Jokorku Keneshda yangi koalitsiya tashkil etildi

986
0

04

Jokorku Keneshda parlamentda ko’pchiligini tashkil etuvchi yangi-eski koalitsiya qaytadan tashkil etildi.

31 mart kuni “QSDP”, “Ata Meken”, “Ar Namis” fraktsiyalari etakchilari Chiniboy Tursunbekov, O’murbek Tekebaev va Feliks Kulovlar koalitsiya kelishuviga imzo chekdilar.

“Respublika” fraktsiyasi mazkur koalitsiyaga kirmaslikka qaror qildi, chunki, uning a’zolarining so’zlariga ko’ra, fraktsiya tomonidan qo’yilgan yangi hukumat tarkibini tashkil etishda qaysi partiyaga mansubligidan qat’iy nazar ilgari surilayotgan nomzodlarni kasbiy mahorati, tajribasi va ishbilarmonligi asosida yumshoq reyting yo’li bilan saylashlik sharti qabul qilinmagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.