Bruney sultoni Hassanal Bolkiah 1 may kunidan e’tiboran shar’iy me’yorlariga asoslangan Jinoyat kodeksi (JK) joriy etilishi haqida ma’lum qildi.
1984 yilga qadar Buyuk Britaniya mustamlakasi bo‘lgan Bruneyda ayni vaqtda ikki xil sud tizimi amalda qo‘llaniladi: ulardan biri Britaniya huquqlariga asoslangan bo‘lsa, ikkinchisida qisman shariat hukmlari tatbiq etiladi.
“Bugun men samimi ishonchdaman va ertaga 1 may payshanba kunidan boshlab shar’iy huquqlarni amalga tatbiq etishni birinchi bosqichi boshlanishi sababli Buyuk Allohga shukronalar qilaman. Keyingi bosqichlar asta-sekinlik bilan joriy etiladi”, – dedi Sulton.
Shariat qonunlarini joriy etilishi, bu musulmonlarga nisbatan hukmni islomiy qozi (sudya)lar chiqarishini anglatadi. Masalan, nikohsiz homilador bo‘lib qolish, boshqa dinlarni targ‘ib qilish yoki musulmonlar tomonidan Juma namozini tark etish jarima va qamoq bilan jazolanadi.
Turkiston:
Islomiy qonunlarni joriy etilishi to‘g‘risida tarqatilgan bunday xabarlar ko‘plab musulmonlar tomonidan Islom dinini hayotga qaytarish uchun tashlangan ijobiy qadamlardan biri sifatida qabul qilinishi mumkin. Buyuk Yaratuvchi Subhanahu va Taolo roziligiga va baxtli hayot sari yetaklovchi islomiy hayotni borpo etish vazifasi, Buyuk Alloh va payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam Sunnatlariga binoan musulmonlar zimmasiga yuklatildi.
Ammo, ayrim huquqiy me’yorlarni joriy etilishi Bruneyni islomiy hayotga qaytganini anglatmaydi, chunki kapitalizmning xalqaro tuzimiga bog‘liq bo‘lgan Bruneydagi iqtisod, g‘arb mustamlakachi davlatlariga muhabbat hissida paydo bo‘lgan tashqi siyosat va ko‘plab mamlakatlar mustabid hokimlarining musulmonlarga nisbatan munosabatlari, ichki siyosatda kapitalistik tuzumni hukmronlik qilishi va mamlakat ichida uni ko‘tarib yuruvchilar va hatto faqat musulmonlarga nisbatan tatbiq etiladigan o‘sha sud tizimida ham Islomning boshqa jihatlari e’tiborsiz qolaveradi. Shuningdek, Islom dini faqatgina Xalifalik tuzumi bo‘yicha boshqarishlikni talab qilgani holda qirollik boshqaruv tizimi ham o‘zgarishsiz qolaveradi.
Albatta, Bruney qirolini siyosiy mavqeyi BMT va xalqaro tuzumlar tomonidan butun dunyodagi musulmonlarga – Afrikada amalga oshirilayotgan genotsid haqida aytmasa ham bo‘laveradi –nisbatan amalga oshirilayotgan ta’qib va tazyiqlarga nisbatan javob deb ham hisoblashga arzimaydi.
O‘tmishda bo‘lgani kabi, kelajakda ham barcha musulmonlar uchun umid bag‘ishlaydigan Islom mabdasiga qattiq ishonch asosida borpo bo‘lgan tuzum haqida eshitmaganimiz holda faqatgina jazo turlarini bosqichma-bosqich kuchaytirib borish haqida eshitishimiz, butun islomiy Ummat va shuningdek Bruneyda yashayotgan musulmonlar muammolarini xal qilishga asoslangan Mabdani ham noma’lum va tushinarsiz qilib qo‘yadi.
Bunday xabarlar, ko‘plab islomiy yerlarda mustabid hokimlarni ag‘darilishiga olib kelgan kapitalizm tuzumidan norozi bo‘lgan musulmonlarni adashtirish, Bruneyda bo‘lgani kabi butun dunyodagi musulmonlarni chalg‘itish va g‘arb gegemonligiga qarshi davom etayotgan kurashdan burish uchun tarqatilmoqda.
Islmiy Xalifalikni barpo etish to‘g‘risidagi musulmonlarni ong va tushunchalarini o‘zgarib borishi natijasida, bunday yolg‘on loyihalar Islom Ummatini chalg‘ita olmaydi, balki kapitalistik tuzumni bugungi kundagi ojizligini namoyon etadi hamda barcha islomiy olamni qamrab oluvchi Islomiy boshqaruvga kelish yaqinligi xushxabarini olib keladi.
Alloh Subhanahu va Taolo aytadi:
“…Yo Kitobning bir qismiga ishonib, bir qismini inkor qilasizmi? Oralaringdan kim bu ishni qilsa, uning jazosi bu dunyoda rasvo bo‘lish, Qiyomat kunida esa qattiq azobga duchor qilinadilar. Alloh qilayotgan ishlaringdan g‘ofil emasdir.” [Baqara: 85]
Anvar