonasida dini bir, bozori va mazori bir bo’lgan xalqlarni bir-birlaridan uzoqlashtirmoqdalar.

Buyuk Alloh Subhanahu va Taologa hamda payg’ambarimiz Muhammad sollallohi alayhi va sallamga iymon keltirgan har bir musulmon bu kabi jirkanch fikr va fitnalardan yiroq yurmoqlig va bunday fitnalardan halos bo’lish uchun o’z Islomlariga qaytmoqlar shart. Chunki, Rosululloh sollallahu alayhi va sallam: “U (millatchilik)ni tashlanglar, chunchi u sassiqdir”, deganlar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.