«Jihodiy jamoalar yoki shaxslar tomonidan Allohning er yuzidagi hadlarini qo’llash shar’an joizmi?» degan savolga javob

624
0

images (18)

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Noor Abulfilatning: «Jihodiy jamoalar yoki shaxslar tomonidan Allohning er yuzidagi hadlarini qo’llash shar’an joizmi?» degan savoliga javob

Savol:

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Islomiy Xalifalik davlati yo’q bo’lgan paytda biror jihodiy jamoa yo shaxslarning er yuzida Allohning jazo-hadlarini qo’llashi shar’an joizmi? Alloh sizga baraka ato etsin va yordam bersin.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh!

Jazo-hadni qo’llash shar’iy hujjat sobit bo’lgandan so’ng qozilik hukmidan kelib chiqadi. Qozilik biror hukmni majburlash orqali xabar qilishdir. Majburlash xusumatchini hukmga majburlaydigan bir quvvatning bor bo’lishini anglatadi. Bu quvvat esa sulton, ya’ni Allohning shariatini barpo qiladigan va musulmonlarni shu ahkomlarga majburlaydigan hokimdir. Demak jazo-hadlar Allohning shariatini barpo qiladigan hokimsiz hargiz ijro etilmaydi. Buning dalillari quyidagilar:

1) Mujmal (tafsilotsiz) dalillar.

Jumladan: Alloh Subhanahu aytadi:

«Zinokor ayol va zinokor erkakning har birini yuz darradan uringlar» [Nur 2]

Alloh Subhanahu yana aytadi:

«O’g’ri erkak va o’g’ri ayolni Allohdan jazo sifatida qo’llarini kesinglar, Alloh qudrat va hikmat egasidir» [Moida 38]

Alloh Subhanahu yana aytadi:

«Pokiza ayollarni (zinokor) deb badnom qilib, so’ngra to’rtta guvoh keltira olmagan kimsalarga sakson darra uringlar» [Nur 4]

Buxoriy Ibn Abbosdan rivoyat qiladi, Nabiy A bunday dedilar:

«مَنْ بَدَّلَ دِينَهُ فَاقْتُلُوهُ»

«Kim dinini almashtirsa, bas, uni o’ldiringlar».

Muslim Uboda ibn Somitdan rivoyat qiladi, Rosululloh A bunday dedilar:

«خُذُوا عَنِّي، خُذُوا عَنِّي، قَدْ جَعَلَ اللَّهُ لَهُنَّ سَبِيلًا، الْبِكْرُ بِالْبِكْرِ جَلْدُ مِائَةٍ وَنَفْيُ سَنَةٍ، وَالثَّيِّبُ بِالثَّيِّبِ جَلْدُ مِائَةٍ، وَالرَّجْمُ»

«(Jazo-hadlarni) mendan olinglar, mendan olinglar, albatta Alloh (zino qilgan) ayollarga bir yo’l ko’rsatdi. Turmush qurmagan erkak va ayol (zino qilsa) yuz darra uriladi va bir yilga surgun qilinadi, turmush qurgan erkak va ayol (zino qilsa) yuz darra uriladi va toshbo’ron qilinadi».

Termiziy «Sunan»ida Abu Solihdan, u Muoviyadan rivoyat qiladi, Rosululloh A bunday dedilar:

«مَنْ شَرِبَ الْخَمْرَ فَاجْلِدُوهُ…»

«Kim xamr ichsa, uni darralanglar…».

Bular mujmal dalillar hadlar va jazolarni qo’llashni vojib qildi (darra uring, kesing, qatl qiling, yuz darra va toshbo’ron), ammo bu jazolarni kim qo’llashi va qanday qo’llashini bayon qilmadi. Usul ilmi bo’yicha, mujmal dalillar bayon (izoh)ga muhtoj bo’lib, ularga shu izohga muvofiq amal qilinadi. Darhaqiqat, Rosululloh A o’zining hadisi shariflarida ushbu mujmallikni izohlab berdilar. Shuningdek, xulafoi roshidinlar davridagi sahobalar y ijmosi ham – shar’iy nususlarda bayon qilingandek – jazolarni hokim qo’llashini aniq-ravshan bayon qildi. Mujmal nususlarni bayon qilgan dalillarning ayrimlari quyidagilardir:

a) Alloh Subhanahu aytadi:

«Ular o’rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling, ularning havoyi nafslariga ergashmang va Alloh Sizga nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan Sizni (burib) fitnaga solib qo’yishlaridan ehtiyot bo’ling, agar bosh tortishsa, shuni bilingki, Alloh ularga ayrim gunohlari tufayli musibat etkazishni istaydi va albatta, ularning ko’pchiligi fosiqlardir» [Moida 49]

Bu va shu mavzudagi boshqa ko’plab oyati karimalar ahkomlarni ijro etishga Rosululloh A mukallaf (buyurilgan) ekanini bayon qilmoqda. Rosululloh Aga qilingan xitob u kishidan keyin keladigan Islom bilan hukm yuritadigan har bir hokimga qilingan xitobdir. Bunga sabab usul qoidasida Rosululloh Aga qilingan xitob u kishiing Ummatiga xuddi o’sha yo’sinda qilingan xitob ekani aytilgan. Shu bois xitob hukm mavzusida bo’lsa va u kishiga xoslovchi dalil kelmagan bo’lsa, bu xitob u kishidan keyingi xalifalarga qilingan xitob bo’ladi. Bu erda xoslovchi dalil kelmagan, demak, ahkomlarni Islom bilan hukm yurituvchi hokim joriy qiladi.

b) Shuningdek, had lozim bo’lgan jinoyatni sodir etgan kishini hadni qo’llash uchun Rosululloh Aning oldilariga olib kelinar edi, bu haqida bir qancha hadisi shariflar bor:

Muslim Anas ibn Molikdan rivoyat qiladi: «Nabiy A oldilariga xamr ichgan bir kishi keltirildi, shunda uni ikkita xurmo shohi bilan qirqtaga yaqin darraladilar». Anas ibn Molik aytadi: Abu Bakr ham shunday qilgan, Umar xalifa bo’lgach bu borada odamlardan maslahat so’radi. Shunda Abdurrahmon: jazo-hadlarning eng engili sakson darra, dedi, Umar shunga buyurdi. Nabiy Aning sahobalari va boshqalardan iborat ahli ilmlarning ra’yi bo’yicha shunga amal qilinadi.

Bayhaqiy Abu Hurayra va Zayd ibn Xoliddan rivoyat qiladi, bir kishi o’g’li birovning xotini bilan zino qilib qo’yganini aytdi, shunda Rosululloh A:

«لَأَقْضِيَنَّ بَيْنَكُمَا بِكِتَابِ اللَّهِ»

«Ikkovingizning o’rtangizda Alloh Kitobi bilan hukm qilaman», deb, o’g’ilga yuz darra urishga va bir yilga surgun qilishga buyurdilar. So’ng Unaysni ertasi kuni ayolning oldiga borib, agar (zino qilganini) tan olsa toshbo’ron qilishga buyurdilar. Ayol tan oldi va Unays uni toshbo’ron qildi.

Bayhaqiy «Sunani sag’ir»da Abu Zubayrdan, u Jobirdan rivoyat qiladi: «Bir kishi bir ayol bilan zino qilib qo’ydi, ammo uning turmush qurganligi aniqlanmadi va u darralandi, so’ngra turmush qurgani ma’lum bo’lgan edi, toshbo’ron qilindi». Nasoiy ham shunga o’xshash rivoyat keltirgan.

Abu Dovud «Sunan»ida Safvon ibn Umayyadan rivoyat qiladi, Safvon aytadi: «Men masjidda uxlab yotgan edim, ustimda o’ttiz dirham turadigan kiyimim bor edi. Shunda bir kishi kelib, uni mendan o’g’irlab oldi, keyin u tutib olindi va Rosululloh Aning oldilariga keltirildi, u kishi uning qo’lini kesishga buyurdilar. Roviy aytadi: O’shanda men kelib: O’ttiz dirhamni deb qo’lini kesasizmi, men kiyimimni unga nasiyaga sotsamchi? – deb so’radim. U kishi: «Uni menga olib kelmasingizdan oldin shunday qilmabsiz-da», dedilar. Doriqutniyning Amr ibn Shuaybdan, u otasidan qilgan rivoyatida Rosululloh A bunday dedilar:

«اشْفَعُوا مَا لَمْ يَتَّصِلْ إِلَى الْوَالِي، فَإِذَا أُوصِلَ إِلَى الْوَالِي فَعَفَا فَلَا عَفَا اللَّهُ عَنْهُ»

