Hizbut Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

555
0

00

Sadiq Alining emlash va uning shar’iy hukmiga oid savoliga javob

Savol:

Men aqidadosh singlingiz Madina Yuzievaman, Hizbut Tahrir amiri ulug’ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaga – uni Alloh hifzu himoyasida asrasin – quyidagicha savol yo’llayman:

Men chechenistonlik bo’lib, 14 yildan beri Belgiyada yashayman. Bu vaqt mobaynida bu erda chechenistonliklar ancha ko’paydi. So’nggi paytlarda bolalarni qizamiq, shol, sariq, parotit, sil kabi kasalliklarga qarshi emlashning Islomdagi hukmi to’g’risida gaplar va savollar ko’payib ketdi. Emlashga qarshi harakatlar ham kuzatilib, bu harakat sohiblari o’z harakatlarini emlash oqibatida bu kasalliklarning kuchayayotgani, bu kuchayish zararli bo’lib, sog’lom bolalarimizni bunday zararga duchor qilmasligimiz kerakligi bilan tushuntirishyapti. Shu bilan birga, kasallikdan davolanish farz emas, kasallikni oldini olish esa, erta qachon. Odamlar yana: emlash mikrobni bola organizmiga joylash bo’lib, bu haromdir, emlovchi moddalar esa maymun kabi hayvonlardan olinadi, deyishyapti.

Savolim shuki, emlash voqei nima, uning shar’iy hukmi qanday? Xalifalik davlatida turli emlashlar bo’ladimi? Ma’lumki, Belgiyada yashayotgan musulmonlarning yarmi farzandlarini emlatmaydilar, bundaylar soni ko’paymoqda va buning aniq, kuchli shar’iy hukmi zarur bo’lib qoldi. Biz sizdan imkoningiz qadar shuni mufassal yoritib berishingizni talab qilamiz. Alloh sizni bizdan va barcha musulmonlardan yaxshilik bilan mukofotlasin! Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh!

Emlash davolanishdir, davolanish esa mandub, farz emas. buning dalillari quyidagilar:

1 – Imom Buxoriy Abu Hurayradan rivoyat qiladi: Rosululloh s.a.v. bunday marhamat qildilar:

«مَا أَنْزَلَ اللَّهُ دَاءً إِلاَّ أَنْزَلَ لَهُ شِفَاءً»

«Alloh biror dardni tushirgan bo’lsa, albatta uning shifosini ham tushirdi».

Imom Muslim Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qiladi: Nabiy s.a.v. bunday marhamat qildilar:

«لِكُلِّ دَاءٍ دَوَاءٌ، فَإِذَا أُصِيبَ دَوَاءُ الدَّاءِ بَرَأَ بِإِذْنِ اللَّهِ عَزَّ وَجَلَّ»

«Har bir dardning davosi bor, bas, qachon dardning davosi etsa, Alloh Azza va Jallaning izni ila tuzalib ketadi».

Imom Ahmad o’z Musnadida Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qiladi:

«مَا أَنْزَلَ اللَّهُ دَاءً، إِلاَّ قَدْ أَنْزَلَ لَهُ شِفَاءً، عَلِمَهُ مَنْ عَلِمَهُ، وَجَهِلَهُ مَنْ جَهِلَهُ»

«Alloh biror dardni tushirgan bo’lsa, albatta uning davosini ham tushirdi, uni bilgan biladi, bilmagan bilmaydi».

Ushbu hadislarda har bir dardning unga shifo bo’ladigan davosi bor ekaniga yo’llash bor, bu yo’llash Alloh Subhanahuning izni ila, dardning shifosiga olib boradigan dori-darmonlarni topish uchun harakat qilishga targ’ibdir. Bu esa yo’llashdir, vojib qilish emas.

2 – Imom Ahmad Anasdan rivoyat qiladi: Rosululloh s.a.v. bunday marhamat qildilar:

«إِنَّ اللَّهَ حَيْثُ خَلَقَ الدَّاءَ، خَلَقَ الدَّوَاءَ، فَتَدَاوَوْا»

«Alloh qaerda dardni yaratsa davosini ham yaratdi, shunday ekan, davolaninglar». Abu Dovud Usoma ibn Sharikdan rivoyat qiladi: Men Nabiy s.a.v. va sahobalarining oldilariga bordim, ular go’yo boshlarida qush qo’nib turgandek jim o’tirardilar. Men salom berib, o’tirdim. Shunda u yoq, bu yoqlardan badaviylar kelib: yo Rosululloh, davolansak bo’ladimi? – deb so’rashdi. Ul zot bunday dedilar:

«تَدَاوَوْا فَإِنَّ اللَّهَ عَزَّ وَجَلَّ لَمْ يَضَعْ دَاءً إِلاَّ وَضَعَ لَهُ دَوَاءً، غَيْرَ دَاءٍ وَاحِدٍ الْهَرَمُ»

«Davolaninglar, chunki Alloh Azza va Jalla biror dardni qo’ygan bo’lsa, albatta uning davosini ham qo’ygan. Biroq bitta dardning – o’limning davosi yo’q».

