11 yanvar kuni Botken viloyati Botken tumani Oqsoy qishlog’ida joylashgan suv taqsimlash inshoati hududida Qirg’iziston davlat chegara xizmati harbiylari va Tojikiston chegara qo’shini harbiy xizmatchilari o’rtasida qurolli to’qnashuv yuz berdi.
Qirg’iziston respublikasi Davlat chegara xizmati jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo’limining xabar qilishicha, daxanaki jang davomida tojik chegarachilari birinchi bo’lib qirg’iz chegarachilariga nisbatan qurol qo’llashgan. Otishma natijasida har ikki tomondan ham yarador bo’lganlar bor. Qirg’iz tomonidan besh nafar harbiy xizmatchi yarador bo’lgan.
Sodir bo’lgan xodisani sabab va vaziyatlarni o’rganish maqsadida Botken viloyatiga Qirg’iziston davlat chegara xizmati bosh shtabi boshlig’i polkovnik Iskandar Mambetaliev jo’natildi.
Sodir bo’lgan xodisa sababli qirg’iz-tojik davlat chegaralarining o’tish punktlaridan fuqarolar va transport vositalarini o’tkazilishi vaqtinchalik to’xtatildi.