Ma’lumki Hizbut Tahrir Rossiyada 2003 yildan buyon terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilib, mamlakatda faoliyat olib borishi ta’qiqlab qo‘yilgan.
Qrimning Rossiya bilan bog‘liqligi tufayli Qrimda ham ta’qiqlanishi haqida gap so‘z bo‘layotgan bir paytda “Turkasi” axborot agentligi Qrimda faoliyat olib borayotgan Hizbut Tahrirning Ukrainadagi rasmiy notig‘i Fozil Hamzayev bilan suhbat o‘tkazdi. Suhbat Qrimdagi oxirgi vaziyat haqida va Hizbning kelajagi haqida bo‘ldi.
Suhbat matni bilan quyida tanishingiz mumkin:
Turkasi: Assalomu alaykum, Fozil Hamzayev, siz Hizbut Tahrirning Ukrainadagi rasmiy notig‘i va Qrimdagi vakilisiz, shundaymi?
Fozil Hamzayev: Va alaykum assalom, ha, men Hizbut Tahrirning Ukrainadagi rasmiy notig‘iman va u yerdagi matbuot bo‘limini boshqaraman.
Turkasi: Avvalambor, Qrimning Ukrainadan ajralib Rossiya federatsiyasi tarkibiga qo‘shilishini qanday baholaysiz?
Fozil Hamzayev: Qrimning Rossiyaga bog‘lanishi Qrim musulmonlariga hech qanday yaxshilik olib kelmaydi albatta. Chunki Rossiyaning shimoliy Kavkazdagi Tatariston va Boshqirdistonda musulmonlarga nisbatan qanday munosabatda bo‘layotganini ko‘rib turibmiz.
Turkasi: Qrimning Rossiyaga qo‘shilishi ortidan Rossiya muftilari Qrimga qatnay boshladi. Bu mavzuda nima deya olasiz?
Fozil Hamzayev: Albatta bu uchrashuvlar Qrimning ishg‘ol qilinishi bilan bog‘liqdir. Chunki avval bunday tashriflar hech bo‘lmas edi. Bu “mehmonlar” Qrimning Rossiya tarafidan ishg‘ol etilishi foydali ekanligiga Qrim tatarlarini ishontirish yo‘lida xizmat qilmoqda. Ko‘rib turganingizdek, Rossiyadagi muftilar davlat siyosati doirasi atrofida harakat qilishadi. Rossiyaning Qrimdagi muvaffaqiyati Qrim tatarlarining o‘zi tarafiga og‘dirib olishiga bog‘liq. Keyingi paytlarda tez-tez amalga oshirilayotgan ziyoratlar aynan mana shu maqsad uchun amalga oshirilmoqda.
Turkasi: Hizbut Tahrirning faoliyati Rossiya federatsiyasida ta’qiqlab qo‘yilgan. Qrimdagi faoliyati ham ta’qiqlanishi ustida bahs yuritilmoqda. Bu haqida qanday fikr bildira olasiz?
Fozil Hamzayev: Hizbut Tahrir tashkil bo‘lgandan e’tiboran 60 yil davomida turli zolim hukumatlar tarafidan bir qaancha Islom o‘lkalarida ham bosim ostida qolgan. Qrimdagi hozirgi holat Hizb uchun yangilik emas. Bundan tashqari Hizbut Tahrir Rossiyada 2003 yilda ta’qiqlangan bo‘lishiga qaramay, o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Turkasi: Faoliyatingizni davom ettirishingizni ochiqladingiz? Qonunga ko‘ra, qamoq jazosi kabi jazo choralariga duch kelishingiz mumkin. Bu mavzuda qandaydir bir chora tadbirlaringiz bormi?
Fozil Hamzayev: Albatta kerakli tadbirlar ko‘rib qo‘yilgan. Biroq ma’lum sabablarga ko‘ra, bu chora tadbirlar haqida sizga ayta olmayman. Ammo shuni aytib o‘tishni istardimki, biz olib borayotgan faoliyat moddiy kuch ishlatishdan yiroq uslublar bilan musulmon va g‘ayrimusulmonlarga Islom dinini yetkazishdan iboratdir. Vaziyat o‘zgarishi yoki bosimning ortishi sababli moddiy faoliyatga o‘tmaslik tariqatidan 60 yildan buyon voz kechmadik, voz kechmaymiz ham. Shuning uchun kelajakda “Hizbut Tahrir a’zolari qurol yaroq bilan qo‘lga tushdi”, degan xabarlar tarqalsa, shuni yaxshi bilingki bu yolg‘on xabar va tuhmatdir. Qirimdagi musulmonlar va barcha xalqlar bizning 20 yildan buyon moddiy faoliyat yuritmasligimizga va fikriy faoliyat olib borishimizga guvoh bo‘lib kelyapti.
Turkasi: Hurmatli Hamzayev bergan intervyungiz uchun sizga tashakkur bildiraman. O‘ylaymanki, Qirimda biror fojea yuz bermay xalqlar tinch yashaydi. Sizning faoliyatingizga ham muvaffaqiyatlar tilayman.
Fozil Hamzayev: Alloh rozi bo‘lsin! Biz ham Alloh Taolodan shuni so‘rab qolamiz. Fikrimizni jamoatchilikka yetkazishimizga yordamchi bo‘lganingiz uchun biz ham sizga tashakkur bildiramiz.
TURKASI:
Fozil Hamzayev:
TURKASI:
Fozil Hamzayev:
TURKASI:
Fozil Hamzayev: