AQSh hukumati Ukraina prezidenti Viktor Yanukovichdan xavfsizlik kuchlarini Kiev markazidan zudlik bilan olib chiqib ketishni va muxolifatga norozilik namoyishlarini o’tkazishlariga imkon berishni talab qildi. Bu xaqda AQSh davlat deportamenti bayonotida ma’lum qilindi.
“Qo’shma Shtatlar o’zining evropalik ittifoqchilari bilan Ukrainada sodir etilgan zo’rovonliklardagi gunoxkorlarni javobgarlikka tortishda va “bo’linmas”, mustaqil Ukrainani yorqin kelajak sari yuksaltirish yo’lida ukrain xalqiga yordam berishda o’z faoliyatini davom ettiradi”, – deyiladi bayonotda. Eslatib o’tish joizki, Kievdagi tartib soqchilari va muxolifat orasida qurolli to’qnashuv 18- fevraldan buyon davom etmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda 64 kishi xalok bo’lgan. Muxolifat esa, faqat 20-fevralda o’lganlar soni 100 ta ekanini ta’kdlamoqda.
Bugun Ukrainadagi vaziyatga o’z tashvishini bildirayotgan AQSh hukumati bu erdagi voqealarning qonli rivojlanishiga zimdan xissa qo’shmoqda. Ukraina xaritasiga nazar solgangiz u bugun qoq o’rtasidan ikkiga bo’lingan. Mamlakat g’arbi ya’ni Yevropa tomonini muxolifat kuchlari egallab olgan, ikkinchi yarmi- sharqiy qismi esa, Yanukovichga ya’ni Rossiyaga moyil. Yaqinda Yevro Ittifoqning yuksak lavozimli rasmiysi Ketron Eshton Rossiyaning Ukrainani ham “Bojxona Ittifoqi”ga qo’shib olishga intilayotganligiga ishora qilib, “Bojxona Ittifoqiga kirmoqchi davlatlar bunga kimlarningdir majburlashi bilan emas, balki o’z xoxish istaklari bilan kirishlari lozim”ligini ta’kidlagan edi.
Xullas, AQSh “Yevro Ittifoq”dagi xamkorlari bilan Putinning “Bojxona Itifoqi”ga qarshi kurashmoqda. Taxlillarga qaraganda, xozircha ish AQShning rejasi bo’yicha ketmoqda. Bu reja bo’yicha Yanukovich muddatidan oldin iste’fo beradi va Ukraini qoq o’rtasidan ikkiga bo’linib ketadi. Biroq, ertaga qanday bo’lishini Alloh bilguvchiroqdir.