Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan
Tomir Haj Muhammadning harom yo’l bilan topilgan boylikning tavba qilingandan keyingi hukmiga doir savoliga javob
Savol:
Ulug’ olim Ato ibn Xalil Abu Roshta janoblari, sizni Alloh hifzu himoyasida asrasin, assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh, ammo ba’d:
Sudxo’rlik, o’g’irlik, behayo qo’shiqlarni kuylash yoki bulardan boshqa harom yo’llar bilan topilgan boylikning egasi agar tavba qilsa bu boylikning hukmi qanday bo’ladi?
Bu to’g’rida xoslash bormi yoki bu to’g’ridagi hukm bittami?
Agar hatto boylikning egasi tavba qilsa ham boylik harom bo’lib qolaveradigan bo’lsa, gohida tavba qilishni istaydiyu biroq boyligi zoe bo’lishidan qo’rqadigan odamlar ham topiladi… Shuning uchun ba’zi shayxlar aytganidek uning tavba qilishiga umid qilib istisno qilinadimi?
Javob:
Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh…
Alloh Subhanahu va Taolo aytadi:
«Ey mo’minlar, Allohga xolis tavba qilinglar» [Tahrim 8]
«Magar tavba kilib o’zlarini o’nglagan va Allohga bog’lanib, dinlarini Alloh uchun xolis qilgan zotlar – ana o’shalargina mo’minlar bilan birga bo’ladilar. Yaqinda Alloh mo’minlarga ulug’ ajr ato etajak!» [Niso 146]
Termiziy Anasdan rivoyat qilgan hadisda Nabiy A dedilar:
«كُلُّ ابْنِ آدَمَ خَطَّاءٌ وَخَيْرُ الخَطَّائِينَ التَّوَّابُونَ»
«Odam farzandlarining barchasi xato qiluvchidir. Xato qiluvchilarning eng yaxshisi tavba qiluvchilardir».
Tavba to’g’ri bo’lishi va Alloh tavba qiluvchining gunohini kechirishi uchun tavba qiluvchi gunohdan tiyilishi, o’tmishda qilgan ishlaridan pushaymon bo’lishi va bunday ishlarga qayta qo’l urmaslikka qat’iy qasd qilishi lozim. Agar gunohi biror odamning haqqiga tegishli bo’lsa mazolimni o’z egasiga qaytarishi va ularning kechirishiga erishishi shart qilinadi. Agar unda o’g’rilik yoki bosqinchilik bilan ulardan tortib olgan boylik bo’lsa boylikni egasiga qaytarishi va shar’iy jihatdan iflos yo’l bilan topilgan narsadan xalos bo’lishi vojib. Chunki harom yo’l bilan boylikni qo’lga kiritishning oqibati xatarlidir. Ahmad Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qilgan hadisda Abdulloh ibn Mas’ud aytadi: Rosululloh A dedilar:
«…وَلاَ يَكْسِبُ عَبْدٌ مَالاً مِنْ حَرَامٍ… إِلاَّ كَانَ زَادَهُ إِلَى النَّارِ»
«Agar banda haromdan boylik topgan bo’lsa, bu boyligi jahannamga hozirlagan uning ozuqasi bo’ladi» Termiziy Ka’b ibn Ujradan rivoyat qilgan hadisda Rosululloh A Ka’bga shunday dedilar:
«يَا كَعْبَ بْنَ عُجْرَةَ، إِنَّهُ لاَ يَرْبُو لَحْمٌ نَبَتَ مِنْ سُحْتٍ إِلاَّ كَانَتِ النَّارُ أَوْلَى بِهِ»
«Ey Ka’b ibn Ujra haromdan ozuqalanib o’sgan biron go’sht yo’qki do’zax unga haqliroq bo’lmasa».
Bu odam qo’lida harom boylik qola turib qanday qilib tavba qilishi mumkin?! Bu tavba emas, balki yomonlikda davom etishdir. Shuning uchun unga tavba qilishini, shar’iy jihatdan harom yo’l bilan ega bo’lgan boyligidan xalos bo’lishini, o’g’irlagan yoki tortib olgan boylikni egasiga qaytarishini, ulardan kechirishlarini so’rashini va Alloh Taolodan mag’firat so’rashini nasihat qiling. Alloh Subhanahu va Taolo rizq beruvchi, kuch-quvvat sohibi va qudratlidir. Agar Alloh Subhanahu va Taolo istasa dunyoyu oxiratda uni aziz qiladigan barakotli yaxshi boylikni evaz qilib beradi.
Alloh Subhanahu va Taolo bandasining to’g’ri, xolis tavbasini yaxshi ko’radi va uni eng munosib mukofot bilan mukofotlaydi. Alloh Subhanahu va Taolodan bu odamni eng to’g’ri yo’lga hidoyatlashini va uning xolis tavba qilishini so’rab qolaman. Alloh mag’firati keng Zotdir.
Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta