“KirTAG” xabar qilishicha, Afg’onistondagi etnik o’zbeklar etakchisi, “Afg’oniston milliy-islomiy harakati” raisi general Abdul Rashid Do’stum norasmiy safar bilan Toshkent, Ostona va Olmaotaga tashrif buyurgan.
Mazkur safarlardan, joriy yilning 4 aprelida Afg’oniston prezidentligiga bo’lib o’tadigan saylovlarda prezidentlikka nomzod Ashraf G’ani Ahmadzay uchun madad olish yoki postsovet davlatlaridan harbiy-texnikaviy yordam ko’rsatish to’g’risida kelishuvga erishish maqsad qilingan bo’lishi mumkinligi aytilmoqda.
General Do’stum Bishkek va Ashxobodga ham borish kerak edi, biroq negadir rejalar o’zgarib Abdul Rashid Do’stum shoshilinch ravishda Markaziy Osiyodan Xindistonga jo’nab ketgan.
Turkiston:
AQShning bu bosqinchi, qoroqchi bir be’tain generalni, yuqoridagi davlatlarga rasmiy figura sifatida tan oldirmoqchi bo’layotgani, Afg’onistonni bir necha bo’laklarga bo’lish re’jasi mavjudligi xaqidagi gumonlarni quvvatlaydi. Dostum o’z yurishini Markaziy Osiyo davlatlaridan boshlashi, 2014 yildan keyingi kutilayotgan mintaqadagi o’zgarishlarda, uning armiyasi aynan O’zbek va Qozoq chegara tomonlarini to’sib turishi kutiladi. Tabiiyki bu davlatlar unga xar tomonlama o’z minnatdorchiliklarini bildirish bilan moddiy va xarbiy texnik yordam ko’rsatishadi.
Xindistonni esa, Afg’oniston bo’ylab Turkman neftini olib o’tib ketish quvirlari, ya’ni ( TAPI ) loixasi qiziqtiradi. politika afganistan kazaxstan uzbekistan