Ijtimoiy ta’minotda ishtirok etishga oid savolga javob

418
0

images (1)

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Abu Yosir Shomiyning ijtimoiy ta’minotda ishtirok etishga oid savoliga javob

Savol: Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Musulmon ijtimoiy ta’minotda ishtirok etishi joizmi?

Javob: Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh!

Davlat tarafidan davlat sektori yoki xususiy sektorda ishlaydigan ishchilarga ishtirok etish majburiyati yuklangan ijtimoiy ta’minotda ishtirok etish ishchi va mulozimga joiz, chunki u buning haqqini davlat yoki xususiy sektor bilan birgalikda to’laydi: ya’ni bir qismini u to’laydi, qolgan qismini ish egasi qo’yadi va davlat yoki ish egasi uning davolanishini ta’minlaydi. Bu joiz. Chunki bu – ishchi maoshining bir qismi evaziga bo’lyapti, garchi ish egasi qolgan qismini qo’shgan bo’lsa ham, ishchining maoshidan olingani uchun bularning hammasi joiz.

Ammo siz faqat ijtimoiy ta’minot uchun tashkil etilgan muassasalarni nazarda tutgan bo’lsangiz, bular maxsus muassasalar bo’lib, ular odamlarga: kim ushbu ijtimoiy ta’minotda ishtirok etishni istasa, har oyda faloncha mablag’ bersin, agar u kasal bo’lib qolsa, biz uni davolaymiz, deb e’lon qilishadi… Bu turdagi ijtimoiy ta’minot joiz emas. Chunki bu bitimda noma’lumlik mavjud. Chunki kasallikning qachon kelishi noma’lum, u qattiq kasal bo’ladimi yo engilmi, …mi, …mi? Shuning uchun bu bitim botil bo’lib, mumkin emas.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.