“Qumtor” masalasi bo’yicha bizni kuchimiz etmadi

438
0

0,0

Kanadaning Centerra Gold Inc kompaniyasi bilan olib borilgan so’ngi muzokaralar natijasi ko’rib chiqilgan parlament yig’ilishida Bosh vazir Jonto’ra Satbaldiev “Qumtor” qo’shma korxonasi loyihasini amalga oshirish bo’yicha Qirg’iziston ulushini 67 foiz qilib oshirish uchun hukumatni kuchi etmadi”, – dedi.

Uning so’zlariga ko’ra, vazirlar maxkamasi oldida muzokaralar olib borish yoki masalani sud orqali echish kabi ikkita yo’l bor edi.

“Biz sudlasha olmaymiz, chunki yaxshi natijalarga erishish murakkab bo’lar edi. Ammo, parlament bizdan so’raganidek, qo’shma korxonaning 67 foizlik ulishiga erishish uchun kuchimiz etmadi”, – deya tushintirish berib o’tdi bosh vazir.

“Ata Meken” fraktsiyasidan deputat Toshpo’lot Baltabaev, vazirlar maxkamasi parlament topshirig’ini bajarishi shart, agar buni uddasidan chiqolmasa bosh vazir istefoga ketishi zarurligini, belgilab o’tdi.

Turkiston:

Vanihoyat Qirg’iz hukumati ham, xalqaro sistemaning korruptsiyalashganini tan oldi. Xatto bular xaq bo’lganlarida ham, katta davlatlar manfaatiga qarshi hech narsani o’zgartira olishmaydi. Xatto bu demokratiyaning asosi bo’lgan xalq hoxishi bo’lganida ham. Chunki xalqaro siyosat demokratiyaga allaqachon tupurgan, bizga o’xshash so’qir davlatlargina unga ishonib, intilib kelyapmiz. Xalqaro tashkilotlarning barchasi o’sha katta etakchi davlatlarning manfaatlariga xizmat qiladi. Yuqorida Sotiboldiev ham shuni tan olib, ularga biz teng kela olmaymiz deb to’g’ri aytdi. Bu sistema asosida ularga hech qachon teng kela olmaymiz. Shuning uchun ular bilan kurashishning yagona yo’li, ular tomonidan tuzilgan shu sistemani ustilarimizdan uloqtirib tashlash. Chunki bu sistemani ular o’zlari ishlab chiqishgani uchun, har tomonlama xaq bo’lib chiqishaveradi.

Islomni sistema sifatida hayotga olib kelish vaqti keldi. Faqat shu yo’l bizlarning mulklarimizni bu achofatlardan saqlab qolishi mumkin. Mantiqan o’ylaganimizda ham, bu sistemada biz xatto xaq bo’lib ham g’olib bo’lmasak, uni bizga nima keragi bor!? O’rnini egallashi va uni mag’lub etish quvvatiga ega bo’lgan yagona sistema esa Islom. Buni har qanday siyosatchi inkor eta olmaydi. Aks xolda bizlarni pisand ham qilmay, boyliklarimizni tashib chiqib ketishaveradi!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.