Amerika Qo’shma Shtatlari Qirg’izistonda fuqarolar va fuqarolik jamiyatlari faoliyatini ayrim ko’rinishlarini cheklashlikka bo’lgan urinishlarni Qirg’iziston parlamenti tomonidan rad etilishini ma’qulladi.
27 noyabr kuni Qirg’iziston parlamenti fuqarolik jamiyatlari ustidan nozoratini asossiz kuchaytiradigan “xoyinlik to’g’risidagi qonun” loyihasini rad etdi. Qonun loyihasi, nohukumat tashkilotlarini oddiy faoliyati, xalqaro targ’ibot ishlari yoki xorijiy hamkasblarni xabardor qilish kabi mamlakat Jinoyat kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishni nazarda tutar edi.
Bundan bir xafta oldin Qirg’iziston parlamenti boshqa bir cheklovchi qonunni ko’rib chiqishni noma’lum muddatga kechiktirgan edi. AQSh elchixonasini hisoblashicha, bu qonun xorijdan moliyaviy ko’mak oladigan va siyosiy faoliyatlarda ishtirok etadigan Qirg’izistondagi mahalliy nodavlat huquqni himoya qiluvchi tashkilotlarni “xorijiy josuslar” sifatida ro’yxatdan o’tkazar edi.
Turkiston: AQShning insonparvarligi namoyondalari bo’lgan bu “ inson xuquqlarining ximoyachilari”, aslida xaqiqatdan xam “xorijiy josuslar” desa xam bo’ladigan maqsadlarga xizmat qilishadi. Lekin ularga qarshi Qirg’iz xukumati tomonidan olib borilayotgan xarakatlarning barchasi, Rossiya, undan avvalroq O’zbekiston olib borgan siyosatni takrorlashga o’xshaydi. Ular bu kabi xarakatlari bilan Davlatlarida avtoritar yoki diktarorlik rejimlarini o’rnatishni maqsat qilishgan.
Atambaevning xukumatini, AQShning mustamlaka quroli bo’lmish o’zlarini demokratiya posbonlari xisoblaydigan nodavlatiy tashkilotlarni, ularning ortidan G’arb matbuot mashinasini quvib chiqarishga Rossiyadagi Putinning rejimi majburlab keladi. Maqsadi: Bojxona ittifoqi so’ng “Yevro Osiyo iqtisodiy xamkorligi” kabi tashkilotlarni xayotda joriy qilishning asosiy to’siqlari deb bilgan demokratik jarayonlarni jilovlash orqali Atambaevga muxolif kuchlarni bartaraf qilish uchun qulay sharoitlar yaratib berish.
“Oq it, qora it, bari it” deyilganidek, AQShning manfaatlari quvib chiqarilishi ortidan Rossiya yoki Xitoy manfaatlari o’rnini bosib olishidan nima manfaat. Balki avvalgisidan xam battarroq yoki vaxshiyroq xolatlar kelishi xam mumkin. Qumtor masalasi, Manasdagi NATO aviabazasi masalasi, yuqoridagi ayg’oqchi muttaxam demokratlarni quvib chiqarish masalasi… vaxokazo, barchasidan Qirg’iz davlati yoki xalqi uchun biror manfaat yo’q. Faqat ularni o’rinlari boshqalariga tortib olib berilib kelinadi.
Atambaev xam diktatura rejimini o’rnatishni xoxlaydi. Chunki katta davlatlarning xar birining qarama qarshi manfaatlari bor. Ularning xar biri bosim bera oladigan o’zlarining aloxida xolatlari xam mavjud. Shularning o’rtasida Atambaev tamom bo’lib bitdi. Lekin xuddi shu muammolar bilan Karimov, Nazarbaev, Raxmonov singari qo’shni davlatlar prizidentlari u qadar qiyin axvolga tushishmadi. Atambaev muammoni Qirg’izistondagi demokratik jarayonlarning o’ta rivojlanganida va erkinliklar ortiqcha darajada ekanligida deb bildi. Ammo u kechikdi va adashmoqda….