Ochlikdan o’lganlarning soni 100 taga etdi

439
0

загруженное-2

Asad kuchlari tarafidan qamal qilinib oziq ovqat va dori darmon etkazib berilishiga to’sqinlik qilinayotgan Damashq atrofidagi Yarmuk qochoqlar lagerida ochlikdan o’lganlarning soni 100 taga etdi.

Bir kun avval Yarmuk qochoqlar lagerida ochlikdan o’lganlarning soni 96taga etganligi bildirilgan edi. Suriya poytaxti Damashqdan kelgan xabarga ko’ra, ularning soni oxirgi 4 kishi bilan 100taga etgan.

O’zlarini millat vakillari deb atagan Suriya milliy koalitsiyasi vakillari Suriya masalasini hal qilish uchun Asad rejimi vakillari bilan Jeneva-2 konferentsiyasida Lahdar Ibrohimiy o’rtamchiligida muzokara olib bordi.

Biroq, ko’kragiga urib, shaxdam qadamlar bilan Jeneva-2 konferentsiyasi tashrif buyurgan milliy koalitsiya vakillari Suriya inqiroziga barham berishi u yoqda tursin, qamalda qolganligi sababli ochlikdan o’layotgan xalqqa bir burda non etkazib berishni ham uddasidan chiqa olmadi.

O’tkazilishi haqida bir necha oy avval jar solinib kelingan Jeneva-2 konferentsiyasi Suriya xalqi uchun zarracha ham naf keltirmadi. Buni o’sha “daholar”ning o’zlari ham tan olishdi. Arab davlatlari ligasining bosh kotibi doktor Nabil Arabiy Jeneva-2 konferentsiyasi natijasi haqida gapirar ekan, “konferentsiya biror bir maqsadni ro’yobga chiqarmadi. Suriya xalqi konferentsiyadan so’ng hech qanday o’zgarishni his qilmadi”, dedi.

Nabil Arabiy jurnalistlardan birining “Arab davlatlari ligasi arab muammolaridan birortasini ham hal qilishga qodir emas”, degan gapini rad qilib, “Aynan BMTning o’zi barcha imkoniyatlarga ega bo’lishiga qaramay, hech qanday masalani hal qila olmadi”, deya qo’shimcha qildi.

Bundan avval BMT bosh kotibi Pan Gi Mun va BMT va Arab davlatlari ligasinig Suriya ishlari bo’yicha maxsus vakili Lahdar Brahimi ham Jeneva-2 konferentsiyasidan biror natija chiqmaganligini tan olgan edi.

O’z-o’zidan ko’rinib turiptiki, bunday konferentsiyalardan yana yuzlab o’tkazilsa ham musulmonlar uchun hech qanday samara keltirmaydi. Chunki bu konferentsiyalar musulmonlarni inqirozdan qutqarish uchun emas, balki tiklanishi kutilayotgan Xalifatik davlatini oldini olish uchun o’tkazilmoqda. Aslini olganda, Suriya inqiroziga barham bera oladigan yagona echim Xalifalik davlatini tiklanishidir. Buning uchun barcha musulmonlar bir yoqadan bosh chiqarishlari va bor kuchi bilan Islom davlatini tiklash uchun harakat qilishlari lozim. Chunki Xalifalik davlatini tiklash faqat Hizbut Tahrir a’zolarigagina emas, barcha musulmonlarga birdek farzdir.

Suriyadagi bir burda nonga zor bo’lib, dunyoning ko’z o’ngida ochlikdan jon berayotgan mazlumlar uchun, Arakanda butparastlar tarafidan o’roqlar bilan so’yilayotgan musulmonlar uchun, Markaziy Afrikada kuppa-kunduzida odamlarning ko’z o’ngida tiriklayin yoqib yuborilayotgan musulmonlar uchun, Sharqiy Turkistonda xitoylik kommunistlar tarafidan ommaviy qirg’in qilinayotgan oilalar uchun, dunyoning har erida zolimlar qamoqxonalarida azoblanayotgan mahbuslar uchun – xullas bularning barcha-barchasi uchun butun musulmonlar javobgardir. Agar musulmonlarning boshlarida bitta Xalifalari bo’lganda bularning hech biri yuz bermagan bo’lardi. Shuni unutmangki, Faqat Xalifalik davlatigina musulmonlarni bu holatdan qutqarishga qodirdir. Xalifalik bo’lmas ekan, kofirlar va ularning malaylari zulmidan musulmonlar xalos bo’lolmaydilar. Shuning uchun Xalifalikni tiklash faoliyatidan o’zlarini olib qochish hech bir musulmonlarga aslo joiz emas.

Qiyomuddin.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.