Hayden: Eng yaxshi echim Asadning g’alaba qozonishidir

529
0

CIA’in eski şefi

AQSh Markaziy razvedka byurosi (MRB)ning sobiq rahbari Maykl Hayden Suriyadagi oxirgi vaziyatga baho berar ekan, mavjud variantlar ichida eng afzali Bashar Asadning o’z o’rnida qolishi ekanligini ta’kidladi.

2009 yilga qadar MRBni boshqargan va AQSh havo kuchlarida general darajasiga ko’tarilgan Maykl Hayden “Jeymston” muassasasi tarafidan tashkil qilingan “Terror mutaxassislari”, nomli konferentsiyada nutq so’zladi. U o’z nutqida Suriya mojarosi mintaqa havfsizligiga tahdid tug’dirayotgani va har bir ish o’z maromida ketishi uchun eng afzal echim Asadning g’alaba qozonishi ekanligini qayd etdi.

Heyden Suriyada uch variant borligi haqida so’z yuritar ekan, uchinchi variantga urg’u berdi.

“Uchinchi variant Asadning g’alaba qozonishidir. Shuni aytib o’tishim lozimki, menimcha, juda dahshatli variantlarning o’rtaga chiqishidan ko’ra uchinchi variantning amalga oshishi afzaldir”, dedi Hayden.

Haydenga ko’ra, birinchi variant shiya va sunniy toifalar o’rtasida qonli jangning avj olishidir. Ikkinchi variant esa chegaralari 1916 yilda Angliya va Frantsiya tarafidan tuzilgan Sayks-Piko bitimiga ko’ra belgilangan Suriya davlatining o’ratadan tamoman yo’q bo’lishidir.

MRB sobiq rahbarining ta’kidlashicha, bu holat “birinchi dunyo urushidan so’ng chizilgan barcha sun’iy chegaralarning yo’q bo’lishi va madaniyatlar kesishma nuqtasidan idora qilinmaydigan bir mintaqaning yuzaga kelishini anglatadi.

“Suriyada davom etayotgan jarayonning mohiyati o’rta sharq geografiyasining muhim bir qismi “Islom fundamentalizmi” tarafidan qo’lga olinishi hamda Suriya va biz bilgan butun Sharqning portlashini anglatadi”, dedi MRB sobiq rahbari.

Bir necha kun avval Isroil bosh shtab boshlig’i Dan Xaluts ham ayni fikrni bildirgan edi.

Turkiston:

Kufr olami Islom bilan ochiq kurash olib borishning avvalgi etaplariga o’ta boshladi. Mafkuraviy qadriyatlari, inson xuquq va erkinliklari muxofaza qilish asosidagi aqidalarini xam bir chetga surib, Islomga qarshi ekanliklarini ochiq e’lon qila boshlashdi. Shu ketishda yaqin kunlarda Islom bilan kufr o’rtasida borayotgan urush, ochiq oydin bo’ladi. Shunda ularga xizmat qilayotgan ilmoniy musulmonlar va pinxona xizmat qilishayotgan diniy arboblarning xoli qanday bo’lar ekan. Ularga esinglarni borida etaginglarni yopinglar deb maslaxat berardik.

19/12/2013

Qiyomuddin

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.