«Modomiki ish voliyga (hokimga) oshirilmagan bo’lsa o’rtaga tushsangiz bo’ladi, endi agar ish voliyga oshirilgan bo’lsa-yu, voliy uni kechirsa, Alloh uni kechirmaydi». Keyin uning qo’lini bo’g’inidan kesishga buyurdilar.

v) Shuningdek, xulafoi roshidinlar zamonida ham had lozim bo’lgan jinoyatni sodir etgan kishini hadni qo’llash uchun xalifaning yoki noiblarining oldiga olib kelinar edi. Bu borada bir qancha hodisalar bo’lgan bo’lib, ulardan ayrimlari:

Abu Dovud Tiyolisiy «Musnad»ida Huzayn Abu Soson Raqoshiydan rivoyat qiladi: «Men Usmon ibn Affon Gning oldiga borgan edim, Valid ibn Uqbani keltirildi. U xamr ichgan edi, bunga Humron ibn Abon va yana bir kishi guvohlik berdi. Shunda Usmon Aliga: unga hadni qo’llang, dedi».

Imom Ahmad «Musnad»ida Abdulloh ibn Qays (Abu Muso Ash’ariy)dan rivoyat qiladi, «Rosululloh A uni Yamanga voliy qilib jo’natdilar, so’ng uning ortidan Muoz ibn Jabalni jo’natdilar. Muoz etib borgach, Abdulloh unga: o’tiring, dedi va unga yostiq qo’ydi. Muoz Abdullohning oldida bir bog’lab qo’yilgan kishini ko’rib qoldi va: bu kim? – deb so’radi. Abdulloh: U yahudiy edi, Islomga kirdi, so’ngra yana o’zining eski manfur diniga qaytib yahudiy bo’ldi, deb javob berdi. Shunda Muoz uch marta: men Alloh va Rosulining hukmi ijro etilib, u o’ldirilmaguncha o’tirmayman, dedi».

Abu Bakr r.a. murtadlar zakotni inkor qilganlarida ularga qarshi jang qildi. Ibn Hibbon «Sahih»ida Abu Huayradan rivoyat qiladi: Rosululloh A vafot etib, o’rinlariga Abu Bakr xalifa bo’lib, ayrim arablar kofir bo’lgach, Abu Bakr ularga qarshi jang qildi va bunday dedi: «Allohga qasamki, namoz bilan zakotning o’rtasini ajratgan hhar bir kimsaga qarshi albatta jang qilaman, chunki zakot mol haqqi, Allohga qasamki, agar ular Rosululloh Aga to’lashgan buzoqni to’lashdan bosh tortishsa ham, buning uchun ularga qarshi jang qilaman».

Xulosa shuki, usul qoidalariga ko’ra, xos umumdan ustun, muqayyad mutlaqdan ustun bo’lgani kabi, ochiq bayon mujmal bayondan ustundir. Shuning uchun jazo-hadlarni qo’llovchi shaxs Islom bilan hukm yurituvchi hokim, ya’ni imomdir. Bu esa – yuqorida aytib o’tganimizdek – Rosululloh G va xulafoi roshidinlarning amallariga muvofiq o’z isbotini topgan. Shuningdek, bu uzoq Islomiy Xalifalik zamoni mobaynida qo’llangan mashhur ish hamdir. Bu borada e’tiborli ulamolarning so’zlari ham kelgan:

– Ibn Taymiyaning ushbu so’zi: «Alloh mo’minlarga jazo-hadlar va huquqlar to’g’risida mutlaq xitob qildi. Masalan:

«O’g’ri erkakni ham, o’g’ri ayolni ham (qo’llarini) kesinglar!» [Moida 38]

Biroq ma’lumki, xitob qilinayotgan shaxs (tinglovchi) xitobdagi buyruqni ijro etishga qodir bo’lishi shart, ijro etishdan ojizlarga ijro etish vojib bo’lmaydi. Qodirlik esa sultonda bor va shu bois jazo-hadlar sulton va uning o’rinbosariga vojib bo’ladi».

– Imom Alouddin Kosoniy bunday dedi: «Uning, ya’ni jazo-hadlarning ado etish shartlari… amirlikdir».

– Qurtubiy bunday deydi: «Bu masala, jazo-hadlar masalasida tinglovchi imom va o’rinbosaridir».

– Imom Shofeiy bunday dedi: «Jazo-hadlarni ozod shaxslarga faqat imom va imom buyurgan shaxslargina qo’llaydi».

