Matbuot bayonoti
Hizb ut-Tahrirga qarshi to’qib chiqarilgan uydirmani fosh etish!
Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati «Riqqa chegara bilmas jurnalistlari» bugun o’z saytlarida chop etgan (boshqa saytlarda ham bo’lishi mumkin bo’lgan) xabarni yolg’on va turgan bitgani uydirma ekanini ma’lum qiladi
Ushbu sayt boshqaruvchilari biror xabarni tarqatayotganlarida haqiqatdan batamom yiroq bo’lgan yolg’on-yashiq gaplarni nashr qilish o’rniga, shar’iy ahkomlarga rioya qilsalar yaxshi bo’lardi, ana shunda ularning obro’lari va shaffofliklariga putur etmasdi. Bu agar biz ular haqida yaxshi gumon qilsak va ular bu xabarni Hizb ut-Tahrirga qarshi uning nomini qora qilib, fitna uyushtirish maqsadida qasddan tarqatishgan, degan gumonga bormasak shunday.
Hizb ut-Tahrir bugun 2014 yil 4 yanvar shanba kuni Riqqa markazidagi Favoz masjididan boshlab namoyish qildi. Namoyishdan maqsadi, Jeneva fitnalari va koalitsiya, muxolifat, manfaatdor kimsalar doxil unda ishtirok etuvchi jinoyatkor to’dani fosh etish, bundan boshqa maqsadi yo’q.
Albatta, Hizb ut-Tahrir Alloh va Rosuliga do’st bo’lganlarga do’st, Alloh va Rosuliga dushman bo’lganlarga dushman. Hech kimga xushomad qilib chiroyli ko’rinishga urinmaydi va Alloh yo’lida malomatchining malomatidan qo’rqmaydi. Biz musulmonlar qoni to’kilishini to’xtatishga, qurollarni rejim va uning ortidagilarga qaratishga bir necha bor da’vat qilganmiz. Chunki musulmonlarning bir-birlariga qurol o’qtalishlari faqat shu rejim, Amerika va G’arb rejalariga xizmat qiladi.
Muhandis Hishom Bobo
Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot bo’limining raisi
Suriyadagi telefon raqami: +963956811947
Skayp telefoni raqami: +35635500554 Skype:
TahrirSyria Elektron pochta: media@tahrir-syria.info Suriya viloyati rasmiy sayti: www.tahrir-syria.info
facebook: www.facebook.com/HishamAlBabaHT