Parlamet delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Jogorku Kenesh spikeri Asilbek Jeenbekov rasmiy tashrif bilan Xitoy xalq respublikasida turipti. Parlament matbuot xizmatining ta’kidlashicha, bu tomonlar o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatilganidan buyon Qirg’iziston parlamenti rahbarining Xitoyga uyushtirgan birinchi rasmiy tashrifidir.
Tashrif davomida Asilbek Jeenbekov Butunxitoy xalq vakillari kengashi raisi Jan Detszyan bilan uchrashadi. Qirg’iziston va Xitoy parlamentlari o’rtasidagi hamkorlik to’g’risidagi Memorandum imzolanishi kutilmoqda. Shuningdek Xitoy xalq respublikasi Davlat kengashi a’zosi Yan TSzechi bilan urashuv ham bo’lib o’tadi.
Bundan tashqari parlament delegatsiyasi, Xitoyning bir qator etakchi davlat korporatsiyalari bilan muzokaralar ham olib boradi.