AQSh hukumati o’zining uchuvchisiz apparatlari uchun yangi baza qidirmoqda

511
0

images (2)Amerika rasmiylariga ko’ra, Oq uy joriy yilning oxirigicha o’z askarlarini Afg’onistondan olib chikib ketishi extimoli bois, Obama ma’muriyati Pokistonning shimoliy g’arbiga uchuvchisiz apparatlardan zarba berish uchun Markaziy Osiyoda bazalar tashkil etish ustida ish olib bormoqda.

Agar alternativ rejalar amalga oshirilsa va agar josuslik maxkamalari o’zlarining uchuvchisiz apparatlari joylashgan afg’on bazalarini yo’qotsa, Markaziy razvedka Boshqarmasi (MRB) ning “Al-Qoida” kuchlari xaqida to’liq ma’lumotga ega bo’lishi va Pokistonning tog’li xududlariga aniq nishonni ko’zlab uchuvchisiz apparatlarni yuborishi imkoniyati yo’qoladi.

Shunday qilib, 2014-yildan keyin Amerika askarlarining Afg’onistonda yana bir muddat qolish masalasida Hamd Karzayning qattiq qarshi turishidan MRBning aniq nishonga olish rejasi chippakka chiqishi mumkin. Karzay Amerika askarlarini uzoq muddat Afg’onistonda qolib ketishiga yo’l beradigan xavfsizlik xaqidagi ikki tomonlama shartnomaga imzo chekishdan bosh trotib kelmoqda. Oq uyning ayrim maslaxatchilari ham armiyani mamlakatdan butunlay olib chiqib ketish maqsadga muvofiq, degan qarorga kelganlar.

Amaldagi va sobiq ofitserlarga ko’ra, MRB ayg’oqchilari nishonni aniqlashda yordam beradigan manba’ ya’ni nafsi uchun iymonini sotgan sotqin, xoin kishilar bilan aloqa o’rnatadilar va ularni GPS (sistema globalnogo pozitsionirovaniya) uskunalarini o’rnatishga yollaydilar. Ushbu uskuna o’rnatilgan avtomobil, inson va boshqa ob’ektlarni fazodan nazorat qilish va istalgan payt ularga qarshi uchuvchisiz apparat orqali raketa hujumini amalga oshirish imkoniyati tug’iladi.

Agar afg’on bazasi ko’chirilsa, u holda “Predator” va “Reaper” rusumidagi uchuvchisiz apparatlardan tashkil topgan MRB floti Afg’onistonning shimolidagi aerodromlarga joylashtirilishi ko’zlanmoqda, biroq, Afg’oniston shimolida joylashgan qaysi Markaziy Osiyo davlatiga joylashtirishi xaqida rasmiy ma’lumot xozircha yo’q. Bu xaqda ma’lumot so’ralgan rasmiylardan biri, “Shimolga baza ochish xaqida extiyot choralari bor”,-deyish bilan kifoyalangan, xalos.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.