Hizb ut-Tahrirning ta’lim programmasi bormi?» degan savolga javob

435
0

images (19)

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Durro Shomning «Hizb ut-Tahrirning ta’lim programmasi bormi?» degan savoliga javob

Savol:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Men Hizbdan emasman, biroq mening siz janoblaridan bir talabim bor.

Men sizlarning ta’lim programmangiz va boshqa adabiyotlaringizni o’qib juda taajjublandim.

Nahotki barcha shar’iy va ilmiy fanlarni o’z ichiga olgan mukammal programmangiz bo’lmasa? Biz uni, masalan, Shomdagi ozod qilingan mintaqalarda yoki erkin ta’lim olish imkoni bor boshqa har qanday joyda, xususan hozirgi sharoitda o’qitar edik. Chunki hozir hohlagan odam biror fikr yoki maqsadga ega bo’lish yoki bo’lmasligidan qat’iy nazar maxsus madrasalarni ochib oldi. Bilmadim, bu ahvolda bu avlod qanday shakllanadi. Alloh o’zi bizga madadkor bo’lsin.

Men barcha islomiy yurtlardagi kitob yozishga kuchi etadigan va farzandlarining tarbiyasiga qayg’uradigan har bir odamga mukammal programma bo’ladigan biron-bir ta’lim programmasini tuzish taklifini kiritish haqida o’ylanib qoldim.

Lekin mening zehnimga yana bir fikr kelib qoldi: agar sizlarda bunday programma mavjud bo’lsa, men programma tuzish uchun vaqtimni zoe ketkazib nima qilaman. Javob berish yoki bermasligingizdan qat’iy nazar Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh.

Ha, bizda ta’lim programmasi bor, biroq bu programmani joriy qilish uchun madrasalarni va mudarrislarni tayyorlash lozim. Buning uchun uni shariat ahkomlariga asoslanib amalga oshiradigan va uni maktab guvohnomasi sifatida tan oladigan (toki o’quvchi undagi barcha o’quv bosqichlarini tamomlay olsin) saltanat lozim. Bularning barchasi uchun Islom bilan hukm yuritadigan, ta’lim berishdagi bu progarammani tan oladigan davlat bo’lishi lozim. Ayni paytda bunday saltanat mavjud emas. Shunday ekan, siz uni qanday va qaerda ta’lim ber olasiz? Shuning uchun biz islomiy davlatni, ya’ni shariat ahkomlariga muvofiq ta’lim programmasini tatbiq etadigan roshid Xalifalikni tiklashga jiddiy harakat qilmoqdamiz. Shoyad bu yaqinda amalga oshsa.

So’zim nihoyasida, Alloh sizga harisligingiz va qaratgan e’tiboringiz sababli barakot ato etishini tilab qolaman.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.