«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir»
Matbuot bayonoti
Ey Livan hokimlari, qonxo’r qirg’inidan jon saqlayotgan qochqinlarni odam qatori ko’rmay, ularni shafqatsiz sovuqda qoldirasizmi?
Qor yog’ishi, kuchli jala quyishi va izg’irin shamol oqibatida yurt qahraton sovuq domida qoldi. Shu sababli ta’lim vazirligi o’quvchilar uylaridan ko’chaga chiqmasliklari uchun ularni ta’tilga chiqarishga qaror qildi. Xavfsizlik organlari, mudofaa va ijtimoiy ishlar vazirligi bor kuchlarini safarbar qildi, yoki hukumat da’vo qilganidek eng kamida odamlarga bu tabiiy ofatga qarshi qanday kurashish kerakligi haqida ogohlantiruv va yo’llanmalar berdi. Ko’pchilik odamlar bu shafqatsiz sovuqdan, kuchli jala va izg’irin shamoldan qo’rqib uyidan chiqmay qo’ydi. Ular turli isitish vositalari bilan o’zlarini ta’minlashga urinmoqda va juda zarur bo’lsagina uyidan tashqariga chiqmoqda.
Ayni shu erda, ayni shu yurtda ushbu manzaraning yonginasida butunlay boshqa bir manzaraga guvoh bo’lasiz. Alloh Subhanahu va Taolodan qo’rqish u yoqda tursin ozgina insoniyligini va sog’lom tabiatini saqlab qolgan odamning qalbi bu manzaraga dosh bera olmaydi. Chunki bu erda Shom qonxo’ridan qochgan yosh bolalar, ayollar va qariyalar ochiq havoda o’ranib o’tiribdi. Ular kuni kecha loy va balchiqda qolgan bo’lsa, bugun sovuq qor, kuchli jala va izg’irin shamoldan saqlanish uchun neylon yoki qalin gazlamalar bilan o’ranib jon saqlamoqda.
Ey Livan hokimlari, sizlar shu qadar hayosiz va shafqatsizmisiz? Sizlarda insoniylik tuyg’usi qolganmi? Sizlarning orangizdagi Islom va imonni da’vo qilayotganlarning taqvosi qaerda qoldi? Rosululloh Aning:
«الْمُسْلِمُ أَخُو الْمُسْلِمِ لاَ يَظْلِمُهُ وَلاَ يُسْلِمُهُ»
«Musulmon musulmonning birodaridir, unga zulm qilmaydi va yordamsiz tashlab qo’ymaydi», degan so’zlarini eshitmaganmisiz? Sizlardan birortangiz qaramog’idagi itini bunday tabiiy ofatda qoldirishga rozi bo’ladimi? Rosululloh A:
«إِنَّ مِمَّا أَدْرَكَ النَّاسُ مِنْ كَلاَمِ النُّبُوَّةِ إِذَا لَمْ تَسْتَحْيِ فَاصْنَعْ مَا شِئْتَ»
«Insonlar idrok etgan payg’ambarlik so’zlaridan biri: agar uyalmasang, istaganingni qilaver, degan so’zdir», deb naqadar to’g’ri aytganlar.
Livan hukumati Livan yolg’iz o’zi jafo chekkanlarga boshpana berishga qodir emas deb da’vo qilib dunyo davlatlaridan va xalqaro tashkilotlardan moliyaviy yordam so’rashga qaror qildi. Ulardan hech qanday yordam bo’lmagach biz yordam beradigan biror narsaga ega emasmiz deb bahona qilib ularni yordamsiz qo’ydi. Sizlar yolg’on so’zlamoqdasiz ey hokimlar, va sizlarning yolg’oningiz nafrat uyg’otmoqda.
Hukumatga qarashli na bir odamga, na bir hayvonga foydasi tegmayotgan bir necha o’n yillardan buyon bo’sh turgan rasmiy inshootlar bor. Biz bularni ko’rmayapmizmi?! Tripoli xalqi yarim asrdan buyon bir necha ming kvadrat metr usti yopiq maydonga ega xalqaro kitob ko’rgazmasi o’tkaziladigan joyning yonidan o’tadi. Bu joyda yilda ikki haftagina kitob ko’rgazmasi o’tkaziladi. Bundan tashqari sanoqli kunlar davomidagina olimpiada o’yinlari o’tkaziladigan bir necha ming kvadrat metr usti yopiq maydonga ega o’yingohlar ham bor. Livan xalqi shahardan shaharga safar qilayoganida bu inshootlarni ko’rmaydimi?! Bu inshootlar ochiq maydonda o’ranib kun ko’rayotgan qochqinlarni boshpana bilan ta’minlashga etmaydimi?! Ha, Allohga qasamki etadi, ortib ham qoladi!
Ey, nufuz, qudrat va ta’sirga ega bo’lgan musulmonlar, bu bechoralarni qutqarish uchun harakatga kelmay nimani kutmoqdasiz? Savob umididagi ayrim odamlar bergan chodirlar va adyollar ularni sovuqdan saqlashga nahot kifoya qilsa?! Bu inshootlar bizdan olingan soliqlar evaziga qurilgan mulklarimiz emasmi?! Savob umididagi odamlar qilishi lozim bo’lgan eng kam ish – bu qochqinlarni zudlik bilan ochiq daladan hukumatdagilar faqat o’z shirkatlarining manfaati uchungina qurgan ushbu inshootlarga ko’chirish uchun avtobuslar bilan ta’minlashdir. Rosululloh A dedilar:
«مَنْ كَانَ فِي حَاجَةِ أَخِيهِ كَانَ اللَّهُ فِي حَاجَتِهِ، وَمَنْ فَرَّجَ عَنْ مُسْلِمٍ كُرْبَةً فَرَّجَ اللَّهُ عَنْهُ كُرْبَةً مِنْ كُرُبَاتِ يَوْمِ الْقِيَامَةِ وَمَنْ سَتَرَ مُسْلِمًا سَتَرَهُ اللّهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ»
«Kimda-kim birodarining hojatini chiqarsa Alloh uning hojatini chiqaradi. Kimda-kim bir musulmonni dunyo g’am-alamlarining biridan forig’ qilsa Alloh uni qiyomat kuni g’am-alamlarining biridan forig’ qiladi. Kimda-kim bir musulmonning aybini yashirsa Alloh qiyomat kuni uning aybini yashiradi».
Ahmad Qasos
Hizb ut-Tahrirning Livandagi matbuot bo’limi raisi
Telefon: 009616629524
Faks: 009616424695
Elektron pochta: ht@tahrir.info
Hizb ut-Tahrirning matbuot bo’limi sayti: www.hizb-ut-tahrir.info