– Ibn Qudoma bunday dedi: «Imom va o’rinbosaridan boshqa hech bir kishi jazo-hadlarni ado etishi joiz emas».

Endi, Allohning shariatini barpo etuvchi sulton yo’q bo’lgan holatga kelsak, Islom bilan boshqaradigan ushbu sultonni paydo qilish uchun jiddiy harakat olib borish barcha musulmonlarga vojib bo’ladi, chunki bu Kitob, Sunnat va sahobalar ijmoida bu haqda kelgan ko’pgina dalillar sababli farzdir.

Kitobdagi dalillardan:

Alloh Taolo Rosuli Aga xitob qilib bunday dedi:

«Ular o’rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling, o’zingizga kelgan haqni qo’yib, ularning havoyi nafslariga ergashmang» [Moida 48]

«Ular o’rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling, ularning havoyi nafslariga ergashmang va Alloh Sizga nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan sizni (burib) fitnaga solib qo’yishlaridan ehtiyot bo’ling» [Moida 49]

Allohning O’z Rosuli Aga Alloh nozil qilgan narsa bilan boshqarish to’g’risidagi xitobi Rosululloh Aning Ummatiga qilingan xitob bo’lib, undan ul zotdan so’ng Alloh nozil qilgan narsa bilan boshqaradigan hokimni barpo qilishlari lozimligi tushuniladi. Xitobdagi bu buyruq qat’iylikni ifodalaydi, chunki xitob mavzusi farz, bu esa usul ilmi bo’yicha qat’iylikka qarinadir, Rosululloh Adan keyin Alloh nozil qilgan narsa bilan boshqaradigan shaxs esa xalifadir. Shu jihatdan boshqaruv nizomi Xalifalik nizomidir. Bundan tashqari, jazo-hadlarni ijro etish vojib, bu vojibni esa hokimsiz bajarib bo’lmaydi, vojibni ado etish uchun zarur bo’lgan narsa ham vojibdir, ya’ni, shariatni ado etuvchi hokimni vujudga keltirish ham vojib. Shu jihatdan hokim xalifa, boshqaruv nizomi Xalifalik nizomidir.

Sunnatdagi dalillardan:

Nofe’dan rivoyat qilinadi: Ibn Umar menga bunday dedi: men Rosululloh Aning shunday deganini eshitdim:

«مَنْ خَلَعَ يَدًا مِنْ طَاعَةٍ لَقِيَ اللَّهَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ لا حُجَّةَ لَهُ وَمَنْ مَاتَ وَلَيْسَ فِي عُنُقِهِ بَيْعَةٌ مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً»

«Kimki itoatdan bosh tortsa qiyomat kuni Allohga hujjati yo’q holda yo’liqadi. Kimki bo’ynida bay’at yo’q holda o’lsa johiliyat o’limi bilan o’libdi» (Imom Muslim rivoyati). Nabiy A har bir musulmonga bo’ynida bay’at bo’lishini farz qildilar va bo’ynida bay’at yo’q holda vafot etgan kimsani johiliyat o’limida o’libdi, deb sifatladilar. Bay’at Rosululloh Adan so’ng faqat xalifaga beriladi, undan boshqaga berilmaydi. Bu hadis har bir musulmon bo’ynida bay’at bo’lishini vojib qilyapti, ya’ni har bir musulmonning bo’ynida bay’at bo’lishiga haqli bo’ladigan bitta xalifaning vujudga kelishini vojib qilyapti. Muslim A’rajdan, u Abu Hurayradan rivoyat qiladi: Nabiy A bunday dedilar:

«إِنَّمَا الإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ ويُتَّقَى بِهِ»

«Albatta imom qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi». Muslim Abu Hozimdan rivoyat qiladi: Men Abu Hurayra bilan besh yil birga bo’ldim va undan Nabiy Aning ushbu so’zlarini eshitdim:

«كَانَتْ بَنُو إِسْرَائِيلُ تَسُوسُهُمُ الأَنْبِيَاءِ، كُلَّمَا هَلَكَ نَبِيٌّ خَلَفَهُ نَبِيٌّ، وَإِنَّهُ لاَ نَبِيَّ بَعْدِي، وَسَتَكُونُ خُلَفَاءُ فَتَكْثُرُ، قَالُوا فَمَا تَأْمُرُنَا؟ قَالَ: فُوا بِبَيْعَةِ الأَوَّلِ فَالأَوَّلِ، وَأَعْطُوهُمْ حَقَّهُمْ، فَإِنَّ اللَّهَ سَاِئلُهُمْ عَمَّا اسْتَرْعَاهُمْ»

