Ma’lumki, Prezedent Viktor Yanukovichning mamlakatni tashlab qochishiga sabab bo’lgan Kiev hodisalari ortidan Ukrainaga qarashli Qirim avtonom respublikasida ham Rossiyaga tarafdor hukumatga qarshi namoyishlar boshlangan.
Rus qurolli kuchlari Qirimning Simferopol va Sevastopol shahridagi muhim ahamiyatga ega bo’lgan ikki aeroportni o’z nazoratiga olganlar. Bu haqida Ukraina ichki ishlar vazirligi bayonot tarqatdi.
Interfaks-Ukraina axborot agentligining xabar qilishicha, 28 fevral tongda uchta harbiy avtomobilda Rus dengiz kuchlaridan iborat ellikta qurolli askar Simferopol aeroportini egallab olgan. Guvohlarga ko’ra, aeroportni egallab olgan askarlarning kiyimi kecha parlamentni bosib olganlarning kiyimi bilan bir xil bo’lgan.
Bir kun avval tunda formali qurollangan shaxslar Qirim parlamentini ham egallab olganligi haqida shov shuvli xabar tarqalgan edi.
Aeroportlarda samalyotlarning uchishlari davom etganligini ma’lum qilingan xabarda bildirilishicha, qurolli kuchlar protakol binosini o’zlariga qarorgoh qilib olib, yon atrofni nazorat qila boshlashgan.
Qirimning ikkinchi aeroporti bo’lgan Sivastapol yaqinidagi Belbek aeroporti ham Rossiya harbiylari tarafidan nazorat ostiga olingan. Guvohlar Rossiya harbiylariga qarashli harbiy mashinalarning aeroporlarning ichlariga kirganligini tasdiqlashdi.
Eslatib o’tish joizki, bu aeroportda Ukraina havo kuchlariga oid xos harbiy uchoqlar mavjud.