Qirg’iziston ortidan borib Qozog’iston ham yangi qonunda ko’rsatilganidek, “shov-shuv ko’tarish” va “tartibsizliklar” keltirib chiqaruvchi yolg’on xabarlarni qasddan tarqatgani uchun ozodlikdan mahrum etish jazosini joriy etmoqda. Shunday qilib xazilkash yoki fitnachi shaxslarni 10 yilgacha qomoq jazosi yoki yirik jarima kutib turipti.
Agar tarqatilgan yolg’on xabar tufayli jamoat tartibi buzilsa yoki zarar etkazilsa, u holda aybdor shaxsni eng kam ish haqini 1000 barobari miqdorida jarimaga tortiladi, bu esa deyarli ikki million tanga degani. Agar yolg’on xabar o’zaro til biriktirib olgan guruh tomonidan tarqatilsa, u holda ish ancha jiddiy bo’lib – fitnachilarni etti yilgacha qamoqqa tashlashlari mumkin. Agarda jinoyat favqullotda holatda yoki ommaviy tadbirlar vaqtida sodir etilsa, aybdorlar 10 yilga ozodlikdan mahrum etilishlari mumkin bo’ladi.
Izoh:
Darhaqiqat jamiyatda vujudga kelgan har qanday fitna va tartibsizliklar o’z ortidan qotillik, talonchilik, bosqinchilik, jamiyat ichida bo’linish yoki xalq va mamlakatlar o’rtasida qarama-qarshilikni paydo qiluvchi xalokatli falokatlarni olib keladi. Mamlakat yoki mintaqa yaxlitligini saqlab qolish uchun og’izlarni yopish orqali ko’rilayotgan mazkur choralar, o’zlari uchun shubhali bo’lgan manbaalardan ma’lumot olishga ko’nikib qolgan va xalqni adashtirish uchun chegara ortidan kiritilgan turli xil ig’vo va buzg’unchiliklar sababli o’z hududini yo’qotayotgan va yo’qotishda davom etayotgan Ukraina inqirozi tufayli qabul qilinmoqda.
Agar misol uchun mazkur qonunlar Qirg’izistonda loaqal 2010 yil iyun voqealaridan oldin qabul qilinganda, u holda mazkur qonunlar birodarkushlik urishini boshlanishga sabab bo’lgan yolg’on xabarlarni tarqalishini oldini olgan bo’lar edi. Ammo bu ishlar aynan hozir, huddi arab inqilobiga o’xshab xalq uchun manfaatsiz bo’lgan rejimlar ag’darib tashlangan kabi mavjud hokimiyatga nisbatan tahdidlar paydo bo’lgan vaqtda qabul qilinmoqda.
Ammo yolg’on xabar to’g’risidagi masala, voqealarni noto’g’ri talqin qilish, muxokama qilinayotgan vaziyatlarni noto’g’ri baxolash yoki shaxsga nisbatan tuhmat kabi jamiyatni adashtiruvchi xabar, maqola yoki film bo’lishidan qat’iy nazar yolg’on harakat sifatida baxolanishi zarur.
Alloh Taolo aytadi:
“Har kim biror xatolik yoki gunoh ishga qo’l ursa-yu, so’ngra unda begunoh odamni ayblasa, albatta, bo’hton va aniq gunohni (bo’ynida) ko’targan bo’lur” [Niso: 112]
“(O’sha) yolg’onchilarga o’lim! Ular (jaholat) girdobida adashib yuruvchi kimsalardir” [Vaz-zoriyot: 10:11]
Demokratiya tuzumini doimo va har joyda o’z muvaffaqiyatlari garovi va taraqqiyotlari mayoqi sifatida qabul qilgan mamlakat rahbarlari o’zlari qarshi chiqayotgan fikr bildirish erkinligi to’g’risida bong uradilar. Ammo biz bugungi kunda o’zlari uchun tahdid paydo bo’lgan vaqtda demokratik qonunlar o’z homiylari tomonidan o’zgartirilayotganini guvohi bo’lib turibmiz. Ularning maqsadi g’oyaviy, siyosiy, iqtisodiy va hatto ma’naviy jihatdan cheksiz yolg’on va domiy aldashlar iskanjasida bo’g’ilayotgan o’z xalqi manfaatlarni himoya qilish emas.
Bugungi kunda biz Islom dini, unga ergashuvchi va da’vatini ko’tarib chiquvchilarga qarshi olamiy yolg’on va aldashlar bilan to’qnash kelmoqdamiz. Har kuni biz OAVlar orqali Islom va musulmonlarga qarshi yolg’on ayblovlarni eshitamiz. Shariat to’g’risidagi tushunchalarni o’zgarishi va uning hayot nizomi sifatida qaytishini aytmasa ham bo’laveradi. Biz hayotda umuman mavjud bo’lmagan qo’rqinchili sektalar va terrorizm haqidagi ertaklarnihar kuni eshitamiz.
Shu erda tabiiy savol tug’iladi, nima uchun shu vaqtga qadar Islomga qarshi yolg’on to’qiyotgan jurnalistlar javobgarlikka tortilmayapti? Nima uchun musulmonlar muhutini buzib ko’rsatish uchun muslima onalar va muslima qizlar “sodir etgan jinoyatlar” to’g’risida bo’xton xabar tarqatayotgan va har qanday uyatni bir chetga surib qo’ygan butun boshli televizion kanallar, axborot agentliklari ishlab yotibdi? Nima uchun mazkur yolg’onlar “yolg’on ma’lumot” to’g’risida qonun qabul qilinishga sabab bo’lmadi?
Anvar