Bugun 26 fevral kuni Qirg’iziston poytaxti Bishkek shahrida parlament deputatlari Ravshan Jeenbekov, Omurbek Abdurahmonov, “revolyutsiyalar buldozeri” Azimbek Beknazarov, IIV sobiq vaziri Omirbek Suvanaliev, O’shning sobiq meri Melis Mirzakmatovlar a’zo bo’lgan Milliy muxolifat harakatining s’ezdi bo’lib o’tdi. Muxolifat etakchilari hisoblashicha, amaldagi hukumat huddi sobiq prezidentlar Asqar Akaev va Qurmonbek Bakiev davridagidek yana qayta avtoritar bo’lib qoldi va so’ngi revolyutsiyadan kutilgan maqsadlarga erishilmadi. Ularning maqsadi – bu xatoliklarni barchasini to’g’rilash, ekanligini aytishmoqda.
Bu harakat yaqinda tashkil etildi va tashkil bo’lishi ortidan bu harakatni G’arb moliyalashtirayotgani haqida mish-mishlar paydo bo’ldi. Bugungi bo’lib o’tgan s’ezda jurnalistlar harakat etakchisi Ravshan Jeenbekovdan buni izohlab berishini so’rashdi.
“Bularni barchasi hukumatga qarashli OAVlari tarqatgan behuda gaplar. Menga bir tiyin ham berishgani yo’q”, – dedi muxolifat etakchisi.
“Parlament boshqaruvini to’lilagicha xarob etib bo’lishdi va uni qayta tiklash bizning asosiy maqsadlarimizdan biri”, – dedi deputat. Shuningdek muxolifat, “maqsadalari – mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarini rivojlantirish va isloxotlar o’tkazish”, ekanligini aytmoqda. Biroq, jurnalistlarning harakat qanday isloxotlar o’tkazishni rejalashtirmoqda degan savoliga Jeenbekov javob bera olmadi.
“Biz hozircha ayta olmaymiz, ishni endigina boshladik. Keyinchalik biz mamlakatni rivojlantirish uchun muqobil strategiya ishlab chiqamiz”, – deb tushintirish berib o’tdi muxolifat etakchisi.
Muxolifat s’ezdi ishtirokchilaridan biri Qubanchbek Qodirovning so’zlariga ko’ra, muxolifat demokratik yo’nalish bo’yicha boradi, “chunki konstitutsiya ishlamayapti”. “Ukrainada ham parlament boshqaruvi edi, ammo prezident boshqarardi. Biz hukumat bilan muzokara o’tkazishga tayyormiz. Atambaev biz bilan birga muxolifatda bo’lganida ham, safdoshlar xoinlik qilishi mumkinmi deb, huddi shunday savollar berishar edi. Nima biz boshchilik qilish uchun Afrikadan odam olib kelishimiz kerakmi? Biz yaxshi komanda yig’dik. Biz hukumatga ma’lum muddat beramiz. Agar hukumat noto’g’ri harakat qiladigan bo’lsa, mitinglar ham, qurultoylar ham bo’ladi. Biz avtoritarizmga qarshimiz. Hozir prezident barcha narsani o’z nazoratida ushlab turibdi, kadrlar masalasiga ham, iqtisodiy loyihalarga ham aralashmoqda”, – dedi Qubanchbek Qodirov.
Qubanchbek Qodirov qo’shimcha qilib, “Respublikada hech qadnay natija bermagan ikkita revolyutsiya bo’ldi. Aprel revolyutsiyasidan so’ng meni Ichki ishlar vazirining o’rinbosari etib tayinlashdi. Men korruptsiya bilan jiddiy kurasha boshladim. Biz davlat g’aznasiga 180 million som qaytarishga muvaffaq bo’ldik. Biroq meni ishdan olib tashlashdi, chunki korruptsionerlar bilan kelishib olishgan edi”, – dedi Atambaevning sobiq tarafdori.
Uning hisoblashicha, amerikaparastlik yo’nalishini mahkam ushlab olishlik noto’g’ri. “Biz ko’p yo’nalishli bo’lishimiz kerak. Bizni hech kim mablag’ bilan ta’minlayotgani yo’q. Biz hatto xalqqa yordam so’rab murojaat qilmoqchimiz”, – deb qo’shimcha qildi Qodirov.
O’sh shahrining sobiq meri Melis Mirzakmatov Bishkekka kelmadi, ammo mazkur yig’ilishga uning tarafdorlari bo’lgan “Uluttar birimdigi” partiyasidan vakillar kelishdi.
Hozircha muxolifat mitinglar o’tkazishga harakat qilayotgani yo’q. Bu haqida jurnalistlarga parlamentning sobiq deputati Talant Mamitov xabar berdi.
Uning so’zlariga ko’ra, hukumat yaxshi ishlamayapti, buni muxolifat a’zolariga, shu jumladan unga ham murojaat qilayotgan xalq ham ko’rib turibdi.
“Korruptsiyaga qarshi kurash yuqoridan boshlanishi kerak, bizda esa kurash faqat raqiblar bilan olib borilmoqda. Biz parlament boshqaruvidan chekinayotganimizni, hukumat avtoritar bo’lib borayotganini ko’rib turibmiz, shuning uchun ham biz birlashdik. Biz hukumatga barcha muammolarni etkazishni va hukumat o’ylab ish qilishini xohlaymiz”, – dedi Mamitov.
Sobiq deputatning aytishicha, muxolifat o’z fikrlarini hukumatga birinchi navbatda muzokara va konstruktiv suhbatlar orqali etkazishga harakat qiladi. Garchi ularda mitingga chiqish huquqi bo’lsada, hozircha ular bunday qilishni rejalayotganlari yo’q.
“Hozircha biz faqat birlashdik. O’z vaqti bilan talablarimizni ilgari sura boshlaymiz. Bu talablarni bajarish uchun hozircha aniq muddat qo’ymaymiz”, – deb qo’shimcha qildi Talant Mamitov.