Hizb ut-Tahrir Tunis delegatsiyasining ichki ishlar vaziri bilan uchrashgani haqida matbuot bayonoti

553
0

01

Hizb ut-Tahrir delegatsiyasi Tunisda 2013 yil 3 dekabr chorshanba kuni vazirlik qarorgohida ichki ishlar vaziri janob Lutfiy ibn Jaddu bilan uchrashdi. Bu uchrashuvda siyosiy bo’lim boshlig’i Abdurrauf Omiriy, markaziy aloqalar bo’limi boshlig’i Arabiy Kirboka va markaziy aloqalar komissiyasi a’zosi Salim Samida Hizb vakillari sifatida ishtirok etdilar. Uchrashuvdan maqsad xavfsizlik tizimi qanday bo’lishi lozimligini haqidagi Hizning ra’yini bayon qilish va terrorizm masalasiga bog’liq haddan oshishlar, keng tarqagan noaniqliklarni muhosaba qilish bo’ldi. Suhbat quyidagi nuqtalarda bo’ldi:

1) Hizb ut-Tahrirning odamlar manfaatlarini tabanniy qilishini, shar’iy ahkomlarga zid bo’lgan va odamlarga zulm bo’lgan har bir ishda hokimlarni muhosaba qilishini ta’kidlash. Chunki Hizb ut-Tahrir siyosiy hizb bo’lib, uning mabdasi Islom, g’oyasi Islom davlatini tiklashdir.

2) Ko’pchilik ilgari surayotgan «Jumhuriyat xavfsizligi» fikratini muhokama qilish, xavfsizlik aslida Ummatning o’zidan, uning himoyasi uchun bo’lishi, Islom va Ummatning mag’zidan kelib chiqishi lozimligini, shundagina hokimga ham, mahkumga (xalqqa) ham yaxshilik bo’lishini bayon qilish.

3) Delegatsiya G’arbni rozi qilish uchun va g’arazgo’y axborot vositalari ig’volaridan ta’sirlanib islomiy harakat a’zolariga zarba berilishini Hizb keskin rad etishini ta’kidladi. Shuningdek Allohning uyi bo’lgan masjidlarga zo’ravonlarcha bostirib kirilishini ham keskin tanqid qildi.

4) Delegatsiya o’ldirish, qon to’kish va odamlarni qo’rqitish kabi ishlarni ayblaganidan keyin terrorizm termini G’arb tomonidan o’ylab topilganini bayon qildi. G’arb Ummatning kutilayotgan uyg’onishiga qarshi kurashish va Islomiy qo’zg’olonlarning yutuqqa erishishini oldini olish uchun shunday nayranglarni amalga oshiradi. Delegatsiya terrorizm muammosi, uning ortida turibdi deb gumon qilinganlar yoki shunday ko’rsatilayotgan kishilarni emas, balki haqiqatda uning ortida turganlarni nishonga olish bilan tubdan muolaja qilinishi lozimligini, aks holda barcha muayyan hodisalar va ularning qoldirgan asarlari bilangina mashg’ul bo’lib qolishini ta’kidladi. Shuningdek delegatsiya odamlarga haqiqatni fosh qilish lozimligini ham ta’kidlab o’tdi. Chunki terrorni harakatga keltirayotgan hamda undan foydalanayotgan nufuzli tomonlarga nisbatan sukut saqlanayotgani va ularni yashirilayotgani ko’zga tashlanmoqda.

5) Delegatsiya ajnabiylarning haddan oshishlari yurtga xatar tug’dirishidan ogohlantirdi va ajnabiylarni fosh qilish hamda ularga to’sqinlik qilish xavfsizlik masalasida muhim rol o’ynashini bayon qildi. Holbuki ularning aralashuvlari siyosatning eng nozik tafsilotlarigacha mablag’ bilan kirib ketdi, oqibatda musulmonlarning xavfsizligi o’zlarining qo’lida bo’lmay qoldi.

6) Delegatsiya vazirga Hizb katta seminar o’tkazishga hozirlik ko’rayotganini eslatib o’tdi. Bu yig’inda Hizb xavfsizlik masalasiga nisbatan o’z qarashini hamda uning voqesi va hukmlarini bayon qiladi. Delegatsiya vazir janoblaridan vazirlikdagilarni ham bu yig’inga kelishlarini talab qildi.

Bu seminar unda qatnashadigan siyosatchilar va barcha manfaatdor kishilar tomonidan yozib olinadi.

Delegatsiya janob vazirning mulohazalarini va raddiyalarini eshitdi hamda uning tushunishini, qo’shimcha muhokamaga ham tayyorligini ko’rdi.

Hizb ut-Tahrirning Tunisdagi matbuot bo’limi

Telefon: 71345949, 21430700

Faks: 71345950

Matbuot bo’limi sayti: www.ht-tunisie.info

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.