Qirg’iz maxsus kuchlari shahid Omonov Hamidulloh qizi singlimiz Omonova Zulfiyani qamoqqa oldi!

542
0

imagesQirg’iz maxsus kuchlari 2014 yil 31 martda O’sh shahrida singlimiz Omonova Zulfiyani qamoqqa oldi. Omonova Zulfiya jinoyatchi tog’utlar uni otasidan judo qilishgan kunda besh yoshda edi. Uning otasi siyosiy Hizb (Hizb ut-Tahrir) a’zosi bo’lgani uchun qamalgan edi. Biz o’tgan yili birodarimiz Omonov Hamidullohning vahshiylarcha o’ldirilgani haqida xabar tarqatgan edik. U Qirg’izistondan bo’lib, O’sh shahrida yashar edi. Uni o’zbek maxsus kuchlari 14 yil oldin o’g’irlab ketib ana shu muddat davomida tog’ut Karimov qamoqlarida azoblashdi, uning oilasi uning jasadini olisholmadi.

 Shahid Omonov Hamidulloh qizi Omonova Zulfiya Islomga bolalik chog’laridanoq muhabbat qo’ydi, Islomni o’rganishga, uning haqida bilim olishga astoydil kirishdi, boshqa ilmlarni ham o’rgandi. Singlimiz Qur’oni Karimni yod oldi, bir necha tillarni, jumladan arab tilini o’rganishga muvaffaq bo’ldi.

 Karimovning quturgan itlari Qirg’izistonning tuban kuchlari bilan hamkorlikda shahid oilasini hali u shahid bo’lishidan oldin ta’qib qilishga harakat qilishdi. Birodarimiz shahid bo’lganidan keyin ham ularga tazyiq o’tkazishga harakat qilishdi. Chunki shahidning oilasi Qirg’iziston va O’zbekistondagi zolim rejimlardan o’z oila boshlig’ining o’ldirilishi holatlarini aniqlash uchun tergov ishi ochishni talab qildi hamda uning jasadini berilishini talab qildi. Omonova Zulfiya bu jinoyatchilarning jinoyatini fosh qilish va ularning yolg’onini ochib tashlash uchun bir necha tomonlarga murojaat qildi. Bu ish jinoyatchilarning undan g’azablanishiga, unga qarshi kek-adovat saqlashiga olib keldi. Shuning uchun undan qasos olishdi va uni qamoqqa olishdi.

 Qirg’izistondagi jinoyatchi rejim o’tgan yaqin oylar orasida Hizb ut-Tahrir yigitlarini qamoqqa olish uchun qizg’in kampaniya o’tkazdi. Masalan Norin, Batken, Chuy, Bishkek va O’sh kabi mintaqalarda o’nlab yigitlarni qamoqqa oldi. Balki jinoyatchi rejimning pastkashligi ayollar va bolalarni ham ta’qib qilish darajasiga etdi. Shuning uchun Zulfiyani qamoqqa olib uni noma’lum joyda hibsda ushlab turibdi, uning qaysi joyda ekanini yoki taqdiri nima bo’lganini hech kim bilmaydi. Biz Allohdan uning imonini sobit qilishini, qat’iyatini kuchaytirishini va musibatiga sabr qilishni ilhomlantirishini so’rab qolamiz. Biz Alloh Taolodan uning ahliga va yaqinlariga ham chiroyli sabrni ilhomlantirishini so’rab qolamiz. Alloh yordam so’raladigan Zotdir. O’zbekiston va Qirg’izistondagi jinoyatchi rejimlar shuni bilib qo’ysinki ularning Zulfiya va uning oilasi, otasi rohimahullohga qarshi qilgan jinoyatlari hech qachon jazosiz qolmaydi.

 Chunki mana Xalifalik bayroqlari olamning barcha tomonlari bo’ylab hilpiramoqda. Mana musulmonlar roshid Xalifalik davlatini tiklab va bitta roshid xalifaga bay’at berib islomiy hayotni qayta boshlashga harakat qilmoqdalar. Bu bugun bo’lmasa ertaga Alloh izni ila albatta bo’ladi. O’shanda Qirg’iziston, O’zbekiston va boshqa musulmonlar yurtlaridagi hokim rejimlar Islom va musulmonlarga qarshi qilgan jinoyatlari jazosi va azobini albatta totadi. Ertangi kun esa uni kutayotgan uchun yaqindir. Oxirat azobi esa – agar bilishganida edi – undan-da kattaroqdir.

 Alloh Taolo dedi:

 «(Ammo to Mening farmonim bo’lmaguncha) ularni to’xtatib (do’zaxga tashlamay) turinglar! Chunki ular (avval hayoti dunyoda qilib o’tgan kufru isyonlari to’g’risida) so’ralguvchidirlar                                           [Soffat 24]         

 Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.