Qirg’iziston Bojxona ittifoqi va Xalqaro savdo tashkiloti o’rtasida qiyin ahvolda qoldi

436
0

01

“Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir” [Nur: 55]

Rossiya Qirg’izistonni 2013 yilning oxirida Bojxona ittifoqi (BI)ga qo’shilishga qattiq majburlay boshladi. 19 noyabrda Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati (YeIH) iqtisodiy komissiyasining Moskvada o’tkazilgan o’ninchi chaqirig’i bo’lib o’tdi. U erda Qirg’izistonning ishtirokisiz uni BIga qo’shilish yo’l xaritasi ishlab chiqildi. Bu haqda 25 noyabr kuni iqtisod vaziri Temur Sariev ma’lum qildi.

1998 yili 20 dekabr kuni Qirg’iziston respublikasi Sovet Ittifoqidan ajrab chiqqan davlatlar ichida birinchi bo’lib Xalqaro savdo tashkiloti (XST)ga a’zo bo’ldi.

“ Qirg’iziston Bojxona ittifoqiga a’zo bo’lsa XST oldidagi soliqlar darajasi bo’yicha o’z zimmasiga olgan shartnomalarni buzishiga to’g’ri keladi. Shu sababdan XSTga yiliga 200 mln dollar atrofida tovon puli (kompensatsiya) to’lashi mumkin, buni BI o’z zimmasiga olishi lozim”, – dedi Sariev.

Bojxona ittifoqi nima?

Bu ittifoq 1995 yili Rossiya, Qozog’iston va Belorussiya etakchilari tomonidan tashkil etildi. Keyinchalik Qirg’iziston, O’zbekiston va Tojikiston ham bu ittifoqni ma’qullashlari haqida imzolashishdi. Bu YeIH bo’lib, Rossiya, Belorussiya va Qozog’iston o’rtalaridagi iqtisodiy uyg’unlikni paydo qilish uchun, ichki va tashqi boj soliqlarini bir xillashtirishni maqsad qiladi. 2011 yili Rossiya, Qozog’iston va Belorussiya o’rtalarida bojxona tekshiruv tizimi bekor qilindi. 2011 yil oktyabr oyida YeIXning navbatdagi yig’inida Qirg’izistonni BIga a’zo bo’lishi haqida e’lon qilindi.

Qirg’izistonning BIga qo’shilishi kimga nima beradi?

Qirg’iziston BIga qo’shildi ham deylik, nimalar o’zgaradi? Siyosiy taxlilchilarning deyarli barchasi sezilarli darajada qimmatchilik bo’lishini bashorat qilishdi. Bu to’g’ri, xalq qashshoqlashadi. Lekin nimaning evaziga? Masala shunda. Rossiyaning olamiy mavqe’ini ko’tarish, uning shu mintaqani o’zi uchun majburiy bozor qilib olib, allaqachon eskirib davr talabiga javob bera olmay qolgan maxsulotlarini xarid qilishga undash orqali, o’lib borayotgan sanoatini yurgizib olishiga sharoit yaratib berishimiz uchunmi?!!!

Bu SSSRning iqtisodiy bir ko’rinishi bo’lib, Putinni Rossiya iqtisodini inqirozga uchratgan siyosatini yopish asosiga quriladi. Uning avtoritar rejimi, Rossiyani og’ir va engil ishlab chiqarishini dunyo bozoridan deyarli chiqarib yubordi, xatto MDH davlatlari va ichki bozorlarida ham raqobatlasha olmaydigan holatga keltirdi. Shuning uchun u xozirgi dunyo sistemasidan bir bo’lagini tortib olmoqchi. Chegaralarni mustaxkamlab, kichik bir sistema paydo qilib, uni faqat o’zi uchun ekin maydoniga aylantirmoqchi. Unda bu yurtlarning xom ashyolari Rossiyaga borib u erdan tayyor maxsulot bo’lib qaytishi kutiladi. Bu tovarlar xatto Xitoy maxsulotlari bilan ham raqobatlasha oladigan sifatga ega emasligi sababli tashqi maxsulotlarga katta soliq solinadi, ba’zilarini esa umuman ta’qiqlab qo’yiladi. Bu faqat Rossiyaning ixtiyori va tashabbusi bilan amalga oshiriladi. U Qirg’izistonning er va havo orqali butun atrof chegarasidan kiruvchi maxsulotlarni o’z nazoratiga oladi. Rossiya bu bilan Qirg’izistonni to’la iqtisodiy mustamlaka qilib olishni maqsad qiladi.

Ey Qirg’iziston xalqi!

Sizlar Rossiyaning manfaatlari uchun xozirgi iqtisodiy tuban holatlaringni yanada pasayishiga rozi bo’lasizlarmi? Chunki shu iqtisodiy pasayish holatlari siyosiy tartibsizliklarni ham olib kelishi mumkin. G’arb davlatlari buningsiz ham xozirgi iqtisodiy vaziyatlarimizdan foydalanib, oralarimizda fitna urug’ini sochishda davom etishyapti.

Ey Qirg’iziston musulmonlari!

Sizlar kufr manfaatlari uchun shu xorliklarga rozi bo’lasizlarmi? Musulmon uchun xorlik iqtisodiy etishmovchilik emas. Balki o’z e’tiqodidan kelib chiqib shu holatga tushishi sharaf xisoblanadi. Lekin kufr manfaatlari uchun xalqini qashshoqlashayotganiga sukut qilish, o’z ustidan kufr tuzumini hukmronlik qilishiga yo’l qo’yib berishligi haqiqiy xorlikdir . Shom axliga qarang, etishmovchiliklarga xavas qiladigan darajada sabr qilishmoqda. Qirg’iziston rahbarlariga qarang, to’q hollarida Rossiyaning manfaatlari uchun xalqini qashshoqlik va qullikka olib boruvchi, kelajagi yo’q yo’lga yo’naltirishmoqchi.

Ey mo’minlar, yahudiylar va nasroniylarni do’st tutmang, ular bir-birlari bilan do’stdirlar, sizlardan kim ularga do’st bo’lsa, o’zi ham o’shalardandir, albatta, Alloh zolim qavmni hidoyat qilmaydi” [Moida 51

Hizb ut-Tahrirning Qirg’izistondagi matbuot bo’limi

29 noyabr 2013 yil

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.