Matbuot bayonoti
Hizb ut-Tahrir doktor shayx Ismoilning o‘g‘irlanishiga qarshi Pokistonda keng ko‘lamda namoyishlar o‘tkazdi
Hizb ut-Tahrir-Pokiston viloyati doktor shayx Ismoilning o‘g‘irlab ketilishiga qarshi uni zudlik bilan ozod qilinishini talab qilib, Pokistonning ko‘plab shaharlarida namoyishlar uyushtirdi. Namoyishchilar quyidagi so‘zlar yozilgan plakatlarni ko‘tarib chiqdilar:
«Doktor Ismoilning o‘g‘irlanishi Xalifalikning qayta barpo etilishini hargiz to‘solmaydi», «Demokratiya Amerika hukmronligining himoyachisi, Xalifalik esa musulmonlar qalqonidir».
Namoyishchilar joriy yil 18 aprel juma kuni shayx Ismoilning Rahil-Navoz rejimi tomonidan o‘g‘irlab ketilganidan tashvishlanayotganlarini bildirdilar. Shuningdek ular yuz minglagan musulmonlar Islomni barpo etish yo‘lida jon fido qilayotgan ushbu yurtda doktor shayx Ismoilning o‘g‘irlab ketilishini qattiq qoraladilar.
Shayx Ismoil xalq orasida mohir tish doktori sifatida tanilgan. U Xalifalikning faol himoyachisi bo‘lib, Islom va musulmonlar xizmatiga o‘zini bag‘ishlagan hamda Xalifalikni tiklash orqali islomiy hayotni qayta boshlash uchun Rosululloh s.a.v. yo‘lida yurgan kishidir.
Hizb ut-Tahrir tog‘utlarga shuni eslatadiki, bundan ikki yil muqaddam Hizb ut-Tahrir-Pokiston viloyati rasmiy notig‘i Navid Battning o‘g‘irlab ketilishi Hizb va uning a’zolarini o‘z yo‘llaridan hargiz burolmadi. Shuningdek, doktor shayx Ismoilning o‘g‘irlanishi ham Hizb va uning a’zolarini hargiz qo‘rqitolmaydi, aksincha, yorug‘ kunga yetish yo‘lidagi ularning harakatlarini yanada ziyoda qiladi. Zotan, o‘sha kunda Xalifalik tiklanishi ortidan bu xoin hukmdorlar mahkamaga tortilib, jazo olajaklar.
Hizb ut-Tahrirning Pokistondagi matbuot bo‘limi