«Bani Isroilga payg’ambarlar siyosat yurgizardi. Qachon bir payg’ambar halok bo’lsa, ortidan boshqa payg’ambar kelardi. Mendan keyin esa payg’ambar yo’q. Xalifalar bo’ladi va ular ko’payib ketadi. Shunda: bizga nimani buyurasiz? – deyishgan edi, aytdilarki: birinchisining, faqatgina birinchisining bay’atiga vafo qilinglar va ularning haqlarini beringlar, zero Alloh ulardan fuqaroni qanday boshqarganlari haqida so’raydi».

Ushbu hadislarda xalifa qalqon, ya’ni himoya deb sifatlandi. Rosulullohning imomni qalqon deb sifatlashlari, uning mavjudligiga bo’lgan maqtovdan iborat xabar bo’lib, bu talabni anglatadi. Chunki Allohdan va Rosulidan bo’lgan xabar qoralash mazmunida bo’lsa, u tark qilishni talab qilish, ya’ni nahiy bo’ladi. Agar maqtov mazmunida bo’lsa bajarishni talab qilish bo’ladi. Agar talab qilingan ishni bajarish shar’iy hukmning barpo qilinishiga olib kelsa yoki talab qilingan ishni tark etish shar’iy hukmning zoe bo’lishiga olib kelsa bu talab qat’iy talab bo’ladi. Yana bu hadislarda musulmonlarga faqat xalifalar siyosat yurgizishi ham aytilmoqda. Bu esa xalifani tiklash talab qilinadi demakdir. Qolaversa Rosululloh A xalifalarga itoat etishni va xalifalik talashib ular bilan nizolashadigan kimsani o’ldirishni buyurdilar. Bu esa bitta xalifani tiklashni va undan xalifalikni talashadigan har qanday kimsani o’ldirib uning xalifaligini saqlab qolishni buyurishdir. Muslimning rivoyat qilishicha, Nabiy A shunday dedilar:

«وَمَنْ بَايَعَ إِمَامًا فَأَعْطَاهُ صَفْقَةَ يَدِهِ، وَثَمَرَةَ قَلْبِهِ، فَلْيُطِعْهُ إِنِ اسْتَطَاعَ. فَإِنْ جَاءَ آخَرُ يُنَازِعُهُ، فَاضْرِبُوا عُنْقَ الآخَرِ»

«Kimki bitta imomga bay’at berib, unga qo’lini va qalb qo’rini bersa qo’lidan kelganicha unga itoat qilsin. Endi agar boshqa birov kelib u bilan imomlikni talashsa, uning bo’yniga uringlar». Imomga itoat qilishni buyurish uni tiklashni buyurishdir. U bilan nizolashadigan kimsani o’ldirishni buyurish esa doim faqat bitta xalifa bo’lishi qat’iy buyurilganiga qarinadir.

Sahobalar ijmosidagi dalillardan:

