Hizbut Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan Qiziga taklif qilingan ishni otasi rad etishi haqidagi Z.Gning savoliga javob
Savol:
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh
Sizdan bir ish haqida so’ramoqchiman. Menga bir ish taklif qilindi. Lekin otam bu jamiyat fasod, shuning uchun o’zining vojib vazifasi qizini muhofaza qilish, uni jamiyatning ba’zi a’zolari qilayotgan iflos ishlardan zo’r berib asrashdir, degan nuqtai nazaridan kelib chiqib ishlashimni rad etmoqda. Ish haqida aytadigan bo’lsam, u to’qqiz yoshdagi bolalarga gidlik (muayyan shahar yoki joyni aylantirib tanishtirish) qilish va yordam ko’rsatishdir. Gidlik Quddus, uning devorlari, masjidlari va unga taalluqli barcha narsalar haqida bo’ladi. Men bir hamkasaba qiz bilan birga ishlayman. Lekin otam ish o’sha qiz bilan bir o’zimgina ishlashimdan iborat bo’lmaydi, balki biz uchun hech keragi bo’lmagan ikkilamchi ishlarga ham sekin-asta o’tadi, degan fikrda. Mening bilishimcha, men o’zimga taklif qilingan ishda faqat o’sha qiz bilan birga ishlayman. Men bu ishni tajriba qilib ko’rishni ich-ichimdan qanchalik qattiq istasam otam bu ishni shunchalik qattiq turib rad etyapti. U menga: bu qabildagi har qanday ish Xalifalik davlati tiklanishidan va o’z fuqarolarini himoya qiladigan bir g’amxo’r rahbar vujudga kelishidan oldin maqbul emas, dedi. Bu to’g’rida sizning ra’yingiz qanday?
Javob:
Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh
Avlosi otangizga itoat etishingizdir. Chunki u sizga soflik va pokizalikni istaydi…
Sizning Quddus haqida bolalarga gidlik qilishingiz – agar u faqat shu ishdangina iborat bo’lsa – albatta muboh. Lekin siz ishlaydigan muassasadagi ish faqat bolalar bilangina ishlashdan iborat bo’lmasligi mumkin. Balki keyinchalik erkaklar bilan aralashib ishlaydigan ishlarni yoki shunga o’xshashlarni talab qilishi ehtimoli ham bor. Otangiz shundan qo’rqayotgan bo’lsa kerak. Qanday bo’lmasin, siz hech shubhasiz sahobalar – ulardan Alloh rozi bo’lsin – erkaklar ham, ayollar ham, harom g’uboriga yaqin bo’lgan ba’zi muboh turlaridan o’zlarini yiroq tutganlarini, haromga tushib qolmasliklari uchun shunday qilganliklarini bilasiz.
Xulosa: otangizni tushuning. Agar u bu ishga haromdan hech bir g’ubor aralashmasligiga aniq ishonch hosil qilsa va siz ishlamoqchi bo’layotgan ana shu muassasaning ayollar bilan erkaklarning aralash bo’lib ishlamasligiga, balki ish faqat bolalargagina gidlik qilishdan iborat bo’lishiga qattiq rioya qilishiga qalbi xotirjam bo’lsa, agar shunga ishonch hosil qilib qalbi xotirjam bo’lsa unda yaxshi. Ammo agar rozi bo’lmasa unda – hatto agar o’sha ish sof muboh bo’lgan taqdirda ham – otangizga itoat qilasiz. Otangiz o’sha ishga chiqishingizni istamasa unga itoat qiling, siz uchun ajr va savob bo’ladi. Zero Alloh Subhanahu O’ziga ibodat qilishni ota-onaga yaxshilik qilishga bog’liq qilib qo’ydi. Ota-onaga yaxshilik qilishdan biri esa yaxshilik ishlarida ularga itoat qilishdir. Alloh Subhanahu dedi:
«Parvardigoringiz, yolg’iz Uning O’ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) birovi yoki har ikkisi sening qo’l ostingda keksalik yoshiga etsalar, ularga qarab «uf» tortma va ularning (so’zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so’z ayt!» [Isro 23]
Ahmad o’zining Musnadida Abdulloh ibn Amrdan shunday deganini rivoyat qildi: otam mening ustimdan Rosululloh Aga shikoyat qildi. Rosululloh A:
«أَطِعْ أَبَاكَ مَا دَامَ حَيًّا، وَلاَ تَعْصِهِ»
«Otangga – modomiki u tirik ekan – itoat qil, unga osiylik qilma» dedilar.
Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta
20 safar 1435h
23 dekabr 2013m