Ayni damda Nijnekamsk va Chistopol shaharlaridagi qamoqxonalarda asossiz ravishda, 2013 yil dekabr oyidagi xolatlardan so’ng zulmga uchragan va qamalgan bir necha o’nlab musulmonlar yotibdi. Ularni turli qiynoqlar bilan qiynashmoqda, urishmoqda, xorlashmoqda. Ushbu musulmonlarning ba’zilarini umurtqalari, ba’zilarini qovurg’alari, ba’zilarini esa ikkala oyoqlari sindirilgan. Bir birodarimizning jinsiy a’zosi kuchli kuydirilgan.
Chechenistonda o’n minglab musulmonlar qonini ichib to’ymagan qonxo’r Putin endilikda o’z razil rejalarini Tataristonda amalga oshirishga harakat qilmoqda.
2014 – yil yanvar oyining ikkinchi yarmida Tataristonning deyarli xamma shaharlarida, Qozon, Nijnekamsk, Yelabuga, N.Chelna, Almetevsk, Nurlat, Chistopol, Aznakaevolarda musulmonlarning uylarida hech qanday asossiz taftishlar, tekshiruvlar o’tkazildi. Bundan tashqari boshqa shaharlarda ham iymoni borlarga qarshi turli sud jarayonlari va jinoyat ishlari olib borilmoqda. Musulmonlarga qarshi kurashni ommaviy ravishda boshlash uchun Rossiya hukumati 2013 yil 30 dekabr kuni Volgogradda qo’poruvchilik harkatlarini uyushtirdi va bu qo’poruvchilik harakatlarida Rossiyada faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir jamoasini aybdor qilishga harakat qildi.
2014 yil 20 yanvarda Tatariston ichki ishlar vaziri A. Xoxorin mamlakatda bo’lib o’tgan portlashlar va topilgan bombalar haqida gapira turib, “ …Biz hammamiz FQB (FSB) bilan birgalikda, bor kuchimizni bir erga jamlab, ushbu jinoyatlarni uyushtirganlarni, xususan “Hizb ut-Tahrir” jamoasi a’zolarini ushlab, ularni sud oldida javobgarlikka tortishimiz kerak. Bironta jinoyatchi javobgarlikdan qochib qutula olmasligi shart,” – dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam “Mo’minlar bir-birlariga mehr-muhabbat va g’amxo’rlikda bamisoli bitta tana kabidirlar. Agar tanadagi bir a’zo og’rib qolsa, qolgan a’zolar bedorlik va istima bilan unga jo’r bo’lishadi”, deganlar. (Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
Ey Markaziy Osiyodagi musulmonlar!
Alloh yo’lida Tatariston musulmonlar himoyasi uchun turinglar!
VKontakte, Odnoklassniki, Facebook va Twitter ijtimoiy tarmog’laridagi o’z sahifalaringiz orqali quyidagi chaqiriqlarni qo’llab-quvvatlanglar: “Qiynoqlar to’xtatilsin!”, “Soxta jinoiy ishlar to’xtatilsin!”, “Qiynoqlarga aloqadorlar jazolansin!”, “Musulmonlarning qatag’on qilishga yo’l yo’q!”
Bizlar o’z harakatlarimiz, qilayotgan duolarimiz bilan Tataristonda zulm chekayotgan musulmonlarga yordam berishga oshiqaylik!
Alloh Taolo aytadi; “Agar ular din yo’lida sizlardan yordam so’rasalar, yordam qilish zimmangizdadir” [Anfol: 72]