Nihoyat jilov prezidentning qo’lida

545
0

02E2D543-0910-424F-8DA8-F37DB7381C87_w308_r1_cy7

Bugun Qirg’iziston respublikasining ikkinchi poytaxti atalmish O’sh shahrida shahar merligiga saylov bo’lib o’tdi. Ommaviy axborot vositalari majlis jarayonlaridan uzluksiz xabardor qilib turdi. Meriyaning tashqarisida esa, shahar hokimligiga nomzodlardan biri Melis Mirzaqmatovning 10 mingdan ortiq tarafdorlari tomonidan miting uyushtirildi. Namoyishchilar orasida 60dan ortiq otliqlar ham bor edi. Bu tinchlik mitingida Qirg’izistonning turli viloyatlaridan kelgan xalq vakillari so’zga chiqdilar. Hammaning diqqat-e’tibori meriya tomonga qaratilgan edi. Va nihoyat majlis poyoniga etib, nomzodlardan biri ko’proq ovozga erishib, shahar merligiga saylandi. Aniqrog’i, “Uluttar birimdigi” rahbari Melis Mirzaqmatov 19 ovoz va uning raqibi Aytmamat Qadirbekov esa 25 ovoz egasi bo’lishdi. Bu natijadan xabar topgan xalq birdan to’polon ko’tarib, noroziliklarini izhor etishdi. Mikrofon talash-tortish bo’lib ketdi, bir ayol yig’lab-yig’lab o’z fikrini bunday bayon etdi: -“ Bu nima hol ey qirg’iz xalqi men avvalari sal ishonardim, endi iymonim komil holatda aytamanki, Qirg’izistonda haqiqat yo’q, hamma rahbarlar yolg’onchi, hech kim xalq g’amini emaydi, juda afsusdaman”. Biroq saylovda yutqazib qo’ygan Mirzaqmatov odamlarni tinchlikka, sabrga chaqirib maydonni tark etdi.

Mana shu bugungi saylov ham kufr makrining bir ko’rinishidir. Ya’ni “ yomonning yaxshiligida ham xatar bor “ deganlar. Bu ishlar Atambaevning ko’rsatmasi va Rossiya maslahati bilan amalga oshdi. Atambaev 2010 yildan buyon amalga oshmagan niyatiga oxiri etishdi. Bugungi merning qo’li bog’langan bo’lib, uni Qirg’iziston prezidenti o’ziga tomon tortadi. Atambaevning jilovi esa xozircha Rossiyaning qo’lida. O’rtada qolgan bechora xalq esa cho’ntaklari qarzga to’lgan holda, mana bu tomoshaning ham tomoshabini va ham qurboniga aylanadi. Bu xalqning hatto go’daklari ham bo’ynida qarz bilan dunyoga kelyapti.

Namoyishga chiqqanlarni esa ko’rgan odamni rahmi keladi. Bechora xalq yana aldanmoqda. Nabiy (sollallahu alayhi va sallam) bunday deganlar “..Do’zax ahli besh toifadir… kechayu kunduz sening oilang va moling to’g’risida aldaydigan kishi…” (Muslimdan).

Unisi ketadi, bunisi keladi, ahvol esa tobora yomonlashsa yomonlashadiki, aslo yaxshi bo’lmaydi. Zeroki bu fosiq rahbarlar Qiyomat holati haqida hech o’ylanmaydilar. Payg’ambar (sollallahu alayhi va sallam): “Fosiq gunohlarini burnining yonidan o’tgan pashshadek ko’radi…” –deganlar.

Allohdan o’zga adolatli hukm chiqarguvchi yo’q! Birodarlar, biz to’g’ri yo’lni ko’rdik. Mana bu oddiy xalq qorong’ulikda tentirab, sarson bo’lib yorug’lik izlamoqda. Siz bo’lsangiz qo’lingizda sham bo’la turib uning shu’lasini qizg’anasiz. Agar biz qirg’iz xalqi shijoatini to’g’ri yo’lga yo’naltirsak, inshaAlloh ulardan peshqadamlar, solihlar, siddiqlar chiqishi aniq. Vaqtni qo’ldan boy bermaylik, siz Qiyomat kunida bilgan narsalaringiz hususida albatta so’ralasiz, chunki haqiqatni bilib yashirishlik yahudiy va nasroniylarga xos xislatlardir. Payg’ambar (sollallahu alayhi va sallam) dedilar: “O’zingizga ravo ko’rgan narsani boshqa musulmonga ravo ko’rmaguncha mo’min bo’lmaysizlar”.

Aziz birodar qaerda bo’lmang odamlarga yorug’lik tarating, zulmatdan nurga chiqishlariga yordam bering, zero xozirgi soniyalar hayotingizni so’nggi lahzalari bo’lishi mumkin…

Siddiqa

2014 yil 15 – yanvar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.