Savol: Assalamu alaykum, mening savolim quyidagicha:
Agar turmush qurgan joriya zino qilib qo’ysa uning jazo chorasi toshbo’ron qilishmi?
Javob: Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh…
Turmush qurgan joriyaning hukmiga kelsak, uning hukmi ellik darradir. Buning dalili Alloh Taoloning
«Endi erga tekkach, agar buzuqlik qilsalar, ularga ozod ayollarga beriladigan azobning yarmi beriladi. Bu (ya’ni cho’rilarga uylanish ruxsati) orangizdagi buzilib ketishdan qo’rqqan kishilar uchundir. Sabr qilib (uylanmay turishlaringiz) o’zingiz uchun yaxshiroqdir. Alloh mag’firatli va mehribondir» [Niso 25]
degan so’zidir.
«Ozod ayollarga beriladiganning yarmi»ning ma’nosi, ya’ni turmush qurmagan ozod ayolga belgilangan hadning (jazoning) yarmi demakdir. Turmush qurmagan ozod ayolning jazosi yuz darra bo’lib buning yarmi ellik darra bo’ladi. Bu erdagi muhsinadan (pokiza ayoldan) murod turmush qurgan zinokor ozod ayol emas. Chunki turmush qurgan zinokorning jazosi toshbo’ron qilish bo’lib buni yarim qilib bo’lmaydi. «Ozod ayollarga beriladiganning yarmi», so’zining kelishi joriyaning jazosi turmush qurmagan zinokor ozod ayol jazosining yarmi, ya’ni yuz darraning yarmi – ellik darra bo’lishiga qarinadir. Ya’ni davlat ularga ellik darra jazo chorasini qo’llaydi. Jazo choralarini shaxslar emas, balki davlat qo’llaydi va bu idrok qilinishi lozim bo’lgan muhim ishdir.
Biroq sizning turmush qurgan zinokor joriya haqida so’rashingiz e’tiborimni tortdi. Bugungi kunda joriyalar yo’q. Shunday ekan siz nimaga bu haqda so’rayapsiz?
Men bu bilan ozod xizmatkor ayolni qasd qilgan bo’lishingizdan qo’rqaman. Bu xizmatkor ayol joriya deb e’tibor qilinmaydi. Ya’ni ular ozod ayollar jazosining yarmi ularga tatbiq qilinadigan joriyalar emas. Balki ozod xizmatkor ayollarning hukmi boshqa ozod ayollar hukmi bilan bir xil. Bu yaxshi idrok qilinishi lozim. Ya’ni oyatda aytilgan hukm birovning qo’lidagi mulk bo’lgan joriya haqidadir. Bunday joriyalar hozirgi paytda mavjud emas. Ammo xizmatkor ayollarga kelsak ular ozod ayollardir.
Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta