AQSh prezidenti Barak Obama iyun oyida Polsha, Belgiya va Frantsiyani o’z ichiga olgan Yevropa davlatlari bo’ylab o’z safarini boshlaydi.
Oq uy so’zchisi Jay Karney tarafidan berilgan yozma bayonot chiqarib, prezident Obama AQShning ittifoqdoshlari bilan doimiy kengash doirasida 2014 yil iyun oyida Polsha, Belgiya va Frantsiyaga safar qilishi bildirdi.
Bayonotga ko’ra, Obama Polshaning poytaxti Varshavada ikki tomonlama muzokaralar olib boradi va dunyo davlatlari liderlari bilan birga kommunizm tugashining 25 yilligi tufayli Polshada tashkil qilingan xotira kuniga ishtirok etadi.
Polshadan so’ng Belgiyaga o’tishni rejalagan Obama u erda 4 – 5 iyun kunlari o’tkazilishi rejalashtirilgan “Katta ettilik” davlatlari yig’ilishiga qatnashadi. Yig’ilishda rahbarlar iqtisodiy va xavfsizlik jihatlarni o’z ichiga olgan mushtarak mavzularni o’rtaga tashlab, Ukrainadagi vaziyatga doir 24 mart kuni Gaagada olib borilgan uchrashuvning davomini o’tkazishadi.
Rossiyaning Sochi shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan “katta sakkizlik” davlatlarining yig’ilishi Rossiyaning Qrimni ishg’ol qilishi ortidan bekor qilinib, uning tarkibidan Rossiya chiqarib tashlangandan so’ng Belgiyada o’tkazilishiga qaror qilingan edi.
Obama Belgiyadan so’ng Frantsiyaga yo’l oladi. U erda Obama Frantsiyaning shimoliy g’arbida joylashgan Normandiya viloyatida o’tkaziladigan xotira kuniga qatnashadi.