“Uzmetronom.com” nashrining xabar qilishicha, 17 dekabrdan e’tboran O’zbekiston Rossiyaga eksport shartnomasi bo’yicha gaz etkazib berishni tamoman to’xtatgan. Bunga O’zbekistonda havo haroratini keskin sovub ketishi natijasida gazga bo’lgan ichki ehtiyojni tabiiy ortishi, sabab qilib ko’rsatilmoqda.
Aslida ham shundaymi? Barchaga ma’lumki, O’zbekiston 2012 yilning avgustidan boshlab Xitoyga gaz etkazib berishni boshlagan. O’zbekiston Xitoy bilan tuzgan shartnomasiga muvofiq har yili 10 milliard metr.kub gaz etkazib berishi lozim. 2014 yilda Xitoy-O’zbekiston gaz tarmog’ining uchinchi bo’g’ini ishga tushgach, O’zbekiston Xitoyga gaz etkazib berishni yiliga 25 milliard metr. kubga oshirishni mo’ljallamoqda.
O’zbekiston Rossiyaga gazni har ming mert.kubini kelishuvga asosan 300 dollardan sotadi. Xitoyga esa gazni qanchadan sotishi ma’lum emas, ammo Rossiyaga sotayotganidan ko’ra yuqoriroq narhda sotishligi aniq. Rossiyaga qarashli bo’lgan “LUKOYL” komaniyasi vitse-prezidenti Leonid Fedun investorlar uchun o’tkazilgan matbuot anjumanida “Lukoyl kompaniyasi O’zbekistonda qazib olinayotgan gazni to’g’ridan-to’g’ri Xitoyga sotishni rejalayotganini va bu masalada O’zbekiston hukumati bilan muzokaralar olib borilayotgani”ni ma’lum qilgan hamda “Xozir O’zbekistondan Xitoyning g’arbiga gaz quvuri tortish ishlari davom etmoqda. Bu loyiha nihoyasiga etgach, Lukoyl “yoqimli” narhda o’zbek gazini to’g’ridan-to’g’ri Xitoyga etkazib berish imkoniga ega bo’lishi”ni belgilab o’tgan edi.
O’zbekiston Rossiyaga gaz etkazib berishni to’xtatgan bo’lsa, bu o’z xalqini holiga rahmi kelganidan, qish-qirovli kunlarda qiynalmasliklarini o’ylaganidan emas, balki sotilayotgan gazdan yanada ko’proq daromad olishni ko’zlaganidan bo’lishi tabiiy. Chunki Rossiyaga gaz etkazib berishni to’xtatgani bilan, Xitoyga gaz sotishni va sotilayotgan gaz hajmini oshirishni davom ettirmoqda.