Asad rejimining faol tarafdorlari Hizbullohni xiyonat qilishda ayblab chiqdi. Asad tobe kuchlarning da’vo qilishicha, Sharqiy G’utadagi jangda Hizbulloh jangchilari Asad harbiylarining buyruqlariga itoatsizlik qilib, katta yo’qotishlarga sabab bo’lgan.
“Zamon al-vasl” gazetasining jurnalistining bildirishicha, Asadga yaqinligi bilan tanilgan “Asadning quli”, laqabini olgan kishi feysbok tarmog’ida Hizbulloh jangchilari Asad harbiylarining buyruqlariga itoatsizlik qilganligi uchun tanqid qilar ekan, Hizbullohning osiyligi sababli 60 Asad askari o’ldirilganligini ma’lum qildi.
Muxolif kuchlar Sharqiy G’utada Asad harbiylarining qamalini buzib o’tdi. Orada katta jang bo’lib, Asad kuchlari va Hizbulloh jangchilari navbatdagi talofatlarni boshidan kechirdi. Asad harbiylari –musulmonlar ochlikdan o’lishiga qaramay – bir qancha oylardan buyon Sharqiy G’utaga toza suv va oziq ovqat va boshqa hayotiy ehtiyojlari kirgizilishiga mone’lik qilib kelayotgan edi.
Muxolif kuchlar rejim kuchariga hujum qilib qamalni buzib o’tishdi. Jangda Asad tarafdorlari ko’p sonli askaridan ajrab qoldi, bir qanchasi asirga olindi.