Tojikistonda aholiga elektr energiyasi etkazib berish keskin qisqartirildi

491
0

8FD844AF-02E9-4BB2-9229-CDE7AAA97EFC_w268_r1_cx15_cy11_cw85

“Barki Tochik” davlat energoxoldingi 26 mart kuni tarqatgan xabarga ko’ra, so’ngi kunlarda Tojikistonda aholiga elektr etkazib berish keskin qisqartirilgan.

Ayrim qishloq hududlarida aholiga sutkasiga to’rt-besh soatdan elektr energiyasi berilmoqda. Jumladan, G’issor va Fayzobod shaharchalarida aholiga elektr berish sutkasiga 4,5 soatni tashkil etayotgan bo’lsa, Nurobod shahrida 7,5 soat svet berilmoqda.

Ayrim tumanlar aholisi esa kunlab elektr yorug’ligisiz qolishmoqda.

Elektr ta’minotidagi rasmiylarning so’zlariga ko’ra, aholiga elektr energiyasi berishni keskin qisqartirilishiga, tog’li hududlarda havo haroratini keskin sovub ketishi va buning natijasida muzlar erishi sekinlashib, mamlakatning asosiy GESlari joylashgan Vaxsh daryosida suv oqimini kamayib ketishi sabab bo’lgan.

Tojikistonning energetika sohasi asosan GESlarga suyanganligi sababli qish oylarida elektr enegriyasida taqchilliklar yuzaga keladi. Shu sababli har yili oktyab oyidan boshlab to aprel oyigacha aholiga elektr etkazib berishda cheklovlar kiritiladi.

Turkiston:

O’rta Osiyoning boshqa respublikalariga nisbatan qishi sovuq va ayozli bo’lgan bu respublikada davlat rahbari o’z xalqini qat’iy cheklov doirasida ushlab, sutkasiga 4-5 soatdan svet berishiga, maktab o’quvchilari sinfxonalarini isitish maqsadida uylaridan o’tin va tezak tashib kelib, ta’lim olishayotganiga qaramay, rasmiy hukumat xorij bilan tuzgan shartnoma asosida qish oylarida ham svet sotishni to’xtatmay keladi.

Rasmiy hisobotga ko’ra, Tojikiston qo’shni Afg’onistonga birgina 2013 yil noyabr oyida 45 million kVt/soat elektr energiyasi sotgan. Bu esa 2012 yilning ayni shu vaqtiga solishtirganda 3,3 mln.kVt/soatga ko’p. Umumiy hisobda Tojikiston 2013 yil mobaynida Afg’onistonga 1 milliard kilovatt- saoatdan ko’proq elektr energiyasi sotgan.

Bu davlat rahbarlarining birdan bir muammosi qanday qilib bo’lsa ham oddiy xalq hisobiga o’z shaxsiy boyliklarini ko’paytirishdan iborat. O’zbekistonda yiliga 65-70 milliard metr.kub gaz qazib olinishiga qaramay oddiy xalq gazsiz va svetsiz yoshayotgani kabi, Tojikiston ham qancha ko’p elektr energiyasi ishlab chiqarmasin oddiy xalq huddi hozirda bo’lgani kabi svetsiz qolaveradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.