Avvalgi hadisda ul zot davolanishga buyurdilar, bu hadisda esa badaviylarning savoliga javob berib, Alloh biror dardni bergan bo’lsa, albatta uning davosini ham yaratib qo’yganligini aytish bilan bandalarga davolanishga xitob qildilar. Ikkala hadisda ham xitob buyruq siyg’asida kelgan bo’lib, buyruq mutlaq talabni ifodalaydi, vojiblikni ifodalamaydi. Vojiblikni ifodalashi uchun buyruq qat’iy bo’lishi kerak, qat’iylik uchun esa unga dalolat qiladigan qarina kerak va ikkala hadisda ham vojiblikka dalolat qiladigan qarina yo’q. Bundan tashqari, davolanishni tark etish joizligini ifodalovchi hadislar ham kelgan bo’lib, yuqoridagi ikki hadisdan vojiblik ifodasini olib tashlaydi. Masalan, imom Muslim Imron ibn Husayndan rivoyat qiladi, Nabiy s.a.v. bunday dedilar:

«يَدْخُلُ الْجَنَّةَ مِنْ أُمَّتِي سَبْعُونَ أَلْفًا بِغَيْرِ حِسَابٍ، قَالُوا: وَمَنْ هُمْ يَا رَسُولَ اللَّهِ؟ قَالَ: هُمُ الَّذِينَ لاَ يَكْتَوُونَ وَلاَ يَسْتَرْقُونَ، وَعَلَى رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ»

«Jannatga Ummatimdan etmish ming nafari hisobsiz kiradilar. Ular kimlar, yo Rosululloh? – deb so’rashdi. Ular kuydirma ham, ruqya ham qilmay, Robbilariga tavakkal qiladigan kishilar, deb javob berdilar».

Kuydirma va ruqya qilish davolanishga kiradi. Imom Buxoriy Ibn Abbosdan rivoyat qiladi: «… Bu qora tanli ayol Nabiy s.a.v.ning oldilariga kelib: mening tutqanog’im bor, tutqanog’im tutganda ochilib qolaman, mening haqqimga Allohga duo qiling, dedi. Nabiy s.a.v.:

«إِنْ شِئْتِ صَبَرْتِ وَلَكِ الجَنَّةُ، وَإِنْ شِئْتِ دَعَوْتُ اللَّهَ أَنْ يُعَافِيَكِ»

«Agar xohlasangiz sabr qiling va sizga jannat bo’ladi, agar xohlasangiz men Allohga sizga shifo berishini so’rab duo qilaman», dedilar. Shunda u ayol: Sabr qilaman, faqat men tutqanog’im tutganda ochilib qolaman, Allohga ochilib qolmasligimni so’rab duo qiling, dedi va Nabiy s.a.v. u ayolga duo qildilar». Ushbu ikki hadis davolanishni tark etish joizligiga dalolat qiladi.

Yuqoridagilarning barchasi «davolaning», degan so’z vojiblik uchun emasligiga dalolat qiladi. Demak, bu erdagi buyruq yo mubohlikka yoki mandublikka dalolat qiladi. Rosululloh s.a.v.ning davolanishga targ’iblari qattiq bo’lgani uchun hadislarda kelgan davolanishga buyruq mandublikni ifodalaydi.

Shunga ko’ra, emlashning hukmi mandub, chunki emlash davo, davolanish esa mandub. Biroq emlashning muayyan bir turi zararli ekani isbotlansa, Rosululloh s.a.v.ning ushbu hadislaridan olingan zarar to’g’risidagi qoidaga muvofiq, bunday emlash harom bo’ladi: Imom Ahmad o’z Musnadida Ibn Abbosdan rivoyat qiladi, Rosululloh s.a.v. dedilar:

«لاَ ضَرَرَ وَلاَ ضِرَارَ»

«Zarar ko’rish ham, zarar berish ham yo’q». Ammo emlashning zararli bo’lishi juda kamdan-kam holatda bo’ladi.

Xalifalik davlatiga kelsak, unda emlash faqat epidemik-yuqumli kasalliklarga qarshi qo’llanadi, xolos va dori ham har xil aralashmalardan toza, sof bo’ladi, zero, Alloh Subhanahuning O’zi shifo beruvchidir:

«Kasal bo’lganimda (Allohning) O’zi shifo beradi» [Shuaro 80]

Shar’an ma’lumki, sog’likni saqlash xalifaning vazifalariga kirib, bunda Rosululloh s.a.v.ning:

«الإِمَامُ رَاعٍ وَهُوَ وَمَسْؤُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ»

«Imom-xalifa boshqaruvchidir va u o’z qo’l ostidagilardan javobgardir» (Imom Buxoriy Abdulloh ibn Umardan rivoyat qildi), degan hadislariga amal qilinadi. Ushbu nusus umumiy bo’lib, sog’likni saqlash va davolash davlatning vazifalariga kirgani uchun davlat mas’uliyatiga taalluqlidir.

Bundan tashqari, faqat sog’likni saqlash va davolashga xos dalillar ham kelgan: Imom Muslim Jobirdan rivoyat qiladi: «Rosululloh s.a.v. Ubay ibn Ka’bga tabib yubordilar, tabib uning tomirini kesib, kuydirdi». Hokim Mustadrakda Zayd ibn Aslamdan, u otasidan rivoyat qiladi: «Men Umar ibn Xattob xalifaligi paytida qattiq kasal bo’lib qoldim, shunda menga Umar tabib chaqirtirdi, u meni kuydirdi, hatto kuydirish alamidan danakni tishlab turdim».

Bu erda Rosululloh s.a.v. davlat hokimi sifatida Ubayga tabib yubordilar, ikkinchi roshid xalifa Umar ham Aslamni davolash uchun tabib yubordi. Bu ikki rivoyat sog’likni saqlash va davolash fuqaroning asosiy ehtiyojlaridan biri ekaniga dalolat qilib, davlat fuqarodan muhtoj bo’lganlarning bu ehtiyojini bepul qondiradi.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

15 muharram 1435h 18 noyabr 2013m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.