Ukraina muxolafati hukumat taklifin rad etdi

466
0

загруженное (1)

Ukraina muxolafati mamlakatdagi keskin vaziyatni yumshatish maqsadida prezident Viktor Yanukovich tomonidan qo’yilgan taklifni qabul qilmadi. Bu 25-yanvar, seshanba kuni Kiev Maydonida nutq so’zlagan Vitaliy Klichko, Oleg Tyagnibok va Arseniya Yatsenyuklarning so’zlaridan ma’lum bo’ldi.

“Udar” (Zarba) partiyasining lideri Klichkoga ko’ra, muxolafat o’z pozitsiyasidan qaytmaydi. “Diktatura xaqidagi qonun” bekor qilinishi va prezidentlik saylovi joriy 2014-yili o’tkazilishi lozim. “Biz xech qanday tashviqotlarga aldanmaymiz”,- dedi u.

Tyagnibutning ta’kidlashicha, hokimiyatning so’zlagan so’zi bilan qilayotgan ishi boshqa boshqadir.”Xar safar Yanukovich tinchlikni taklif qilgan maxalda noxushliklar sodir bo’ladi. Biz aniq xarakat qilishimiz kerak. Barcha Maydonga! Barcha muammolar hal bo’lguniga qadar kurash davom etaveradi”,- dedi “Svoboda” (Ozodlik) partiyasi etakchisi Tyagnibok.

O’z o’rnida prezident tomonidan bosh vazirlik mansabi taklif etilgan, “Batkivshini” partiyasi lideri Yatsenyuk muxolafatning mamlakat taqdiri xaqidagi javobgarlikdan qo’rqmasligini va bu mas’uliyatni o’z zimmasiga olishini aytdi; ”Biz mamlakatni Yevrosoyuzga qo’shishga tayyormiz”, -degan muxolafatchi bosh vazirlik xaqida berilgan to’g’ridan to’g’ri savolni ochiq qoldirdi.

Muxolafatning bu uch vakili hukumat bilan sezilarli natijalarga erishgunlariga qadar muzokaralar olib borishga qodirlar.

Eslatib o’tish lozimki, kecha shanba ertalab Yanukovich muxolafat vakillari bian bo’lgan uchrashuvda, agar, Yatsenyuk bosh vazir va Klichko gumanitar ishlar bo’yicha boshvazir o’rinbosari bo’lib qolsa, hukumatni tarqatib yuborishini taklif qilgan.

Nihoyat, hukumat 16-yanvar kuni Rada tomonidan qabul qilingan “diktatura xaqidagi qonun”ga o’zgartish kiritishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Aynan manashu hujjatning qabul etilishi 19-yanvardan buyon Kiev markazidagi to’qnashuvlarga turtki bo’lgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.