Matbuot bayonoti
O’z qizlariga qarshi tajovuz va repressiya qilgan rejim tomonidan ishlab chiqilgan Misrdagi yangi dastur loyihasida keltirilgan ayol huquqi hech qanday qiymatga ega emas
2013 yil 28 dekabrda «Assoshieyted Press» agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, harbiy rejimning repressiv boshqaruviga qarshi noroziligini bildirish uchun chiqqan Azhar universiteti talaba qizlari Misr xavfsizlik kuchlari hujumiga uchradi. Bu mo”tabar ta’lim markaziga namoyishchilarni tarqatish uchun shanba kuni politsiya kuchlari to’satdan bostirib kirdi va olomonni tarqatish uchun ko’zdan yosh oqizuvchi gaz qo’lladi. Islomiy ta’lim markazi jang maydoniga aylandi. Xabarlarda kelishicha, fuqarolik kiyimidagi, qo’llarida tayoqlar bo’lgan kishilar bir ayolni hijobidan tortib uzoq joygacha tepkilab borgan. Shuningdek, talabalar xavfsizlik kuchlari tomonidan shafqatsiz zarbaga va qo’rqitishlarga uchragani ko’rsatilgan suratlar va videolavhalar ham namoyish qilindi. Talabalardan biri politsiya kuchlari tomonidan o’rab olinib sudralgan. Azhardagi oldingi namoyishning videosida ko’rsatilishicha, uch tomoniga mix qoqilgan tayoq bilan namoyishchilarga hujum qilingan. Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, ushbu namoyishchilarni bostirish amaliyotida 15 qiz qamoqqa olingan. Bu voqealar kelgusi yanvar oyida Misrning yangi dastur loyihasi borasida referendum o’tkazishga tayyorgarlik ko’rilayotgan paytda yuz berdi. Bu dastur loyihasida ayolning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy huquqlari kafolatlanishiga ishora qilingan. Bularning orasiga – masxaraomuzlik bilan – ayolni zo’ravonlikning har qanday turidan himoya qilish ham kiritilgan. Ko’rinib turibdiki, demak bu davlat tomonidan amalga oshirilayotgan zo’ravonlikni o’z ichiga olmaydi! Bu voqealardan keyin Misrdagi ayolning ilmoniy dastur himoyasida xavfsiz kelajagini kanday umid qilish mumkin? Bu rejim diktatorlik bilan o’z hukmini o’tkazyapti, o’z qizlarining izzat-hurmatini bilmaslikka olyapti, ularni xavfsizlik kuchlari orqali qo’rqityapti, ularga tajovuz qilyapti hamda zulmga qarshi gapirganlari uchungina shafqatsizlarcha qamoqqa olyapti.
Ey, Misrdagi qo’rqmas, jasur opa-singillarimiz! Sizlarning shafqatsiz diktaturaga qarshi bu jasoratli pozitsiyangiz haqiqatdan ham buyuk pozitsiyadir. Biz, Hizb ut-Tahrirdagi opa-singillaringiz bu pozitsiyangizni yuksak baholaymiz. Shuning uchun sizlarni bu diktator rejim iste’fosini talab qilishingiz bilan bir qatorda islomiy Xalifalik davlatini barpo qilish uchun kurashishga chaqiramiz. Chunki yolg’iz Xalifalik davlatigina or-nomusingizni himoya qiladi va hokimlaringizni muhosaba qilishigizga imkon beradi. Shuningdek Islom hukmlari orqali barcha siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarga echimni taqdim etadi. Shuning uchun g’ayriislomiy va noqonuniy demokratik rejimning yurtingizni bulg’ashiga yo’l berib butun qurbonliklaringizni zoe ketkazmang. Bu nizom Alloh Subhanahu va Taoloning qonunlari bilan hukm yuritmay, yaroqsiz vaz’iy qonunlar bilan hukm yuritadi. Bu qonunlar faqat ofat va xorlikni olib keladi. Sizlar bu o’zgaruvchan va obro’siz nizomda qanday hiyla-nayranglar qilinishi mumkinligiga o’zingiz guvoh bo’ldingiz. Shuning uchun uni egalari ham, tarafdorlari ham inkor qilib va ag’darib tashlayveradi. Bu nizom inson karomatini va asosiy ehtiyojlarni ta’minlashda muvaffaqiyatsizlikka uchradi, uning o’tida yongan millionlagan odamlarga adolat qila olmadi. Shuning uchun biz bunday demokratik o’yinlar girdobiga yana qayta sho’ng’ishni keskin rad etamiz. Chunki bu o’yinlar yana qayta qon to’kilishiga, beqarorliklarga, qashshoqlikka olib boradi va xavfu xatarni keltirib chiqaradi, va nihoyat hokimiyatni yana qayta diktator rejim egallaydi.
Ey Misr armiyasining muxlis o’g’lonlari! Qanday qilib opa-singillaringizga tajovuz qilinishiga jim qarab turishibsiz, ularni qutqarishga harakat qilmayapsiz? Alloh Subhanahu va Taolo ularni va ularning or-nomusini himoya qilishni sizlarning zimmangizga omonat qilmadimi? Qiyomat kunida Alloh Subhanahu va Taolo sizlarni buning ustida hisob-kitob qilmaydimi? Bundan tashqari, Falastindagi aka-ukalaringiz va opa-singillaringizni himoya qilish uchun shafqatsiz yahud davlatiga qarshi birorta o’q otishga jur’at qila olmayotgan va ularga qarshi sionistlar bilan til biriktirayotgan bir paytda afifa, sharifa muslimalarni repressiya qilayotgan va ularni xorlayotgan berahm, qo’rqoq qo’mondonlikka nima uchun itoat etmoqdasiz? Ummatni himoya qilish va ularni ozod qilish, o’z kuch-qudratingizni va obro’-e’tiboringizni qayta tiklash sizlarning asosiy vazifangizdir. Shundagina sizlar bu dunyoda oliy martabani va qiyomatda ulug’ ajrni qo’lga kiritasizlar. Bu esa Xalifalik davlatini barpo qilish uchun Hizb ut-Tahrirga nusrat berish orqali amalga oshadi. Xalifalik sizlarni Allohning yo’lida jihod qilishga etaklaydi. Shundagina sizlar hozirgi qo’rqoq etakchilaringiz va ularning G’arbdagi xo’jayinlari manfaati yo’lida jang qilmaysizlar. Sizlarni xorlaganlarga yordam berish emas, balki Islomga va musulmonlarga yordam berish asosiy vazifangiz bo’lsin. Shundagina sizlar Ummatning xizmatidagi haqiqiy mardlar bo’lasizlar.
Doktor Nasrin Navoz
Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi a’zosi
Uyali telefon: 0096171724043
Faks: 009611307594
Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info