Ozodlik radiosi tojik xizmatining xabar qilishicha, Tojikiston janubi (Dushanbe shahridan 70 km janubiy-sharq)da joylashgan Yovon tumanida militsiya bir guruh tadbirkorlar tomonidan uyushtirilgan norozilik namoyishini tarqatib yubordi.
“25- yanvar kuni ertalab Yovon bozorida savdo qiluvchi o’nlab savdogarlar tuman ma’muriyati binosi oldida norozilik namoyishi o’tkazishdi, biroq norozilik ishtirokchilari militsiya tomonidan tarqatib yuborildi”,- deb xabar qildi radiostantsiya.
Tadbirkorlarning so’zlariga ko’ra, norozilik namoyishini o’tkazishlikka soliq organlari tomonidan o’tkazilgan reyd sabab bo’lgan. Bu reyd natijasida o’nlab tadbirkorlar jarimaga tortilgan. Xabar qilinishicha, 1000 somoniydan 24 ming somoniy (200 dollardan 4 800 dollar)gacha jarima solingan.
Norozilik namoyishi ishtirokchilari bu tadbirni o’tkazishlikka ruxsat olishmagani ma’lum bo’lgach, namoyish tarqatib yuborilgan. Xabarga ko’ra, tadbirkorlarni bir qismi bozorga qaytib o’zlarini kundalik ishlarini davom etdirishgan, boshqa qismi esa o’z do’konlarni yopib qo’ygan, soliqchilar reydi kechgacha davom etgan.