Atambaev musulmonlardan qo’lingni tort!!!

440
0

01 (1)2014 yilning 3 fevral kuni Jalolobod viloyati IIB terrorizmga qarshi kurash bo’limining xodimlari Suzoq tumani Iris qishloq hukumatiga qarashli Domor qishlog’ining Stanqulov ko’chasi 13 uyda yashovchi, 1976 yilda tug’ilgan To’raqulov Furqatni o’z do’stining uyiga mehmonga borgan joyida qo’lga olishgan, qo’lga olish uchun kelgan militsiya xodimlari sakkiz nafar bo’lib, ulardan to’rttasi qora niqobda bo’lgan. Qo’lga olish mobaynida uni juda qattiq urishgan va shundan so’ng Jalolobod IIB vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga olib ketishgan va o’sha vaqtdan buyon uni hibsda ushlab turishibdi.

To’raqulov Furqat Hizb ut-Tahrir a’zosi bo’lib, ikki nafar balog’atga etmagan farzandi bor.

Qirg’iziston hukumati 2003 yilning avgust oyida hech qanday dalil va isbotlar yo’qligiga qarmay Hizb ut-Tahrir siyosiy partiyasini “ekstremistik tashkilotlar” ro’yxatiga kiritdi. Shundan buyon, Hizb ut- Tahrir jamoasi a’zolarini ta’qib va tazyiq ostiga olib kelmoqda. Ularning uylariga qurol-yarog’, o’q-dori, narkotik moddalar tashlab, soxta ayblovlar bilan jinoiy ish ochishmoqda. Qirg’iziston hukumati o’tgan o’n yildan oshiq vaqt mobaynida yuzlab Hizb yigitlarini uzoq yillarga qamoqqa tashladi.

O’zining avvalgi o’tmishdoshlari Akaev va Bakievlardan farqli ravishda Almazbek Atambaev faqatgina Hizb ut-Tahrir yoki boshqa biror jamoaga qarshi emas, balki Islom dini va uning qadriyatlariga qarshi kurash boshladi.

Shu yilnig 3 fevral kuni bo’lib o’tgan Mudofaa kengashining yig’ilishida prezident Atambaev “Chala mulla din buzar deganlaridek, ayrim musulmonsifatlar Islom dini bilan Arab, Bangladesh, Pokiston madaniyatini chalkashtirib, xalqimiz madaniyatini buzayapti. Qadimiy qirg’iz xalqiga yot madaniyat, urf-odatlarni taklif qilayapti. Ko’chalarimizda soqollarini osiltirib, shalvor kiyganlar ko’payib ketdi”, – degan va bu bilan Islom dini va uning qadriyatlariga qarshi kurashdagi o’zining yirik qadamini tashladi.

Prezidentning mazkur so’zidan so’ng O’sh, Qizilqiya shaharlarida hamda O’sh viloyati Qorasuv tumaniga qarashli “Qashqar qishloq”da bugungi kunda Qirg’iziston musulmonlari orasida urf bo’lib ketgan soqolga qarshi kurash boshlab yuborildi. Soqol qo’yib yurgan musulmonlarni ko’cha kuyda militsiya xodimlari ushlab, soqollarini olib tashlashga majbur qilishyapti. Militsiya xodimlar faqat shu bilan kifoyalanib qolmay musulmonlarni qo’rqitib, katta miqdorda pul ham undirib olishmoqda. Prezidentning Islom diniga, uning qadriyatlariga qarshi boshlagan kurashi militsiya xodimlari uchun nafaqat kurash, balki boylik ortirish manbaiga ham aylanib qolmoqda.

Ey, Qirg’iziston musulmonlari!

Agar sizlar hukumatning Islom dini va uning qadriyatlariga boshlagan kurashiga sukut qiladigan bo’lsangiz yoki hukumat faqatgina birorta jamoat bilan kurashyapti, oddiy namozxonlarga tegmaydi deb o’ylasangiz qattiq adashasizlar. Agar sizlar bir bo’lib hukumatning mazkur kurashiga qarshi turmasangizlar ertaga sizlarning ham boshingizga O’zbekiston musulmonlarining holi tushadi.

O’zbekistonda ham avval bir jamoaga qarshi, keyinchalik oq do’ppi va soqolga, so’ng maktab va kollejlardagi o’quvchi qizlar ro’mollariga, ayollarning hijobiga qarshi kurashdi va nihoyat navbat oddiy namozxonlarga etib keldi. O’zbekistonda hech qanday jamoatga a’zo bo’lmagan, aybi faqat musulmonligi va namoz o’qiganligi bo’lgan yuzlab, balki minglab odamlar qamoqlarda nohaq azob chekayotgani hech kimga sir emas va buni o’zingiz ham yaxshi bilasizlar.

Qirg’izistonda nufuz talashayotgan Amerika ham, Rossiya ham Atambaevdan Islom va musulmonlarga qarshi kurashni kuchaytirishni talab qilmoqda. Chunki bu mustamlakachi davlatlar musulmonlarga qarshi “hamma musulmon terrorist emas, lekin hamma terrorist musulmondir” fikrini butun dunyoga yoyishga va barchani mana shu fikrga ko’ndirishga majbur qilishadi.

Ey, Qirg’iziston musulmonlari!

Ustingizdagi hokimlar sizlarni o’z xohishi yoki mustamlakachi xojalari istagandek boshqarishiga yo’l qo’ymang! Aks holda bu malay hokimlar sizlarni nafaqat nomus, hayo va islomiy qadriyatlardan, balki Islom va iymondan ham ayrishga harakat qilishadi.

وَلَن تَرْضَى عَنكَ الْيَهُودُ وَلاَالنَّصَارَى حَتَّى تَتَّبِعَ مِلَّتَ

“Yahudiy va nasroniylar ularning diniga kirmaguningizcha hargiz sizdan rozi bo’lishmaydi” [Baqara 120]

Hizb ut-Tahrir Qirg’iziston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.