Kerri Shomdagi muborak qo’zg’olondan keladigan xavfni his qilgani sababli Amerika manfaatlarini ta’minlash va yahud davlati chegaralarini mustahkamlash uchun mintaqa bo’ylab safar qilmoqda

552
0

загруженное (13)

Matbuot bayonoti

Kerri Shomdagi muborak qo’zg’olondan keladigan xavfni his qilgani sababli Amerika manfaatlarini ta’minlash va yahud davlati chegaralarini mustahkamlash uchun mintaqa bo’ylab safar qilmoqda

Amerika tashqi ishlar vaziri Jon Kerri yahud davlati, Abbos rejimi, Iordaniya va Saudiyaga safari chog’ida yahud davlati bosh vaziri Netanyaxu bilan uchrashishi oldidan AQSh «Isroil»ni – u o’zini-o’zi himoya qilishi va mustahkam bo’lib qolishi uchun – qo’llab-quvvatlashda davom etajagini ta’kidladi. Uning bu safari «Isroil»ning qonunchilik ishlari bo’yicha vazirlik qo’mitasi Iordaniyaning quyi qismini qo’shib olish haqidagi qonunga rozi bo’lgan bir paytda bo’lib o’tdi.

Biz Kerrining bu iflos safari, Qo’shma Shtatlarning Islom Ummatiga adovat qilib, Islom va musulmonlarga o’zining cheksiz nafratini namoyon qilib, Shom zaminidagi mo’minlar qo’zg’olonidan qo’rqib bergan bu bayonoti qarshisida tog’ut Amerikaning tashqi ishlar vaziri Kerriga quyidagilarni ta’kidlaymiz: Senga malaylaring har qancha bo’ysunishmasin, harchand itoat qilishmasin, mintaqada davlating nufuzini kengaytirish uchun hamda kufr bazasi, nayzalaring uchi va mintqadagi amaliyotlaring markazi, asosi bo’lgan yahud davlati va uning chegaralarini mustahkamlash uchun qilayotgan bu harakatlaring – insha Alloh – hargiz amalga oshmaydi. Chunki Allohning mo’minlarga Xalifalik berish to’g’risidagi va’dasi albatta amalga oshadi, Shom va mintaqadagi senlarning nufuzing yaqinda barbod bo’ladi, davlating boshiga qora bulutlar qoplaydi, yahud davlati – uning qal’alarini har qancha mustahkamlama – albatta ildizi bilan sug’urib tashlanadi, Ummatdan senlarga xavotirlanib turgan narsalaring etadi. Alloh Taolo aytadi:

«Biz er yuzida xorlangan kishilarga iltifot ko’rsatishni, ularni peshvo zotlarga aylantirishni va ularni vorislar qilishni istaymiz. Yana ularni o’sha erda barqaror qilib, Fir’avn va Homonga hamda ikkovining lashkarlariga ular tomonidan o’zlari xavfsirab turishgan narsani ko’rsatib qo’yishni (istaymiz)» [Qasas 5-6]

Biz Hizb ut-Tahrir a’zolari muborak Shom va Falastin zaminlariga bo’lgan har qanday shakldagi ko’z olaytirish va til biriktirishni hamda Amerika etakchiligidagi G’arb rejalariga bo’lgan har qanday itoatgo’ylikni rad qilamiz. Zero, Amerika o’z qo’llari bilan va islomiy yurtlardagi malay hokimlari yordamida hamma joyda musulmonlarni qirg’in qilmoqda, o’z manfaatlarini, nufuzini himoya qilish yo’lida musulmonlarni so’yish, qirg’in qilishda bir lahza ham sustlashmayapti. Qazzofiy, Muborak, Ibn Ali va Abdulloh Solihlar holi nima kechgani barchaning esida.

Ey musulmonlar!

Amerika tug’yonini tiyib, er kurrasida sharmandalarcha mag’lub qilishga faqat Xaliflik davlati qodir. Allohning izni ila, ushbu davlatning tiklanishiga juda oz qoldi. Shunday ekan, sizni uni barpo etish yo’lida harakat qilishga da’vat qilamiz, chunki sizning azizligingiz ham, ulug’ligingiz ham, Robbingiz rizosi ham shu Xalifalik davlati bilandir. Shu davlat bilan dushmaningizni qaytara olasiz, tor-mor qilasiz.

Hizb ut-Tahrirning Iordaniyadagi matbuot bo’limi

Elektron pochta: jordan_mo@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.