Kimyoviy qurollarni yo’q qilish uchun 12 million evro ajratildi

374
0

images (3)Yevropa ittifoqi komissiyasi Suriyadagi kimyoviy qurollarni yo’q qilish uchun kimyoviy qurollarni ta’qiqlash kengashi tarafidan 12 million evro ajratilganligini ma’lum qildi.

Yevropa tashqi ishlar vazirligining yuqori darajali namoyondasi Ketron Eshton prezident Asad kabi Suriyadagi kimyoviy qurollarni yo’q qilish uchun tashabbus ko’rsatgan taraflarga tashakkur bildirdi.

“Kimyoviy qurollarni ta’qiqlash kengashi o’z vazifasini bajarishi uchun o’z yordamini ayamagan taraflarga ko’rsatgan xizmatlari uchun tashakkur bildiraman. Bu Jenevadagi tinchlik muzokaralariga qo’shimcha tarzda tashlangan eng muhim qadamdir. Kimyoviy qurollarni ta’qiqlash kengashining tadqiqotlari zarur bo’lgan xavfsizlikni ta’minlash uchun o’z hissasini qo’shmoqda. Bizning Suriyadagi kimyoviy qurollarni yo’q qilishni qo’llab quvvatlab turishimiz Yevropa ittifoqining bu dahshatli qurolning yana bir bor ishga solinmasligiga va bu o’lkadagi inqirozga tinch va uzoq muddatli echim topish maqsadiga bog’liq ekanligini ko’rsatmoqda”, dedi u.

Eshton 12 million evrodan tashqari Yevropa ittifoqining Suriyadagi kimyoviy qurollarni yo’q qilish amaliyoti uchun yana taqriban 4.5 million evroga teng texnik va logistik (xalqaro yuk tashish ishlarini tashkillashtirish) yordam ko’rsatilganligini urg’uladi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.