Suriyada kechayotgan hodisalar qarshisida sukut saqlash pozitsiyasini egallagan va goh-gohida o‘liklarning soni ortib borayotganidan tashvish bildirib qo‘ygan Birlashgan millatlar tashkiloti oxirgi bergan bayonoti bilan o‘z ixlosmandlarini yana lol qoldirdi.
Suriyada Bashar Asadning tasarrufidan chiqib ketgan joylarda hayot Islom shariati bilan o‘z iziga tushib qolgan bo‘lsa-da, biroq Asad rejimi hukmronlik qilayotgan mintaqalarda bir qancha shaharlar va viloyatlar Asad kuchlari tarafdan qilingan qamal ostida o‘ta og‘ir vaziyatlarni boshidan kechirmoqda. Aynan mana shu joylarda dori-darmon va oziq ovqatning yo‘qligi sababli odamlar o‘lim bilan yuzlashmoqda.
Dunyodan yordam so‘rayotgan Suriyaliklar insoniy yordam borasida BMT bergan bayonotdan yana bir marta uning asl basharasini ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi.
“SANA” axborot agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, BMT so‘zchisi Stefan Dyujarrik Asad rejimi tarafidan qamal qilinishi oqibatida insonlar ochlikdan o‘layotgan mintaqalarga insoniy yordam yuborish uchun Asadning roziligi bo‘lishi shart ekanligini bildirdi. Stefan Dyujarrikning ta’kidlashicha, BMTga a’zo bo‘lgan bir davlatning tuproqlarida o‘sha davlat tarafidan ruxsat bo‘lmay turib hech qanday faoliyat yuritish to‘g‘ri emas.
“Suriya hukumatidan ruxsat olmay turib bu o‘lkaga insoniy yordam yubormaymiz”, dedi u bergan bayonotida ochiq shaklda.
Turkiston:
2011 yili AQSh Iroq va Afg‘oniston raxbariyatidan so‘rab bostirib kirganmidi? yoki Liviyadan Kazzofiyning roziligi bilan xalqaro kuchlar bostirib kirib, uni o‘zini otib tashlashganmidi?…. va xokazo juda ko‘p yurtlar xalqaro kuchlar yoki yetakchi davlatlar tomonidan bosib olindi yoki xarbiy bazalarga aylantirildi. BMT esa, shu koalitsiya kuchlari yoki katta davlatlarning bosqinchiligiga xuquqiy yo‘l topib berishdan nariga o‘tgan emas.
Endi Suriyada Asaddan o‘zga quvvatlari qolmaganidan, uning xalqining ustiga kufr kuchlarining kirishiga ruxsat bemay tura oladigan quvvat qilib ko‘rsatishga urinishmoqda. Aslida Asad o‘lik siyosatchi bo‘lib, xatto xozirda o‘yin qaysi tomonga qarab ketayotganini xam bilmaydi. Undan xatto maslaxat xam so‘rashmaydi. U kufrning xar bir xarakatini yoxlash va u chizib bergan chiziq bo‘ylab xarakatlanish bilan o‘zi va oilasining xayotini saqlab qolishim mumkin deb o‘ylaydi.
Aslida kufr Suriyaga bostirib kirishdan qo‘rqadi. Asaddan emas, islom olamidan, dunyo musulmonlarining ra’yidan va shu ra’yidan kelib chiqadigan xarakatlaridan qo‘rqadi. Ular bu ra’yi ommdan doim qo‘rqishgan. Shuning uchun musulmonlarni chalg‘itish bilan shu ra’ylarini buzishga qattiq e’tibor qaratishadi. Demak kufrning mag‘lubiyati va Islomning g‘alabasi, dunyo musulmonlarining islomiy ra’ylarining bir tomon ya’ni shar’iy, mabda’iy va siyosiy to‘g‘ri shakllanishiga chambar chas bog‘liq ekan.
Shuning uchun Xizb-ut-Tahrir butun olamda Islomni Musulmonlar o‘z ra’ylaridan kelib chiqib, xayotlarida urfu ommga ya’ni xayotlarining xar bir jabxasi uchun dastur ul amal qilib olishlari vojib deb biladi. Xizb dunyoning deyarli yarmidan ko‘p qismida faoliyat olib borar ekan, o‘zining xarakat yo‘nalishining asosini ana shu vojibni xayotga olib kelishda deb biladi. Bu yo‘lni u Payg‘ambarimiz SAVning tariqatlari deb bilib, undan zarracha chetlashlik Olloxning nusratini kechiktiradigan amallardan deb e’tibor qiladi.
Kufr olamini daxshatga solayotgan voqe’lik xam xuddi shunda. Suriya mujoxidlari olib borayotgan mudoofo jixodlarini shar’iy xukm asosiga qura boshlashdi. Mazlum xalq, ustiga bostirib bombardimon qilib kelayotgan kufrga qarshi shar’iy yo‘llar bilan sabr qila boshladi. Islomiy jamoalar noshar’iy shartnomalarga bormay qo‘yishdi.
Navbat dunyo musulmonlarining Suriyadagi birodarlariga bo‘lgan munosabatlarini shar’iy xukmga mutanosib yo‘naltirishlarida qoldi. Olloxning nusrati yaqin.