Ukrainada Vertolyot urib tushirildi

507
0

0

Ukraina armiyasiga qarashli Vertolyot Kramatorsk shahrida rossiyaparast kuchlar tarafidan o’qqa tutilganligi tufayli erga quladi. Ukraina antiterror markazining rahbari Vasiliy Krutov Donetsk viloyatiga qarashli Kramatorsk harbiy aeoroportida “Mi-8” rusumli Vertolyot erga qulab, so’ng portlab ketganini ma’lum qildi. Krutovga ko’ra, Vertolyotning yonilg’i baki aniq nishonchi tomonidan o’qqa tutilgandan so’ng erga qulagan. Mahalliy matbuot vakillarining yozishicha, harbiy aeroportda eng kamida ikki marta portlash ovozi eshitilgan.

Ukraina hukumati Slavyanskiy atrofidagi “terrorga qarshi kurash”ning ikkinchi bosqichi boshlanganligini ma’lum qilishi ortidan rossiyaparast kuchlar qo’lida tutib turgan Kramatorsk harbiy aeroporti Ukraina askarlarining nazorati ostiga o’tgan edi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya bilan Ukrainaning o’rtasida yuzaga kelgan vaziyat Ukraina mudofaasi uchun og’ir vaziyatni vujudga keltirishidan ogohlantirdi.

Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk esa Ukraina armiyasi jang qilish uchun tayyor ekanligini ta’kidlar ekan, Rossiyani uchinchi dunyo urushini boshlash istagi borligida aybladi.

“Rossiya Ukrainani siyosiy va harbiy tarafdan ishg’ol qilib, bu erdagi chigalliklarni butun Yevropaga yoyish va uchinchi dunyo urushini boshlashni istaydi”, dedi Yatsenyuk bergan bayonotida.

Ukraina mudofaa vazirligidan berilgan bayonotda Rossiya armiyasi Ukraina chegarasiga 1km yaqinlikda harbiy mashg’ulot o’tkazgani, ammo hanuz chegaraga daxl qilmaganligi bildirildi. Bayonotda aytilishicha, mashg’ulotda Rossiya armiyasining havo kuchlari ham qatnashgan va Rossiya harbiy samalyotlari mintaqada uchish manevrlar o’tkazgan. Ukraina mudofaa vazirligi chegara hududiga har qanday daxl qilish yuzaga kelgudek bo’lsa, bunga qarshilik ko’rsatish uchun Ukraina armiyasi shay turganligini bildirdi.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukraina chegara yaqinida harbiy mashg’ulot o’tkazilayotganining sababi Ukrainaning janubiy sharqida yuzaga kelgan vaziyat ekanligini ochiqladi.

Mudofaa vaziriligining qo’mita yig’ilishidan avval intervyu bergan Shoygu “o’z fuqarolariga qurol ishlatishga buyruq berdi. Agar bugun bu harbiy harakat to’xtatilmasa juda ko’p qurbonlar berilishi mumkin. NATO armiyasining Polsha va Boltiq bo’yi o’lkalarida o’tkazadigan mashg’uloti ham Ukrainada barqarorlikni tiklashga yordam bera olmaydi”, “biz bu turdagi holatlarga javob qaytarishga majburmiz”, deya urg’uladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.