Sahobalar – ulardan Alloh rozi bo’lsin – Rosululloh A vafotidan keyin u kishining xalifasini tiklash lozimligiga ijmo qildilar. Ular Abu Bakr, keyin Umar, keyin Usmonning o’rniga – ularning har biri vafot etganlaridan keyin – xalifa tiklash vojibligiga ijmo qildilar. Sahobalarning xalifani tiklash vojibligiga qat’iy ijmo qilganliklari Rosululloh A vafot etganlaridan keyin u kishini dafn qilishni kechiktirib, u kishining xalifasini tiklash bilan mashg’ul bo’lishlarida yaqqol ko’rindi. Holbuki mayyitni vafot etganidan keyinoq dafn qilish farz. Rosululloh Ani tayyorlash va dafn qilish bilan mashg’ul bo’lishlari lozim bo’lgan sahobalardan bir qismi dafn bilan mashg’ul bo’lmay, xalifani tiklash bilan mashg’ul bo’ldilar. Sahobalarning qolgan qismi esa bunga sukut qildilar va ular ham dafnni ikki kecha kechiktirishda sherik bo’ldilar. Vaholanki bunga qarshi chiqishlari va dafn bilan mashg’ul bo’lishlari mumkin edi, bunga qudratlari etardi. Rosululloh A dushanba kuni choshgohda vafot etdilar, seshanbaga o’tar kechasi ham, Abu Bakrga bay’at berilgan seshanba kunduzi ham dafn qilinmadilar. Shundan keyin chorshanbaga o’tar kechasi dafn qilindilar. Ya’ni, dafn ikki kecha kechikdi. Rosululloh A dafn qilinishlaridan avval Abu Bakrga bay’at berildi. Natijada bu – mayyitni dafn qilishdan oldin xalifani tiklash bilan shug’ullanishga ijmo bo’lib qoldi. Bu xalifani tiklash mayyitni dafn qilishdan vojibroq bo’lgandagina bo’ladi, xolos. Shuningdek, sahobalar y hayotlari davomida xalifani tiklash vojibligiga ijmo qilganlar. Garchi ular xalifa qilib saylanadigan shaxs haqida ixtilof qilgan bo’lsalar-da, Rosululloh A vafot etgan paytlarida ham, xulafoi roshidinlar vafotidan keyin ham xalifani tiklash haqida mutlaqo ixtilof qilganlari yo’q. Demak, sahobalarning ijmosi xalifani tiklash vojibligiga kuchli va ochiq dalildir.

Shunday qilib Islom bilan boshqaradigan hokim yo’q paytda uni paydo qilishga qattiq harakat qilish barcha musulmonlar uchun vojib. Xalifaning mavjud bo’lishi esa eng ulug’ farzdir, chunki Robbul olamin buyurgan jazo-hadlarni ijro etuvchi faqat shu xalifa. Vojibni ado etish uchun zarur bo’lgan narsa ham vojib. Xossatan, jazo-hadlarni qo’llash katta farz bo’lib, Ummatning ezguligi va ishlarining barqarorligi shu bilan bo’ladi. Ibn Moja «Sunan»ida Abu Hurayradan rivoyat qiladi, Rosululloh A dedilar:

«حَدٌّ يُعْمَلُ بِهِ فِي الْأَرْضِ، خَيْرٌ لِأَهْلِ الْأَرْضِ مِنْ أَنْ يُمْطَرُوا أَرْبَعِينَ صَبَاحًا»

«Yer yuzida amal qilingan bitta jazo-had er ahli uchun qirq kun yomg’ir yog’ishidan ham afzaldir».

So’zimni xotimalashdan oldin barqaror boshqaruv va davlat yo’q bo’lgan nizoli mintaqalardagi musulmonlar diqqatini ularning o’rtalaridagi muammolarni sulh orqali hal qilishlari lozimligiga qaratmoqchiman. Bu muammolarning odamlar o’rtasida yanada murakkablashib ketishiga tashlab qo’ymay, aksincha, sulh orqali echsinlar. Yurtdagi ulamolar, aql egalari, ahli hal val aqd odamlar o’rtasini – ularning muammolarini echish uchun – isloh qilish, kambag’allarning zaruriy ehtiyojlarini qondirish, mazlumga zolimdan haqqini olib berish uchun u bilan birga bo’lish bilan shug’ullansinlar. Chunki ushbu ishlar va odamlar o’rtasini isloh qilish to’g’risida ko’plab nususlar kelgan. Bu nususlar hokimning mavjud bo’lishi bilan xoslanmagan. Shuningdek isloh qilishda hokimning mavjud bo’lishi bilan qaydlanmagan mutlaq nususlar ham kelgan. Jumladan:

«Ularning ko’plab yashirin suhbatlaridan hech qanday foyda yo’q, ammo kim sadaqa berishga yo biron yaxshilik qilishga yoki odamlar o’rtasini isloh qilishga buyurgan bo’lsa, mayli, kimda-kim shunday ishlarni Alloh rizosini istab qilsa, unga ulug’ mukofot berajakmiz» [Niso 114]

«Agar biron ayol eri tomonidan ko’ngilsizlik yoki yuz o’girib ketish sodir bo’lishidan qo’rqsa, ikkovi o’zaro yarashib olsalar bo’ladi, ushbu yarashuv yaxshiroq, nafslar esa qizg’anishga hoziru nozir bo’lib turadi, agar ayollaringizga chiroyli muomala qilsangiz va Allohdan qo’rqsangiz, Alloh qilayotgan (ushbu) amallaringizdan xabardor bo’lgan zotdir» [Niso 128]

