Kerri Lavrovga diplomatik talab qo’ydi

478
0

images (1)AQSh davat kotibi Jon Kerri Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan bo’lib o’tgan telefon so’zlashuvida, agar Rossiya Qrim va Ukrainaning boshqa hududlarida harbiy ishtirokini kengaytiradigan bo’lsa, Ukraina inqirozini hal etish uchun barcha diplomatik yo’llar yopilishi mumkinligidan o’z hamkasbini ogohlantirdi.

Kerrining so’zlariga ko’ra, Rossiyaning Qrimni “qo’shib olish” bo’yicha tashlaydigan bundan keyingi qadamlari diplomatik muzokaralar uchun hech qanday joy qoldirmaydi. Shuningdek Kerri Moskvani “og’ir-bosiq bo’lishga” chaqirdi. Mazkur suhbat to’g’risida xabar tarqatgan Rossiya tashqi ishlar vazirligi saytida, Tashqi ishlar vazirlari “Ukraina inqirozini hal etish maqsadida bundan buyon ham tig’iz aloqalarni davom ettirishga kelishib olganlari” aytiladi. Suhbatning boshqa tafsilotlari ochiqlanmadi.

Shuningdek shanba kuni AQSh prezidenti Barak Obamaning Litva prezidenti Daley Gribauskayte, Latviya prezidenti Andris Berzinshey va Estoniya rahbari Toomas Xendrik Ilveslar bilan telefon orqali so’zlashuvi bo’lib o’tgan. To’rttomonlama suhbat davomida Barak Obama Boltiqbo’yi davlatlarini AQSh hukumati NATO doirasidagi kelishuvga sodiq qolishini hamda Boltiqbo’yi mamlakatlarida xavfsizlikni ta’minlash va demokratiyani qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, AQSh prezidenti Obama Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kameron, Frantsiya prezidenti Fransua Olland va Italiya Bosh vaziri Matteo Rentsilar bilan Ukrainadagi vaziyatni alohida-alohida muxokama qildi. Suhbatlar davomida tomonlar Qrim maqomini belgilash bo’yicha 16 mart kuni bo’lib o’tadigan referendumni konstitutsiyaga zid ekanligida hamfikr ekanliklari belgilab olishdi hamda Rossiyani o’z harbiylarini bazaga qaytarishga, Qrimga xalqaro kuzatuvchilar va huquq himoyachilarini kirishiga ruxsat berishga, Moskva va Kiev o’rtasida muzokaralarni boshlanishiga yordam beruvchi aloqa guruhini tashkil etishga chaqirishdi.

7 mart juma oqshomida Rossiya prezilenti Vladimir Putin va Barak Obama o’rtasida telefon orqali suhbat bo’lib o’tdi. Suhbat davomida Obama Putinga Ukraina inqirozini hal etish bo’yicha bir nechta muloxazalarni aytib o’tdi. Bu muloxazalar qatorida xalqaro uyushmalar hamkorligida to’g’ridan-to’g’ri muzokaralarni boshlashlik taklifi ham bor edi.

O’z navbatida RADA tomonidan Ukraina bosh vaziri etib tayinlangan Arseniy Yatsenyuk Ukrainadagi vaziyatni izga solish uchun kelasi haftada AQShga tashrif buyurishi haqida ma’lum qildi.

“Keyingi chorshanbada vaziyatni izga solish bo’yicha bizning ikkitomonlama va ko’ptomonlama munosabatlarimizni tartibga solishda oliy darajada uchrashuv o’tkazishlik uchun Qo’shma shatatlarga borishga tayyorgarlik ko’rmoqdaman”,- dedi Yatsenyuk yakshanba kuni bo’lib o’tgan hukumat yig’ilishida.

Turkiston:

Rossiya boshi berk ko’chaga kirib bormoqda. 5 mart kuni o’tkazilgan YeAES shartnomasiga a’zo davlatlarning navbatdagi shoshilinch yig’ini bo’lib o’tdi. Putin Krim masalasidagi tutgan o’rni bo’yicha, xatto tashkilotdagi xamkasabalari Nazarbaev va Lukashenkolarning to’la qo’llovlariga ega bo’la olmadi. Demak ular xam dunyodagi boshqa davlatlar singari, Rossiyaning manfaatlari uchun AQShning bosimlariga turib berishni istashmaydi.

Rossiya o’zining xalqaro sistemadagi mavqe’yiga to’g’ri baxo bera olmagan ko’rinadi. Uni oxirgi yillarda, Angliya, Frantsiya singari xalqaro sistemaning muvozanati buzulmasligi uchun AQShga sun’iy raqib sifatida ushlab kelishadi. Rossiya allaqachon AQShga raqiblik qila olish salobatini yo’qatib butgan. U ishlab chiqarishdagi potentsiallarini deyarli yo’qotib, byudjetini neft va gazni xom ashyo sifatida sotishdan tushayotgan daromad asosiga quradi. Putin siyosiy ko’rligidan, uni sun’iy obruylantirishayotganlarini tushunolmay qoldi. AQSh esa, Rossiyaning ziddiga Yevropa bilan Ukraina masalasida manfaatlarini bir safga qo’yib, Rossiyaga qarshi til biriktira boshladi. AQShga qarshi, Yevropasiz Rossiya xech kim emas.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.