Demokratik erkinliklar va uning musulmonlar hayotiga ta’siri

549
0

images (1)

Turkiyaning Bursa shahrida Hizbut-Tahrirga a’zo ayollar tarafidan “demokratik erkinliklar va uning musulmonlar hayotiga ta’siri”, nomli konferentsiya o’tkazildi.

Konferentsiyada so’zga chiqqan Sumayya Guker Xalifalik davlatining qulashi ortidan G’arb tarafidan tiqishtirilgan Jumhuriyat va Demokratik erkinliklar kabi fikrlarning musulmonlar hayotiga kirib kelganligiga e’tibor qaratdi. Demkratik fikrlar qora bulut kabi butun Islom o’lkalari ustiga qoplanganligini urg’ulagan Guker “demokratiya libosi”ni kiygan musulmonlarning badanida uning “saraton” qasalligiga aylangani haqida bahs yuritdi.

Sumayya Guker “insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat” aslo demokratiyaga muxtoj emasligini ta’kidlab o’tdi.

“Turkiya xalqi va umuman olganda, butun Islom olami sharafli bir tarixga va kuchli bir ideologiyaga sohib edilar. Ular kofirlardan hech qanday fikr yoki qonun olishga muxtoj emas edilar. Tarixiy qiymatlariga boqib, izzati va sharafini xotirlagan, buguni va tatbiq etilayotgan qonuniga boqib, horligi va tahqir etilganligini his qilgan bu ummat hech bir zamon demokratiyaga muxtoj bo’ladigan darajada tubanlikka tushmagan edi. Faqat buzg’unchilar va ruvaybizalar bu ummatni yo’llariga chiqib, ularni bu haq da’vodan chalg’iti. Shundan so’ng demokratiya musulmonlarning yagona nizomi bo’lgan Islom o’rniga chiqdi va ularga tatbiq qilinadigan Shariat nizomlari o’rnini egalladi”, deya qayd etdi u.

Sumayya Gukerdan so’ng so’zga chiqqan Oisha Jo’shqin Demokratiyaning yuzaga kelish nuqtasidan tortib, bugungi kunda butun dunyo davlatlariga tatbiq qilinayotgani, u olib kelgan erkinliklar va uning musulmonlar hayotiga qanday ta’sir qilganligi haqida so’z yuritdi.

Dastur so’ngida Oisha Jo’shqin tinglovchilar savollariga javob berdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.