«Mo’minlar hech shak-shubhasiz aka-ukalardir. Bas, sizlar ikki og’a-iningizning o’rtasini o’nglab qo’yinglar! Allohdan qo’rqinglar, shoyad U zot tomonidan bo’ladigan rahmatga erishsangizlar» [Hujurot 10]

«Yomonlikning jazosi xuddi o’shanday yomonlik, ammo, kim afv qilib, isloh qilsa, bas, uning ajri Allohning zimmasida, albatta U zulm qilguvchilarni sevmaydi» [Shuro 40]

Imom Ahmad «Musnad»ida Ummu Dardodan, u Abu Dardodan rivoyat qiladi: Rosululloh A bunday marhamat qildilar:

«أَلَا أُخْبِرُكُمْ بِأَفْضَلَ مِنْ دَرَجَةِ الصَّلَاةِ، وَالصِّيَامِ، وَالصَّدَقَةِ؟» قَالُوا: بَلَى قَالَ: إِصْلَاحُ ذَاتِ الْبَيْنِ قَالَ: وَفَسَادُ ذَاتِ الْبَيْنِ هِيَ الْحَالِقَةُ »

«Sizlarga namoz, ro’za va zakot darajasidan ham yaxshi amal haqida xabar beraymi?». Ha, xabar bering, yo Rosululloh, deyishdi. Ul zot bunday dedilar: «Odamlar orasini isloh qilish, zero odamlar orasini buzish dinni yo’q qiladi». Abu Dovud «Sunan»ida buni quyidagi lafz bilan rivoyat qilgan:

«أَلاَ أُخْبِرُكُمْ بِأَفْضَلَ مِنْ دَرَجَةِ الصِّيَامِ وَالْقِيَامِ؟» قَالُوا: بَلَى يا رَسُولَ اللَّهِ، قَالَ: إِصْلَاحُ ذَاتِ الْبَيْنِ وَفَسَادُ ذَاتِ الْبَيْنِ هِيَ الْحَالِقَةُ»

«Sizlarga ro’za va qiyomul layldan darajasidan ham yaxshi amal haqida xabar beraymi?». Ha, yo Rosululloh, deyishdi. Ul zot dedilar: «Odamlar orasini isloh qilish, odamlar orasini buzish esa dinni yo’q qiladi».

Demak, davlat yo’q bo’lgan nizoli mintaqalardagi muammolarning echimi sulh bo’ladi. Biroq buning sharti, bu echim quyidagi shar’iy nususlarga binoan, haromni halol va halolni harom qiladigan echim bo’lmasligi kerak:

Abu Dovud «Sunan»ida Abu Hurayradan rivoyat qiladi, Rosululloh A bunday marhamat qildilar:

«الصُّلْحُ جَائِزٌ بَيْنَ الْمُسْلِمِينَ»

«Sulh musulmonlar o’rtasida joizdir». Imom Ahmad quyidagilarni ziyoda qildi:

«إِلَّا صُلْحًا أَحَلَّ حَرَامًا، أَوْ حَرَّمَ حَلَالاً»

«Ammo halolni harom, haromni halol qiladigan yarashuv joiz emas». Sulaymon ibn Dovud unga quyidagilarni ziyoda qildi:

«الْمُسْلِمُونَ عَلَى شُرُوطِهِمْ»

«Musulmonlar o’z shartlarida turadilar». Termiziy «Sunan»ida Kasir ibn Abdulloh ibn Amr ibn Avf Muzaniydan, u otasidan, u bobosidan rivoyat qiladi: Rosululloh A bunday dedilar:

«الصُّلْحُ جَائِزٌ بَيْنَ المُسْلِمِينَ، إِلاَّ صُلْحًا حَرَّمَ حَلاَلاً، أَوْ أَحَلَّ حَرَامًا، وَالْمُسْلِمُونَ عَلَى شُرُوطِهِمْ، إِلاَّ شَرْطًا حَرَّمَ حَلاَلاً، أَوْ أَحَلَّ حَرَامًا»

«Sulh musulmonlar orasida joiz, faqat haromni halol yoki halolni harom qiladigan sulh joiz emas, musulmonlar o’z shartlarida turadilar, faqat halolni harom yoki haromni halol qiladigan shart bundan mustasno» (Termiziy bu hadisni hasan sahih, degan).

