Haqning g’alaba qozonishi faqat vaqt masalasidir
Joriy yil 25 aprelda respublika axborot vositalarida Hizb ut-Tahrirga a’zo musulmonlarga qarshi qator sud hukmlari chiqarilgani to’g’risida xabarlar tarqaldi. Bu safargi hukmlar Bashkiriya janubidagi Sibay sudi tomonidan chiqarildi.
Axborot vositalarida sudning ayblov bilan bog’liq fikri xabar qilindi. Ayblovda jumladan, bunday deyiladi: «Rossiyada taqiqlangan Hizb ut-Tahrir tashkilotining faol a’zosi Xabirov Hizb tarmog’ining Sibaydagi faoliyatlarida ishtirok etgan. Ayblanayotgan shaxslar ijaraga olingan bir kvartirada terroristik tashkilot faoliyatini o’rganish uchun yashirincha to’planib turishgan. Ularning maqsadi fikr va tushunchalar, ekstremistik reaktsion programmalar tarqatish bo’lgan».
Mana shunday da’volarga binoan sud Rossiya Federatsiyasi jinoyat kodeksining 282-2 modda, 1-bandiga asosan 1978 yil tug’ilgan Abdurashid Xabirovga ikki yillik qamoq jazosi hukmini chiqardi. Qolgan to’rt nafar musulmonlarni 100-150 ming rubl miqdorida jarima to’lashga hukm qildi.
Boshqacha ibora bilan aytganda, aslida ushbu musulmonlar qilgan «jinoyat» ularning o’z dinlarini o’rganish va shu din keltirgan haqqa da’vat qilishdagi tariqatni muhokama qilish maqsadida to’planganlaridir.
Shuni ta’kidlash joizki, bu sud ishi ancha burundan, 2012 yildan beri davom etayotgan edi. Shuning uchun bu musulmonlarga «ekstremizmga qarshi kurash», deya atalayotgan unchalik xavfli sanalmagan jinoyat ishi asosida hukm chiqarildi. Aslida bu jinoyatning tarkibiy qismi 2013 yil noyabrdan buyon joriy qilingan jinoyat kodeksidagi 205-5 terrorizmga qarshi kurash moddasiga muvofiq hukm chiqarish uchun etarli edi. Ma’lumki bu 205-5 moddasi bo’yicha ayblanganlarga 20 yilgacha qamoq jazosi beriladi. Garchi mazkur musulmonlarning hech biri ustidan mana shu 205-5 modda asosida hukm qilinmagan bo’lsa-da, biroq davlat DUMAsi o’zgartirishlar kiritib, ayni modda asosida sudlanayotganlarga umrbod qamoq jazosi belgilashga qaror qilgan.
Hizb ut-Tahrir a’zolariga qarshi jazolar kuchaytirilayotgani ortidagi birdan-bir sabab hukumatning Islomga qarshi kurash siyosatining ortayotganidir. Bunday repressiyaning yashirin qonuniy tomoni shuki, 2003 yil Rossiya Oliy sudi tomonidan Hizb ut-Tahrirni hech bir dalilsiz ravishda terroristik tashkilotlar ro’yxatiga kiritildi. Shu bilan Rossiya siyosiy partiya sanalgan Hizb ut-Tahrirni terroristik tashkilot deb hisoblagan yagona davlatga aylandi. Hukumat Oliy sudning bunday qarorini jinoyat, deb e’tibor qilib, mazkur ro’yxatdan Hizb ut-Tahrir nomini o’chirishi lozim edi. Biroq buning o’rniga, u Hizb ut-Tahrirga a’zo bo’lishni jinoyat, deb hisobladi. Bu esa haqiqiy terrorizmni jinoyat hisoblash o’rniga qilingan ishdir. Hukumat bu ishi bilan Hizb ut-Tahrirga qarshi o’z kurashi ko’lamini, ya’ni salkam o’n yildan burun boshlangan kurashni xavfli darajaga ko’targan bo’ldi.
Inson islomiy da’vat etkazuvchilarga qarshi qilingan bunday repressiyali yillarni mahkum Abdurashid Xabirov boshdan o’tkazgan qismatdan bilib olishi mumkin. Ammo Abdurashid hukumat sodir etayotgan barcha zo’ravonliklarga qaramay, haq so’zni baralla aytayotgan Islom Ummati safidagi buyuk bir kishi, xolos. Gap shundaki, u Islomga da’vat qilgani va Hizb ut-Tahrirga a’zo bo’lgani uchun ilk bor 2007 yilda sudlanib, bir yillik shartli jazoga hukm qilingan. Biroq 2008 yil yangi ayblovlar qo’yish bilan qayta qamoqqa olindi va ikki yilga ozodlikdan mahrum qilinib, bu muddatni yakka kamerada o’tkazdi.
Abdurashid qamoqdan chiqqach, Hizb ut-Tahrir safida Islomga da’vat qilishda davom etdi va unga yana qaytadan ayblov qo’yilib, 2012 yil yana qamoqqa tashlandi. Qamoqda bir necha oy o’tirgach, ozodlikka chiqarildi. Bunga Rossiya Federatsiyasi jinoyat kodeksiga o’zgartirish kiritilgani sabab bo’lgandi. Biroq uni yana bir marta ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilishdi. Darhaqiqat, Abdurashid singari musulmon yoshlar faoliyati 21 asr qurayshlarini o’z qonunlarini shu darajada kuchaytirishga majbur qildiki, ular har qanday islomiy da’vatchi xayotining o’nlab yilini qamoqda o’tkazishi kerak, deb hisoblashmoqda.
Abdurashidning hayotini o’rgangan kishi haq bilan botil o’rtasidagi kurashni, ya’ni Rosululloh A va ulug’ sahobalari zamonidagi kurashni guvohi bo’ladi. O’shanda Quraysh Islomga bo’lgan da’vatni to’xtatish uchun kunni tunga ulab fikrlagan, tadbir qilgan va nihoyat, da’vatni etkazayotgan yigitlar nomini qora qilishga, ular va ularga ergashganlarga nisbatan yomon munosabatda bo’lishga qaror qilgan edi. Allohning dushmanlari bu ishda omadlari chopmagach, Rosululloh Aga ergashgan sahoba Glarga qarshi qamash, qiynoqqa solish va qatl qilish yo’liga o’tishgan edi.
Lekin Quraysh shuncha kuchli bo’lishiga qaramasdan, tarix oqimini o’zgartirishga va jamiyatga ta’sir o’tkazishga muvaffaq bo’lolmagan. Chunki tarix g’ildiragi kuch-qudrat egasi Alloh Sabhanahu tomonidan yaratilgan va belgilangandir. Bugun botil zavolga yuz tutmoqda. Haqning g’alaba qozonishi faqat vaqt masalasidir.
«Yana ayting: Haqiqat (ya’ni, Islom) keldi va botil (ya’ni, kufr) o’chib-yo’qoldi. Chunki botil yo’qolguvchi narsadir» [Isro 81]
Hizb ut-Tahrirning
Rossiyadagi matbuot bo’limi
Hizb ut-Tahrirning Rossiyadagi matbuot bo’limi: www.hizb-russia.info
Elektron pochta: mediaoffice.htr@gmail.com