«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir»
Matbuot bayonoti
Kapitalistik erkin savdo kelishuvi Islom olamidagi ayolning iqtisodiy qiyinchiliklari ortishidan darak beradi
Jahon savdo tashkiloti 3-6 dekabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida o’tkazgan 9-konferentsiyasida jahon savdo kelishuvi loyihasi qabul qilindi. Bu loyiha savdo siyosatini erkinlashtirish, jumladan savdo qonunlari va qishloq ho’jaligi reformalarini o’z ichiga oladi. Bu kelishuv tashkilotga a’zo 159 davlat uchun majburiydir. Ularning orasida bir qancha Islom yurtlari ham bor. Ayrimlar bu kelishuv rivojlanayotgan davlatlarga foyda keltiradi degan fikrda. Biroq, Jahon savdo tashkiloti, uning kelishuvlari va kapitalistik erkin bozor siyosati bir necha o’n yillardan buyon Islom olami iqtisodiyotiga faqat salbiy natijalarni olib keldi. U mahalliy ishlab chiqarishni izdan chiqardi, ommaviy ishsizlikni kuchaytirdi, davlatlar moliyasini falaj qildi va mintaqa xalqlarini qashshoqlashtirdi. Uning asosiy qurbonlari ayollar va bolalar bo’ldi. Bugungi kunda G’arb hukumatlari ushbu konferentsiya va kelishuvlar orqali yangi bir iqtisodiy hayotni tarqatishga urinmoqda. Bu iqtisodiy hayot G’arb mustamlakachiligining davlatlar boyliklari ustidan hukmronlik qilish va muvozanatni ushlamaydigan olamiy iqtisodiy nizomni majburan joriy qilish qurolidir. Bu nizom boy davlatlarning qashshoq davlatlar ustidan, yirik xalqaro shirkatlarning mayda mahalliy shirkatlar ustidan, boylarning kambag’allar ustidan hukmron bo’lishiga imkoniyat yaratadi.
Misol uchun, Islom olamida qishloq ho’jaligi sektorida asosan ayollar ishlaydi. Mintaqadagi millionlagan ayollar yo o’z erlarida yoki fermer xo’jaliklarida dehqonchilik qilib tirikchilik qiladi. Jahon savdo tashkiloti va mahalliy iqtisodiyotlardan davlat himoyasini olib tashlagan erkin bozor savdo siyosati mahalliy bozorlarni arzon chet el qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan to’ldirib yubordi. Natijada mahalliy mahsulotlar narxi keskin tushib ketdi va mayda xo’jaliklar foydadan mahrum bo’ldi. Bu o’z navbatida qishloq xo’jaligida ishlovchi oilalarning daromadsiz qolishlariga olib bordi hamda millionlagan ayollar va bolalarning yanada qashshoqlashishiga, oziq-ovqat ta’minoti kafolatlanmay qolishiga sabab bo’ldi. Bundan tashqari Jahon savdo tashkilotining avtorlik huquqiga oid kelishuvi yirik shirkatlar tarafidan sabzavot va don mahsulotlarining monopoliya qilinishiga olib bordi. Bu ham kichik xo’jaliklarda dehqonchilik qilayotgan ayollarning dehqonchilik faoliyatiga zarar etkazdi. Erkin bozor siyosati Bangladesh, Pokiston va Indoneziya kabi ko’plab Islom yurtlarida hozirgi davrdagi qul ayollar bozorini keltirib chiqardi. Kapitalistik hukumatlar tomonidan bu davlatlardagi savdo nazoratining bekor qilinishi katta xalqaro shirkatlarga ayollarni arzimas haq evaziga qul qilib ishlatish imkoniyatini yaratdi. Bir vaqtning o’zida bu shirkatlar xo’jayinlari ulkan daromadlarni qo’lga kiritishmoqda. Xususan, doimiy kengayib borayotgan, ishchilarining aksar qismi (ayrim joylarda 90 %i) ayollar bo’lgan erkin savdo zonalari ochiq qul bozorlaridan o’zga narsa emas. Chunki u erdagi ishchi ayollarning huquqlari eng quyi darajaga cheklangan, natijada ular arzimas haq evaziga haddan tashqari ko’p ish soatlari davomida salomatlik uchun xavfli sharoitlarda ishlashga majbur bo’lmoqdalar. Misol uchun, Bangladeshdagi Chittagong erkin savdo zonasida eng oz ish haqi oyiga taxminan 50 dollarni tashkil qiladi. Jahon savdo tashkiloti va uning qo’l ostidagi Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro bank kabi kapitalistik tashkilotlar har doim bu Ummat farzandlari (o’g’il-qizlari) bo’yniga tortilgan iqtisodiy xanjar vazifasini o’tab kelgan. Mazkur ittifoq ham bu baloning yanada ziyoda bo’lishidangina darak beradi!
Ey muslima ayollar!
Jahon savdo tashkiloti kabi hay’atlarning zaharli kelishuvlarini, shuningdek bu tashkilot tayangan mustamlakachi kapitalistik nizomning har qanday ko’rinishini rad etinglar. Bu nizom sizlar uchun hech qanday yaxshilikni ro’yobga chiqarmaydi. Ular sizlarni faqat foyda keltiruvchi vosita deb hisoblaydi. Sizlar buning o’rniga Xalifalik davlatini tiklash uchun Hizb ut-Tahrirdagi opa-singillaringiz safiga qo’shiling. Chunki faqat Xalifalik davlatigina sizlarning huquqlaringizni ta’minlaydi, sizlarga mukarrama ayol sifatida muomala qiladi va sizlarni barcha turdagi ekspulatatsiyadan himoya qiladi. Faqat Xalifalik soyasidagina sizlar farovonlikning a’lo darajasida, moliyaviy xotirjamlikda kun kechirasizlar. Chunki unda sizlarning nafaqangiz erkak qarindoshlaringiz yoki davlat zimmasidagi vojib vazifa bo’ladi. Yolg’iz Islom qonunlarigina sizlarning barcha iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy muammolaringizning echimiga ega.
Doktor Nasrin Navoz
Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi a’zosi
Uyali telefon: 0096171724043
Faks: 009611307594
Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info