Shuningdek, Ibn Hibbon ham «Sahih»ida Abu Hurayradan shunday lafz bilan rivoyat qilgan:

«الصُّلْحُ جَائِزٌ بَيْنَ الْمُسْلِمِينَ إِلاَّ صُلْحًا أَحَلَّ حَرَامًا أَوْ حَرَّمَ حَلاَلاً»

«Sulh musulmonlar orasida joiz, faqat haromni halol qiladigan yoki halolni harom qiladigan sulh joiz emas».

Demak, hokim mavjud bo’ladimi yo mavjud bo’lmaydimi, bundan qat’iy nazar, odamlar o’rtasini isloh qilish shar’an talab qilingan ishdir. Bu masaladagi shar’iy hukm mening ra’yim bo’yicha shunday. Alloh Subhanahu biluvchiroq va hakimroq zot.

Xulosa:

1 – Jazo-hadlarni Islom bilan boshqaradigan hokim qo’llaydi va u hadni vojib qilgan gunoh uchun kafforat bo’ladi. Ya’ni bu dunyoda jazo-hadini olgina shaxs oxiratda o’sha gunohi uchun jazolanmaydi. Buxoriy «Sahih»ida Uboda bn Somit Gdan rivoyat qiladi, (Uboda Badr jangini ko’rgan va Aqaba kechasida naqiblardan biri bo’lgan edi) Rosululloh A bir guruh ashoblari qurshovida turgan holda bunday dedilar:

«بَايِعُونِي عَلَى أَنْ لاَ تُشْرِكُوا بِاللَّهِ شَيْئًا، وَلاَ تَسْرِقُوا، وَلاَ تَزْنُوا، وَلاَ تَقْتُلُوا أَوْلاَدَكُمْ، وَلاَ تَأْتُوا بِبُهْتَانٍ تَفْتَرُونَهُ بَيْنَ أَيْدِيكُمْ وَأَرْجُلِكُمْ، وَلاَ تَعْصُوا فِي مَعْرُوفٍ، فَمَنْ وَفَى مِنْكُمْ فَأَجْرُهُ عَلَى اللَّهِ، وَمَنْ أَصَابَ مِنْ ذَلِكَ شَيْئًا فَعُوقِبَ فِي الدُّنْيَا فَهُوَ كَفَّارَةٌ لَهُ، وَمَنْ أَصَابَ مِنْ ذَلِكَ شَيْئًا ثُمَّ سَتَرَهُ اللَّهُ فَهُوَ إِلَى اللَّهِ، إِنْ شَاءَ عَفَا عَنْهُ وَإِنْ شَاءَ عَاقَبَهُ»

«Sizlar Allohga hech narsani sherik qilmasligingizga, o’g’rilik, zino qilmasligingizga, farzandlaringizni o’ldirmasligingizga, qo’llaringiz va oyoqlaringiz o’rtasida to’qib oladigan bo’htonni qilmasligingizga, biror ma’ruf ishda itoatsiz bo’lmasligingizga menga bay’at bering. Bas, sizlardan kim bunga vafo qilsa uning ajri Allohning zimmasida, kim bundan birortasini buzib qo’yib, bu dunyoda jazosini olsa, bu uning uchun kafforat bo’ladi, ammo kim bundan birortasini buzib qo’ysa-yu, Alloh uni yashirgan bo’lsa, uning hukmi Allohga havola, xohlasa afv qiladi, xohlasa jazolaydi». Biz ul zotga shularga binoan bay’at berdik.

2 – Biror davlat ham, barqaror boshqaruv ham yo’q bo’lgan nizoli mintaqalarda muammolar murakkablashib ketishiga yo’l qo’maslik kerak. Balki ahli hal val aqd, ulamolar va so’zi o’tadigan nufuzli shaxslar bunga aralashib, muammoni sulh bilan hal etmoqlari, bu ishda chinakam amal qilib, xolis bo’lishlari kerak. Zero, Alloh Subhanahuning O’zi bunga yordam beradi.

Sizning jazo-hadlar haqidagi savolingizga bergan bu javobim o’zimning to’g’ri deb topgan fikrim bo’yicha shunday. Bu borada shar’iy dalillarni, dalil keltirish jihatini, keyin esa hukm istinbot qilish jihatlarini bayon qildim. Alloh Subhanahu biluvchiroq va hakimroq zotdir.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

30 muharram 1435h

3 dekabr 2013m

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.